O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruvfakulteti


Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning xorij tajribasi



Download 165,09 Kb.
bet3/6
Sana25.02.2022
Hajmi165,09 Kb.
#463616
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Obidjonov Zafarjon KURS ISHI

2. .Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning xorij tajribasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasini tadqiq etish hamda ijobiy tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes subyektlari faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, Portugaliyada kichik korxonalarni rivojlanishiga kapital qo‘yish davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. Fransiyada kichik korxonalarning faoliyati davlat tomonidan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish orqali qo‘llab - quvvatlanmoqda. Germaniyada esa kichik korxonalar faoliyati subsidiya berish, xizmatlar bo‘yicha dotatsiyalar berish, imtiyozli kredit va moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan rag‘batlantiriladi. AQShda kichik biznes subyektlariga soliqlar solishda imtiyozlar berilgan, ayniqsa, meros uchun soliq to‘lash, korxonani ro‘yxatga olish bo‘yicha va moliyaviy, texnik yo‘nalishlar bo‘yicha davlat kichik korxonalarga yengilliklar bergan28.
Yaponiyada kichik korxonalarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va imtiyozli kreditlar berish bilan birga texnika, texnologiya, kadrlar, axborotlar bo‘yicha amaliy yordam beriladi va qo‘llab - quvvatlanadi.
Polshada kichik korxonalarda yakka mulkchilik shakli saqlanib qolgan, hukumat kichik biznesni imtiyozli kreditlar berish yordamida rivojlantirishga harakat qilmoqda. Arab mamlakatlari, Eron va Turkiya kabi mamlakatlarida esa kichik va individual xususiy mulkchilik shaklidagi kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Har qanday bozor tizimida bandlik muammosini hal qilishda kichik biznes imkoniyatlari alohida e’tiborga loyiqdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda uning hissasida barcha band bo‘lgan ishlovchilarning 50-60 foizi va yangi ishchi o‘rinlarining 70-80 foizi to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning bandlik muammosini hal qilishdagi yuksak ahamiyati yuqorida keltirilgan jadvaldan ham ko‘rinadi. Uning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda ishlovchilarning yarmidan ko‘pi kichik korxonalarda ishlaydi. Bir qator mamlakatlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqoridir. Jumladan, Yaponiyada kichik korxonalar yaponlarning 3/4 qismini ish bilan ta’minlaydi. Kichik korxonaning katta miqdorda ishchi o‘rinlarini yaratish xususiyati aholisi va mehnat resurslari yuqori sur’atlarda o‘sayotgan bizning mamlakatimiz uchun ham birinchi darajali ahamiyatga ega.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yo‘lini tanlagan har qaday mutaxassis o‘zi boshqarishi kerak bo‘lgan kichik korxonaning moliyaviy resurslarini buxgalteriya hisobi, statistika hamda tezkor axborotlar asosida nazorat qilishi hamda uni tahlil etish bilan bog‘liq qator moliyaviy masalalarni hal qila olishi kerak.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish va ular faoliyati moliyaviy barqarorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash lozimki, kichik biznes korxonasida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning asosiy maqsadi korxona kapitali bozor qiymatining o‘sib borishini ta’minlashdan iboratdir. Kichik biznes korxonalari moliyaviy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirish o‘zaro bog‘liq ikki muammoni hal etilishini talab qiladi: birinchidan, korxona faoliyatining turli soha va bo‘limlarining operativ- moliyaviy mustaqilligini hamda mas’uliyatini oshirish; ikkinchidan, har qanday o‘zgaruvchan sharoit va omillar ta’siri ostida korxona moliyaviy natijalarining ijobiy tomonga o‘zgarishiga erishish hisoblanadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, 2015 yil “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyo- timizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”.
Bu borada asosiy vazifalarimiz quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
- tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim bo‘yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o‘tish orqali tubdan soddalashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha imtiyoz hamda preferentsiyalar berish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko‘paytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturida tadbirkorlik subyektlarining bir maromda ishlashini ta’minlash choralari ko‘zda tutilgan. Buning uchun davlat:


-maxsus investitsiya fondlari va banklar tuzadi;
-xususiylashtirishdan olingan mablag‘larga xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladi;
-davlatga tegishli aksiyalarga olingan dividentlarni texnika jixatdan qayta qurollantirish va asosiy fondlarni yangilashga yo’naltiriladi;
-bojxona to‘lovlari va soliqlarining ayrim turlarini pasaytirish yoki bekor qilish, narx belgilash va litsentsiyalash hajmlarini kamaytirish va shu kabi ko‘rinishdagi turli imtiyozlarni belgilaydi;
-tadbirkorlikning huquqiy va iqtisodiy muxofazalanishini kafolatlaydi.
Davlat tadbirkorlar uchun shart-sharoitlar yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni yaratilishi kerak.
Bu zarur shart-sharoitlar nimalardan iborat? Bir necha asosiy qoidalar borki, ularga amal qilmoq kerak:
-salmoqli huquqiy va ma’muriy tartibga asoslangan bozor iqtisodiyotiga yo‘nalgan siyosat;
-boshlovchi tadbirkorlarni o‘qitish dasturlarni ishlab chiqish;
-mablag‘dan unchalik katta bo‘lmagan yangi korxonalar ham foydalana olishini ta’minlovchi tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi.
Respublika bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘z yulini tanlab oldi. U iqtisodiy isloxatlarni o‘tkazishning 5 asosiy qoidasiga asoslanib, “Davlat bosh islohatchi” ekanligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston hukumati tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning qudratli yo’lini qabul qildi.
Qishloqlarda joylashgan kichik korxonalar, yordamchi ishlab chiqarishlar, hunarmandchilik mol-mulkiga, qo‘shimcha qiymat, yer, transport solig‘i, amortizatsiya ajratmalari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishga soliqlar stavkasi 50 % kamaytirilgan.
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda 70-yillarning o‘rtalaridan boshlab iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiy o‘sishning yangi modeli shakllana boshladi. Uni innovatsion yoki axborot-industrial model sifatida ta’riflash mumkin. Ko‘pchilik firmalar uchun o‘rganish bo‘lgan ishlab chiqarish va marketing infrastrukturasi sifat jihatidan yangi texnologiyalar, talab va taklif konyukturasi bilan almashdiki, bu xo‘jalikning yuritish subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda o‘zgarishlarga olib keldi. Iqtisodiy o‘sish samaradorligini oshirishda yangi bosqich boshlandi. U tadbirkorlik sa’y-harakatning hiyla hujumkor tipini shart qilib kuydiki, bu guruh tovar ishlab chiqaruvchiga bozor muvvafaqiyati va yetakchilikni ta’minladi. Tadbirkorlik faoliyat turi sifatida o‘zini o‘zi tartibga solib turuvchi tizim xususiyatlarini egallaydi.
Bu jarayon quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
- bozor iqtisodiyoti amal qilgan barcha mamalakatlarda o‘z xususiy ishini yo‘lga qo‘yishga ko’lam jihatidan mislsiz intilish yuzaga keldi. AQShda keyingi
20 yil ichida korxonalarning umumiy miqdori deyarli 3 barobar, Yaponiyada- taxminan 2 marta ko‘paydi. Italiyada esa, har yili 300 mingga yaqin yangi korxona paydo bo‘lardi.
- tadbirkor jamiyatining ijtimoiy tarkibida muhim o‘rin egallab, “zamonasining yangi qahramoni” ga aylandi.
- barcha darajalarda turli xil ma’muriy-qonunchilik cheklovlarini bekor qilish natijasida tadbirkorlikning xo‘jalik erkinligi darajasi keskin oshdi.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun sifat jixatidan boshqacha shart- sharoitlar tarkib topdi: venchur mablag‘i bozori tez o‘sdi, moliya muassasalarini diversifikatsiyalash va aholining moliya mablag‘larini jalb etish imkonlari kengaydi. Fuqarolar va tashkilotlarning biznesdagi axborotlarga etishishi yaxshilandi
(inkubatorlar, innovatsion parklar, ryunder markazlari va shu kabilar).
O‘zbekiston xususiylashtirishdan olingan barcha mablag‘lar byudjetga emas, balki xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga, tadbirkorlik va bozor tarkiblarini rivojlantirishga yunalltiriladigan yagona davlatdir.
Xalqaro tashkilotlar (Jahon banki, BMT-YUNIDO) tomonidan qayd qilinishicha korxonalar va tadbirkorlik faoliyatini xususiylashtirishdan keyingi qo‘llab-quvvatlanishning O‘zbekistonda amal qilinayotgan tizimi MDX mamlakatlari orasida o‘xshashiga ega emas.
Xususiylashtirish va davlat tassarufidan chiqarishning davlat dasturidan tashqari O‘zbekistonda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida shu jumladan, qishloq xo‘jaligida alohida, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Soliq solish sohasidagi qonunlarni takomillashtirish borasida ishlar chuqur o‘ylab olib boriladi. Mutaxassislarning baholashicha O‘zbekistondagi soliq tizimi sobiq itifoqning barcha respublikalaridagidan, Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlar va AQShdagidan ko‘ra progressivroqdir.
Bundan tashqari, xususiy korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulot chiqarishni ko‘paytirish, soliq olinmagan mablag‘larni ijtimoiy ehtiyojlarga yo’nalatirish maqsadida daromaddan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
Xususiy mulk shaklida xususiylashtirilgan korxonalar (mahalliy sanoat, maishiy xizmat, davlat savdosi, umumiy ovaqatlanish, matlubot korporatsiyasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat”) order olgan vaqtlaridan boshlab dastlab 2 yil ichida mulk solig‘i, resurs to‘lovlari, 20 foizli amortizatsiya ajratmalarini to‘lashdan ozod qilinganlar.
Xalq iste’moli buyumlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangidan tashkil etilayotgan xususiy korxonalar ko‘pgina soliqlardan ozod etilgan, boshqa chet el davlatlari bilan qiyoslansa, ularning soliq yuki ancha yengil. Chunonchi, Germaniya, Fransiya, AQSh va bozor iqtisodiyoti rivojlangan boshqa mamlakatlarda Turkiya va xatto o‘sha Rossiyada ham xususiy korxonalar uchun soliq yukining tushumining 40 foizidan 60 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Bozor islohatlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustivor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №244 – sonli «Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (Franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘grisidagi Nizomi, davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Shular qatorida, yangi qonuniy va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishi, jumladan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznes va xususiy talbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida, iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish bo‘yicha asosiy ustivorliklarning tizimli asosda amalga oshirilishini ta’minlash imkonini beradi.
Erkin raqobatga tobora keng imkon yaratish, turli mulkchilik shakllaridagi bozor subyektlar o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy huquqiy munosabatlarni jahon andozalari darajasida tashkil etish borasida ushbu qonun va me’yoriy hujjatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi mavqeyini yanada oshirish uchun quyidagi muammolarni hal qilish maqsadga muvofiqdir: ularning huquqiy madaniyatini oshirish, o‘z huquqlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish; moddiy texnika resurslari bilan taminlash mexanizmida yuzaga kelayotgan muommalarni nisbatan qisqa muddatlarda bartaraf etish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tamonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ishlash jarayonini nazorat qilish va boshqalar. Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hamda uni yuksaltirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati alohida va salmoqli o‘rin tutadi. Ushbu siyosat ko‘lami bugungi kunda yanada kengayib, davlatning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlantirishdagi iqtisodiy va huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini yanada takomillashuvini talab etadi.



Download 165,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish