Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishi talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo’lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to’g’risida aniq tasavvurlarga ega bo’lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g’oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim.
Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev asarlaridan, mahalliy va chet el yetakchi iqtisodchi olimlarning asarlaridan, ularning iqtisodiy g’oyalaridan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirliklarning me’yoriy hujjatlari, Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlaridan, fanga tegishli bo’lgan darslik va o’quv qo’llanmalardan, internet ma’lumotlaridan keng foydalanishi hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o’zlarining fikrlarini bayon etishi kurs ishining mazmunini yanada boyitadi.
Kurs ishlarining mavzusi fan o’qituvchilari tomonidan butun kursni qamrab oluvchi mavzular bo’yicha tuziladi. Bunda guruhdagi har talabaga kamida 2-3 ta mavzu to’g’ri kelishiga e’tibor qaratiladi, chunki talaba kurs ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Shunga asoslanib, talaba mustaqil ravishda kurs ishi uchun mavzu tanlaydi. Talaba kurs ishi uchun mavzu tanlab bo‘lgach, uni bajarishga ruhsat berishni so‘rab, kafedra mudiri nomiga ariza yozadi (1-ilova). Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so’ng, mavzuga tegishli bo’lgan adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o’rganishlari kerak. Shuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo’lgan rus tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishlari lozim. To’plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs ishi mavzusini to’liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishi rejasi na’muna sifatida ilova qilinadi (2-ilova). Kurs ishini yozish bo’yicha tavsiya etilgan yo’rliqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to’g’ri yoritib berish va uning mohiyatidan chetga chiqmaslik imkonini beradi.
Talabalarga kurs ishlari mavzularini o’quv semestri boshida e’lon qilish maqsadga muvofiqdir, chunki kafedra o’qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan mustaqil ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida bajarish mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Bunday holatda tegishli adabiyotlardan, oldingi yillardagi ijobiy baholangan kurs ishlaridan ko’chirib kelishlik holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Kurs ishi titulini rasmiylashtirish тартиби 3-ilovada keltirilgan.
Kurs ishining birinchi betiga kurs ishi rejasiga tegishli savollarning sahifalari qo’yiladi. Undan keyingi varaqlarda kurs ishining matni bayon qilinadi va mavzudagi har bir savolning nomi hamda unga tegishli betlari alohida beriladi. Kurs ishi faqat varaqning bir tomoniga yoziladi va sahifalar tartib raqami bilan belgilanadi.
Bajarilgan kurs ishiga ijobiy taqriz yozilgandagina u himoyaga qo’yiladi. Keyin talabalar kurs ishi himoyasiga tayyorlanishlari kerak. Agar kurs ishi bo’yicha тақризчи professor-o’qituvchi kamchiliklar ko’rsatgan bo’lsa,u holda talaba ushbu kamchiliklarni to’g’rilab, qayta taqrizga topshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |