O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruvfakulteti


Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari



Download 165,09 Kb.
bet4/6
Sana25.02.2022
Hajmi165,09 Kb.
#463616
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Obidjonov Zafarjon KURS ISHI

3.Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan sharoitlarni bundan buyon ham erkinlashtirish, ularga katta iqtisodiy erkinlik berish kabi muhim masalalar shu kunning dolzarb muammosiga aylangan. Bu muammo yechimi bir tomondan, korxonalarning mustaqilligini yuqori darajada kengaytirish va ularning o‘z faoliyati natijasi uchun mas’uliyatini oshirishdan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning yuqori tashkilotlar, turli nazorat organlarining aralashuvini cheklash zarurligini taqozo etmoqda.
Davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni tartibga solishda talab etiladigan yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Globallashuv jarayoni va elektron aloqalar tizimining taraqqiyoti nafaqat moddiy resurslarning va shu bilan birga informatsion axborot resurslari harakati xarajatlarining ham keskin kamayishiga olib keldi. Zamonaviy axborot tizimlari va axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimi imkoniyatlaridan kichik korxonalarni boshqarishda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda davlat tashkilotlari bilan xususiy tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarda zamonaviy texnik aloqa vositalaridan, masalan, internetdan foydalanish samaraliroq hisoblanadi. Bu hokimiyatning ijrochi organlarida ortiqcha navbat kutishlarni va turli byurokratik to‘siqlarni va shu bilan birga korruptsiyani oldini olish imkoniyatini yaratadi. Internetning rivojlanishi davlat tenderlarining ochiqligi va resurslar taqsimotining shaffofligini ta’minlaydi. Bu boradagi maqsadlarga erishish korxonalarida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga bevosita bog‘liqdir. Darhaqiqat, korxona menejmenti samaradorligini oshirish uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan dadil borayotgan mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur shartdir. Ayniqsa, globallashuv jarayonining hozirgi sharoitida jahon bozoriga chiqish korxona menejmentining korxonalarida mavjud resurslardan samarali foydalanish, resurslar unumdorligini muntazam oshirib borish kabi imkoniyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Boshqarishni samarali tashkil etishning asosiy omillaridan biri axborot ta’minoti va uni qayta ishlashdir. Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu axborotlar biznes uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi aloqa shaklidir. Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy, farmoyish tarzidagi axborotlar, buxgalterlik, marketing ta’minoti bo‘yicha, xodimlar bo‘yicha axborotlar bilan ishlaydilar. Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqalarni ta’minlaydi. Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari, mahsulotlarni sotuvchilar va xaridorlar, turli muassasalar o‘rtasida o‘zaro aloqa qilishning eng arzon va qulay shakli bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini nisbatan qisqa muddatlarda kengaytirishga xizmat qilishi mumkin. Biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashning asosiy vazifasi barcha turdagi ishbilarmonlarga o‘zlarini qiziqtiradigan barcha masalalarga doir ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishdan iboratdir.
Hozirgi kunda ko‘pgina korxonalarda axborotlar yetishmasligi va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi kuzatilmoqda. Axborotlar yetishmasligi tufayli korxonada qanday mahsulotni, qancha ishlab chiqarishni va ularni qayerga realizatsiya qilish imkoniyatlaridan xabardor bo‘lmaydilar. Zarur axborotni vaqtida boshqaruv tizimiga yetkazib berish, qayta ishlash va umuman, korxonalarda axborot ta’minotining to‘liq ishlashi samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga zamin yaratadi. Bu esa korxonalarning menejment samaradorligini oshirib, korxonaning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga erishiladi.
Hozirgi sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivolantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri, bu uning serharakat va faol qismi – kichik tadbirkorlik subyektlarini axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida sifatli ta’minlashni tubdan yaxshilashdir. Bugungi kunda kichik tadbirkorlik sohasida yirik xo‘jalik yurituvchi tuzilmalardan farqli o‘laroq, muntazam ravishda axborotning yetishmasligi yaqqol sezilmoqda. Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun asosan, atrofdagi iqtisodiy va raqobat muhiti haqidagi axborotlar, iqtisod va uni boshqarish sohasida yuzaga keladigan bilimlar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ishlab chiqarish, buxgalterlik hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, ushbu sohani o‘rganish natijasida yaratiladigan ilmiy ma’lumotlar alohida ahamiyatga egadir. Makroiqtisodiy jarayonlar, tovarlar va kapitalning harakatlanishi, bozorning holati va yo‘nalishi, mehnat bozori harakati, ishlab chiqarish va iste’molchining hatti harakatlari tadbirkor uchun eng foydali iqtisodiy ma’lumot hisoblanadi. Bunday turdagi axborotlarning turkumlarga ajratish imkoniyati yo‘q. Lekin turli manbalarda statistik, ishlab chiqarish va tijorat, bank, mehnat bozori, konyunktura, birja haqidagi, shuningdek, soliqlar, narxlar va tariflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ilmiy-iqtisodiy, me’yoriy va hokazo axborot turlariga ajratiladi.
Zamonaviy axborot tizimlari iqtisodiy axborotni an’anaviy tarzda kichik biznes subyektlariga kitoblar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rinishida, davriy va davomiy nashrlar, shuningdek, ma’lumotlar ombori va banklari ko‘rinishida elektron shakllarda ham yetkazilishi mumkin.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish va to‘lovla layoqatlilik darajasini oshirish hamda “Inqirozga qarshi choralar” dasturida belgilangan asosiy vazifalardan biri bo‘lgan soliqlarni rag‘batlantiruvchi funksiyasini amaliyotda ishlashini ta’minlash va bu orqali esa korxonalarni investitsion faoliyatini kengaytirishga erishish uchun, bugungi kunda mol-mulk solig‘ini takomillashtirish orqali, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tasarrufida bo‘lgan mol-mulklardan samarali va oqilona foydalanish imkoniyatini yaratish mumkin. Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, umumiy tartibda soliq to‘lovchi kichik korxonalar mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar. Mol-mulk solig‘ining obyekti bo‘lib esa korxona mol - mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati, belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish va belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar hisoblanadi. Mazkur obyekt barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar uchun bir xilda hamda soliq stavkasi 2015yil uchun 5 foiz miqdorida amal qiladi. Bizningcha, bugungi kunda amaldagi mol- mulk solig‘ini hisoblash amaliyotini takomillashtirish va mol-mulkdan samarali foydalanishga undovchi vosita sifatida foydalanish lozim. Jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansida bo‘lgan asosiy vositalarni mol-mulk solig‘iga tortishda ularni ishlab chiqarish jarayonidagi bevosita ishtirokidan kelib chiqib, aktiv va passiv asosiy vositalarga ajratgan holda soliq stavkalarini belgilash amaliyotini tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kundagi mavjud binolardan ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etayotgan binolardan ma’muriy binolar ko‘pligini inobatga olib, ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi aktiv asosiy vositalarga, ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmayotgan passiv asosiy vositalarga nisbatan kamroq stavkada soliq belgilanishi lozim.
Bizningcha, xarajatlarni kamaytirishda jahon amaliyotida keng qo‘llanilib kelinayotgan autsorsing xizmatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Autsorsing tushunchasi (inglizcha out – tashqi, source - manba yoki resurs) korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishning ayrim funksiyalarini ushbu sohaga ixtisoslashgan tashqi boshqaruvga shartnoma asosida berish demakdir. Autsorsing – boshqa pudratchiga korxonaning ba’zi biznes funksiyalarini yoki biznes jarayoning bir qismini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun berish va uning nisbatan arzon ishchi kuchidan foydalanishi hisobiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini kamaytirishga qaratilgan tadbir hisoblanadi. Autsorsing strategiyasining xususiy tarzda qo‘llanilishi xizmat ko‘rsatish bahosi va sifatining oshishiga, shuningdek, xarajatlarning pasayishiga olib keladi. O‘zbekistondagi kichik biznes korxonalarida foyda shakllanishiga ta’sir etuvchi risklarni boshqarish va kamaytirish jarayonida autsorsingning qo‘llanilishi, ya’ni mazkur xizmat turining keng joriy etilishi korxonalar faoliyatida samaradorlikni oshirishga, korxonada shakllanayotgan foydaga risklar ta’siri va mazkur faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qisqarishiga imkoniyat yaratadi. Qaysi boshqaruv funksiyalarini yoki bajariladigan ishlarni tashqi ixtisoslashgan tashkilotlarga berish, avvalo, korxona xo‘jalik faoliyatining turi va hajmiga bog‘liqdir. Autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderni tanlashda asosiy e’tibor faqat xarajatlarni kamaytirishga emas, balki xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ham qaratilishi zarurdir. Autsorsing o‘tgan asrning oxirlarida xalqaro amaliyotda keng tarqala boshladi. Autsorsing biznesining imkoniyatlarini kengaytirish, uni rivojlantirish vositasi bo‘lib, barcha sohalarga jadal kirib kelmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rivojlanishining barcha bosqichlarida korxona rahbariyati uchun o‘z xodimlari tomonidan bajariladigan funksiyalarni tahlil qilib borish zarur va foydalidir. Ayniqsa, u kichik biznes subyektlari uchun raqobat bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlasa, yirik korxonalar uchun esa boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari faoliyatini sog‘lomlashtirish, soddalashtirish va xarajatlarni pasaytirish usulidir. Chunki autsorsing korxona xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratuvchi universal qurol sifatida amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Xalqaro tajribada, kompaniyalarning autsorsing xizmatidan foydalanishi keng tus olmoqda. Masalan, xo‘jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi funksiyasini yuritish Yevropa mamlakatlarining o‘rta va kichik kompaniyalarida 86 foizi, AQShda – 92 foizi, Isroil davlatida esa 96 foizi autsoring xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga berilgan. Xizmatlar bozorida bajaridigan vazifalariga ko‘ra autsorsing bir necha toifaga bo‘linadi. Bular: huquqiy xizmatlar autsorsingi; transport xizmatlari autsorsingi; marketing autsorsingi; buxgalteriya autsorsingi va boshqalar. Biznes sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt malakali huquqiy xizmatdan foydalanishga ehtiyoj sezadi. Korxonalarda tadbirkorlik faoliyati jarayonida shunday sharoitlar bo‘ladiki, unda sarf-xarajatlar evaziga tajribali huquqshunos xizmatidan foydalanish talab etiladi. Bunday xizmatdan foydalanish yirik korxonalar uchun ma’lum miqdorda xarajatlarni talab etsa (qilingan ishlarning hajmi va natijasidan qat’iy nazar huquqshunos shtati, tashkiliy- texnik jihozlar va soliqlar), kichik biznes subyektlar uchun o‘zining huquqshunos shtatiga ega bo‘lishi, so‘zsiz, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan xarajatdir. Chunki huquqiy tomondan hal qilinishi lozim bo‘lgan nizoli masalalar har kuni ham yuzaga kelmaydi. Bunday sharoitlarda huquqiy autsorsing xizmatidan foydalanish ko‘p jihatdan qulay hisoblanadi. Biznes rivoji uchun malakali huquqiy xizmat nafaqat kerak, balki zarurdir. Uning ijobiy tomonlari quyidagilarda o‘z aksini topadi. Ya’ni huquqiy autsorsing xizmatlari baho jihatidan arzon va unga qilinadigan xarajatlar shtatdagi huquqshunosni saqlash uchun talab qilinadigan xarajatlardan kamroq; ushbu funksiyaning autsorsing xizmatlariga berilishi yuqori malakali huquqshunoslar tomonidan sifatli va natijali huquqiy xizmatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi; sudning barcha instantsiyalarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi va boshqalar. Transport xizmatlari korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida ko‘p xarajatli va nisbatan qimmat xizmatlar turiga kiradi. Hozirgi kunda transportda yuk tashish yoki xizmatlar ko‘rsatish autsorsingning keng tarqalgan obyektlaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati davomida, ayniqsa, yirik ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyo va materiallarni olib kelish, tayyor mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berish va boshqalar doimo avtotransport xizmatlaridan foydalanishni talab etadi. Agar korxona o‘z transportiga ega bo‘lishi va unga qilinadigan xarajatlarni trasport tashkiloti ko‘rsatgan xizmat uchun belgilangan bahosi taqqoslansa, transport autsorsingining afzallik tomonlari yaqqol ko‘rinadi. Bu esa, o‘z navbatida, korxona moliyaviy xarajatlarining qisqarishiga olib keladi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yo‘lini tanlagan har qaday mutaxassis o‘zi boshqarishi kerak bo‘lgan kichik korxonaning moliyaviy resurslarini buxgalteriya hisobi, statistika hamda tezkor axborotlar asosida nazorat qilishi hamda uni tahlil etish bilan bog‘liq qator moliyaviy masalalarni hal qila olishi kerak. Har bir kichik biznes subyektining rahbari ham buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish uchun yetarli bilimga ega bo‘lavermasligi mumkin, chunki ular turli soha vakillaridir. Natijada, buxgalteriya hisobini yuritishdagi kichik bir xatolikka yo‘l qo‘yilishi soliqlarni hisoblab chiqish va to‘lovlarda noaniqliklarga olib keladi yoki boshlang‘ich xujjatda yo‘l qo‘yilgan xato moliyaviy hisobotda ham o‘z aksini topadi. Autsorsing xizmati respublikamiz amaliyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo‘lib, uni hayotga tadbiq etish yordamida kichik biznes vakillari o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun axborot qidirish, yig‘ish va uni qayta ishlashga ortiqcha vaqt sarf qilishdan, hujjatlarning takrorlanishi va noaniq ma’lumotlarni taqdim etishdan ozod bo‘ladi.
Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari oldida yuzaga kelayotgan muammolardan biri bu ularga nisbatan amal qilayotgan soliqqa tortish tartiblarining (soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliqqa tortish tartiblari) ular faoliyatiga bir xilda ta’sir doiraga ega emasligidir. Aksariyat hollarda umumbelgilangan davlat soliqlari va yig‘imlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini to‘lash tartibi o‘rnatilgan soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibida kichik korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasi, umumbelgilangan soliqqa tortish tartibiga nisbatan ancha past darajada bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, umumbelgilangan soliqqa tortish tartibida faoliyat yuritayotgan hamda yalpi tushumda qo‘shilgan qiymat hajmi yuqori bo‘lgan kichik korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu holat esa albatta kichik korxonalar uchun tengsiz raqobat muhitini shakllantirishga zamin yaratmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, faoliyat yuritayotgan kichik korxonalarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish lozim. Jumladan, agar korxona kelgusida ishlab chiqariladigan maxsulotni eksport qilsa, qayta ishlab berish uchun berilgan xom ashyo materiallar qayta ishlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar QQSdan ozod qilish lozim. Bugungi kunda O‘zbekiston respublikasi Soliq kodeksiga binoan, qayta ishlab berish uchun berilgan xom ashyo materiallar qayta ishlash va ishlov berish xizmatlari to‘liq QQS tortiladi. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilgan maxsulot ishlab chiqarish siklidan keyin bir yil davomida eksport qilinsa, mazkur maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan qayta ishlab berish uchun berilgan xom ashyo materiallar import qilishda bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilish lozim. Mazkur tadbir korxona xarajatlarini asossiz ravishda o‘sishini oldini olish bilan bir qatorda, aylanma mablag‘lari hajmining oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari korxona kelgusida import qilinayotgan asbob uskunani ehtiyot qismlarini import qilish jarayonida bojxona to‘lovlaridan ozod bo‘lishi uchun, asbob uskunani sotib olish shartnomasida olinishi mumkin bo‘lgan ehtiyot qismlarini ko‘rsatishi lozim hisoblanadi. Ammo korxonalar har doim ham ularga bir necha yillardan so‘ng kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtiyot qismlarini to‘g‘ri bashorat qila olmasliklari mumkin. Ehtiyot qismlarining o‘rtacha bojxona to‘lovlari 10%ni tashkil etsa, ularga nisbatan QQS 20%ni tashkil etadi. Albatta bu to‘lovlar ehtiyot qismlarining narxini oshishiga hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining asossiz o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolardan biri bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarda realizatsiyasini to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Bizningcha, tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘shimcha ravishda maxsus loyihalarni amalga oshirish hamda bu borada rivojlangan davlatlar tajribalaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, Hindistonda mahalliy korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni jahon bozorida realizatsiya qilish, xorijiy davlatlarda maxsus ko‘rgazma va namoyishlarni amalga oshirish, eksporter korxonalarga amaliy yordam berish hamda davlatlarda maxsus marketing tadqiqotlarini amalga oshirib, o‘z xulosalarini mahalliy korxonalarga taqdim etish maqsadida hindiston kooperativ uyushmasi tomonidan maxsus Central Cottage Industries Imporium tashkil etilgan.
Bizningcha kelajakda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan kichik korxonalarni rivojlantirish strategiyasi quyidagi omillarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim:
1. Korxonalar xarajatlarini quyidagilar hisobiga qisqartirish:
– resurs va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish; ishlab chiqarish quvvatlarini optimallashtirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish;
– ishlab chiqarish fondidan chiqarish, ishlab chiqarishni yer maydonlari ijarasi arzonroq joy va hududlarga ko‘chirish, ko‘chmas mulkdan samaraliroq foydalanish);
– ishlab turgan uskunalarni zamonaviylashtirish (ishlab chiqarish darajasi va sifatini oshirish).
2.Mahsulot turlarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish va keyinchalik, mavjud innovatsion infratuzilma bilan samaraliroq munosabatlarni o‘rnatish hisobiga, yangi texnologiyalar bozoriga olib chiqish. Bunda viloyatlarda modellashtirish markazlarini tashkil etish orqali, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotlari dizayn va konstruktsiyalash ishlarida eng yangi texnologik yo‘nalishlardan keng foydalanishni ta’minlash lozim. Ularning asosiy maqsadi korxonalarini resurslar bilan ta’minlash, kiyim-kechaklarni dizayni va konstruktsiyalash sohasida yangi texnologik yo‘nalishlarni targ‘ib qilish bo‘yicha xarakatlarini birlashtirish lozim.
3. Mehnat samaradorligini oshirish. Mehnat samaradorligini oshirish mexanizmlaridan quyidagilarni qo‘llash tavsiya etiladi:
– biznes jarayonlarni optimallashtirish yoki qayta tashkil qilish, sohaga tegishli bo‘lmagan funksiyalarni ajratish;
– xodimlar sonini optimallashtirish, funksiyalar takrorlanishini bartaraf etish (qayta tashkil etish);
– xodimlar malakasini va vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarini oshirish (kadrlar siyosati, me’yorlashtirish);
– jarayonlarni avtamatlashtirish darajasining oshirish;
– uskuna va qurilmalarni yangi texnik asosga o‘tkazish.
4. Subkontraktatsiya va autsorsing tizimni rivojlantirishdagi kichik va xususiy korxonalar uchun eng dolzarb muammolardan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun xaridor topish hisoblanadi. Yirik kompaniyalar o‘z ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismini nisbatan kichik korxonalarga berishini ko‘zada tutuvchi subkontrakttsiya va autsorsing tizimi mazkur masalaning samarali echimi bo‘lishi mumkin. Ayrim xollarda sohaga tegishli bo‘lmagan biznes jarayonlarni yangi tashkil etilgan sho‘’ba korxonalariga – ona tuzilma tomonidan kafolatlangan talabga ega bo‘lgan kichik korxonalarga ajratib berish ham mumkin. Autsorsing tizimining takomillashuvi yirik kompaniyalar xarajatlarini kamaytirib, kichik va xususiy korxonalarning raqobatbardosh mahsulotlariga bo‘lgan talabini oshirib, iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshiradi.
5. Korxonalar marketing faoliyatini faollashtirish ularni quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishini ko‘zda tutadi: marketing faoliyatini boshqarishda innovatsiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy qilish; pozitiv tashqi axborot muhitini va iste’molchilar bilan ishonchli munosabatlarni shakllantirish; ommaviy axborot vositalaridan, shu hisobda elektron vositalardan foydalanib hudud korxonalarining o‘z mahsulotini reklama qilishi va ilgari surishi; brendingni va brend darajasiga mos ilgari surish dasturlarining rivojlantirish.
6. Mahalliy mahsulotlarni savdo tarmoqlari orqali ilgari surishga ko‘maklashish. Mahalliy mahsulotni viloyatlardagi iste’molchilar bozoriga chiqishini soddalashtirish maqsadida savdo firmalari va tikuvchilik hamda poyafzal ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
Tadbirkorlik subyektlarini kreditlashning salbiy jihatlariga esa ularga kreditlarni jalb qilish va rasmiylashtirishning murakkabligi, ma’lum kafolat yoki mulkni garovga qo‘yishning talab etilishi; olingan kreditlarni vaqtida to‘lamaslik oqibatida bankrot bo‘lish riskining yuqoriligi va kredit uchun foizlarni to‘lash zarurati tufayli iqtisodiy faoliyatidan olinadigan foydaning bir qismining yo‘qotilishi; kreditlarni jalb qilishda xujjatlashtirish jarayoni uzoq davom etishi, kredit paketi va loyihalarini tahlil etish tartibining soddalashtirilmaganligidir.
Tadbirkorlik subyektlarining investitsion loyihalari turli maqsadlarda tuziladi va amalga oshiriladi, ularni to‘rt turga ajratish mumkin: yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish; ishlab chiqarishni kengaytirish; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; davlat tashkilotlari talabini qondirish, ularni mahsulotlar bilan ta’minlash.
Tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirishda qarz va o‘z mablag‘lari manbalaridan foydalaniladi. Loyihalarni moliyalashtirishdan aksariyat hollarda daromad olishga intilish kuchli bo‘ladi va loyiha egalari – xususiy biznes vakillari iqtisodiy daromad olishga xarakat qiladilar. Kapital bozoridan kichik biznes vakillari qarz kapitalini jalb etib, uni loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Loyihada o‘zining xususiy kapitali hisobiga ishtirokidan dividend yoki ulush ko‘rinishida daromadga ega bo‘ladi. Qarz kapitalini yo‘naltirish evaziga loyihada ishtirok etgan moliyaviy institutlar yoki kapital egalari foiz yoki ustama to‘lov ko‘rinishida daromadga erishadilar.
Tadbirkorlik subyektlari bevosita moliyalashtirishning yana bir shakli lizingdir. Lizing bu mulkiy munosabatlar majmui bo‘lib, bunda birinchi taraf (lizingga beruvchi) ikkinchi tarafning (lizingga oluvchining) topshirig‘iga ko‘ra, uchinchi taraf (sotuvchi)dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo‘lgan mulkni o‘z mulki qilib sotib oladi va uni lizing shartnomasida belgilangan shartlar asosida vaqtinchalik muddatga foydalanishga va keyinchalik esa egalik qilish bilan lizingga oluvchiga beradi. Lizingda uchta alohida shaxslar qatnashishi kerak. Lizing obyekti – iste’mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida foyda olish maqsadida qo‘llaniladigan har qanday buyumlar, predmetlar hisoblanadi.
Respublikamizda lizing bo‘yicha asosiy qonunchilik xujjatlari bo‘lib, 21 dekabr 1995 yilda qabul qilingan “Fuqarolik kodeksi” (587-599-moddalar), O‘zbekiston Respublikasining 14 aprel 1999 yildagi “Lizing to‘g‘risidagi” qonuni, Adliya vazirligi tomonidan 20 iyul 1999 yilda 776-son bilan tasdiqlagan “O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan moliyaviy lizingning amalga oshirilishi to‘g‘risdagi Nizom” hisoblanadi.
Lizing hisobiga moliyalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat: lizingga obyektni berish to‘g‘risida mijozning ariza berishi; loyihaning tahlili va u to‘g‘risida xulosa tayyorlash; lizing shartnomasini imzolash; garov shartnomasini imzolash; lizingga beruvchi tomonidan sotuvchiga obyektni tayyorlash to‘g‘risida zakaz-naryad va texnik topshiriqni jo‘natish; obyektni sug‘urta qilish va sug‘urta polisini olish; obyektni sotib olish shartnomasining imzolanishi va pul o‘tkazilishi; lizing obyektini qabul qilib olish va lizing oluvchiga ekspluatatsiyaga berish, aynan shu bosqich lizing operatsiyasining amalga oshirilganligini bildiradi.

Download 165,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish