O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruvfakulteti


Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillari



Download 165,09 Kb.
bet2/6
Sana25.02.2022
Hajmi165,09 Kb.
#463616
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Obidjonov Zafarjon KURS ISHI

1. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillari. Eng avvalo, tarmoqda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda obyektiv va subyektiv omillarga ajratgan holda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Obyektiv omillarga subyektlarning xatti-harakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko‘rsatuvchSubyektiv omillar, obyektiv omillardan farqli o‘laroq, turli alohida holat, shart-sharoit va hatti-harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum chora- tadbirlarni qo‘llash orqali ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida, korxonalar faoliyatlarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi subyektiv omillarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko‘ra turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bizning fikrimizcha, mamlakatimiz va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko‘plab subyektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo‘ladi: 1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar; 2-guruh - tashkiliy omillar; 3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar; 4-guruh - iqtisodiy omillar.
Shaxsiy-ruhiy omillar guruhi o‘z ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyati, yuzaga keladigan vaziyatga tez moslasha olish imkoniyatlari kiradi.
Tashkiliy omillar guruhi o‘z ichiga xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasida o‘z faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi to‘siqlarni bartaraf etish, uni o‘zgartirish yoki yanada takomillashtirish imkoniyatlari kiradi.
Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi o‘z ichiga korxona faoliyatini bevosita tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy qonunchilik bazasining mukammalligi, tez-tez o‘zgartirilmasligi, barcha tadbirkor uchun bir xilda tushunarli bo‘lishi, qonunchilikda ziddiyatlarning mavjud emasligi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy kafolatlarning mavjudligilar kiradi.
Iqtisodiy omillar guruhi o‘z ichiga xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini turli imtiyoz va preferentsiyalar yordamida davlat tomonidan rag‘batlantirilishi, ular faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmining ishlab chiqilganligi, iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitining shakllanganligi, monopoliyaga qarshi davlat dasturlarining amalda ishlash holati, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda xizmat qiluvchi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanganligi kabi omillar kiradi.
Umumiy xatolar va kamchiliklar ichidan ish boshlovchi tadbirkorlarning, kichik firma rahbarlarining, yetuk yoshdagi korxona menejerlarining o‘ziga xos xatolarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ish boshlovchi tadbirkorlarni va yetuk firmalarning menejmentlarini xato va kamchiliklarini turkumlash shuni ko‘rsatadiki, biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkallikchilikni hayotiy siklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, quyidagi holatlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ya’ni, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishi; iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslari narxlarining keskin oshishi, transport xizmati tariflarining ko‘tarilishi, bojxona to‘siqlari, eksport - import bojlarining joriy etilishi oqibatida mahsulot narxining oshib ketishi natijasida mahsulotlar raqobatdoshligining pasayishi; iste’mol tovarlarining narxlari aholi pul daromadlariga nisbatan tezroq o‘sishi natijasida talabning pasayishi; aylanma mablag‘larni noishlab chiqarish xarajatlariga jalb etilishi sababli, korxona moliyaviy natijasining yomonlashuvi; tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar orasida iqtisodiy bilimga ega bo‘lmagan shaxslarning mavjudligi va boshqalar.
Yuqoridagi fikr-mulohazalar shuni ko‘rsatadiki, kichik tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatlarini rivojlantirishda keltirilgan barcha omillar ichida iqtisodiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki davlat tomonidan mazkur subyektlar faoliyatini soliqqa tortish va ular faoliyatini moliyalashtirish mexanizmi orqali ularning kelajak istiqbolini belgilab berishi mumkin. Bizningcha, aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish va ular zimmasidagi soliq yukini kamaytirishga erishish orqali, kelgusida ular faoliyatini rivojlantirishga, o‘z faoliyatlarini kengaytirishlariga erishish mumkin. Shu nuqtai nazardan yondoshgan holda bugungi kunda tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini va ularga berilgan imtiyoz va preferentsiyalarni tahlil etgan holda ular faoliyani rivojlantirishdagi ta’sir doirasida baho beramiz..
1991 yil 15 fevralda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni va 1995 yil 21 dekabrdagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratildi. O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash davlat Dasturi 1999 yilda qabul qilindi. Davlat dasturining bosh maqsadi mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlarida bozor sharoitiga mos ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug‘ullanishlariga qiziqish uyg‘otishdan iborat edi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik maqomi faqatgina unda band bo‘lganlar soniga qarab belgilanib, 2003 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-1987-sonli Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi PF-3305-son Farmoniga binoan amaldagi qonun xujjatlariga ba’zi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu farmonga asosan subyektni mikrofirma yoki kichik korxona sirasiga kiritish imkonini beradigan yuridik shaxs xodimlarining miqdoriy sonini belgilash; xalq xo‘jaligi sohasining ayrim tarmoqlari (sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, savdo va h.k.) bo‘yicha eng yuqori sonining miqdoriy ko‘rsatkichlarini ajratish; yuridik shaxsni kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga kiritish maqsadida hisobga qo‘yiladigan shaxslar tarkibini belgilash masalalari tartibga solindi. 2004 yil 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga quyidagilar kiradigan bo‘ldi.
Ya’ni: yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlarida band
bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar. Quyidagi tarmoqlarning o‘rtacha yillik xodimlari soni: yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishidan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida 50 kishidan; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. Bunda o‘rtacha yillik xodimlari sonini aniqlashda sho‘’ba korxonalari filiallar va vakolatxonalarda ishlovchi xodimlar soni ham inobatga olinadi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida turli shakllarda: kooperativ, yakka mehnat faoliyati, shaxsiy va xususiy tadbirkorlik, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari kabi shakllaridan tashqari, keyinchalik hududlarda sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, hunarmandchilik, kosibchilik, zargarlik, temirchilik, sog‘liqni saqlash, turizm, servis kabi sohalarning rivojlanishi kuzatildi. Mustaqillik yillarida tadbirkorlik faoliyatini ilk huquqiy negizini yaratish maqsadida 1991yil
15 fevralda “Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun, “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish”, “Kichik va o‘rta korxonalar, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida” hamda boshqa qator Qonun, Qaror va Farmonlar qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi. Mazkur huquqiy asoslarning yaratilishi 1990 yildan kichik biznes va xususiy tadbirkorlar faoliyatini yildan yilga yaxshilanishiga, ular sonini ko‘payishiga, faoliyat jabhalarining kengaytirilishiga zamin yaratdi.
Bu davrlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mulkchilik”, “Korxonalar”, “Kooperatsiya”, “Tadbirkorlik”, “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari”, “Monopolistik faoliyatni cheklash”, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish” to‘g‘risidagi qator qonun va farmonlar qabul qilindiki, ularda aholining ongida bozor munosabatlarini shakllantirsh ruhiyatini, xususiy mulkchilikka ega bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish asosiy vazifa sifatida belgilandi. Amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida “O‘zbekistonda tadbirkorlar uyushmasini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini tashkil qilish”, “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armani tashkil qilish to‘g‘risida”gi qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Farmoni ular faoliyatini shakllantirishga xizmat qilib, ular faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga erishildi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik va o‘rta xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, individual mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslarni hisobga olish, barchasining manfaatlarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash mexanizmi samarali tashkil qilish maqsadida tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning respublika va hududiy palatalari faol faoliyat olib bordilar.
Bu davrda jahon tajribasida kam uchragan, O‘zbekistondagi barcha shakldagi kichik biznes subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning maxsus mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Mazkur mexanizmga asosan xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag‘lar milliy iqtisodiyotning nodavlat sektorini, shakllantirish va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun sarflandi. Bu tizimga asosan, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ni 50 % Respublika “Biznes- fondi”ga yo‘naltirildi, fond esa o‘z navbatida fuqarolarning o‘z mablag‘lariga asoslangan kichik va o‘rta biznesga, xo‘jalik yurituvchi kichik subyekt shaklidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kreditlarga sarfladi. Mablag‘larning 20% ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimentini ko‘paytirishga hamda investitsiyalarni yo‘naltirishga muxtojlik sezayotgan xususiylashtirilgan kichik va o‘rta korxonalarga berildi. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ning qolgan 20% ijtimoiy sohani rivojlantirishga, bozor infratuzilmasini shakllantirishga hamda 10 % mintaqalarni qo‘llab-quvvatlash Davlat dasturini hududlarda amalga oshirish jarayonida sarflandi. 1996-2000 yillarda Oliy Majlisning “Tovarlar bozorida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni rivojlantirish”, “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar kafolatlari”, “Yer Kodeksi”, “Soliq Kodeksi”, “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armalarni tashkil qilish”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish” to‘g‘risidagi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar faoliyatini hududlarda yanada takomillashtirishga oid huquqiy kafolatlangan baza yaratildi va qo‘yidagi yutuqlarga erishildi: davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan mulkni, obyektlarni sotib olishda yuridik, jismoniy va xorijiy shaxslarning mablag‘lari bo‘yicha dekloratsiyalash talab etilmadi hamda tanlov asosida, xususiy mulkni sotib olish imkoniyati yuzaga keldi; respublika bo‘yicha valyuta bozorini tashkil etish va takomillashtirish hamda mavjud muomaladagi valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida jismoniy shaxslarga chet el valyutasida hisob raqamlari ochish hamda ulardan foydalanish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi; O‘zbekistonning barcha fuqarolariga tovarlarni chetdan sotib olish va ichki bozorni to‘yintirishni ta’minlaydigan xususiy tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, mayda ulgurji oilaviy asosda tashkil etilgan mikrofirmalarni tashkil etish uchun ularga milliy hamda xorijiy valyutada kredit berish mexanizmi joriy etildi; respublika va chet el fuqarolari tomonidan, O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutalarini olib kelish hamda olib chiqishdagi cheklovlar bekor qilindi; O‘zbekiston hududida, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qo‘shma korxonalar ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50% dan ortiq bo‘lsa, xorijiy valyutadagi tushumdan soliq solishdan hamda shu korxonalarning O‘zbekiston Markaziy bankida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab besh yil muddatga majburiy soliqdan ozod qilindi. Kichik biznesning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida “Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi hamda qishloq joylarida ular faoliyatini kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Ularning huquq va majburiyatlari, yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish yo‘nalishlari belgilandi va ular faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmi ishlab chiqildi.
Tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qiluvchi va muvofiq- lashtirib turuvchi markaz “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palata”si tashkil etilishi tadbirkorlikni rivojlantirish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur palata – bu tarmoqlardagi yirik xo‘jalik yurituvchi birlashmalar tarkibiga kirmaydigan kichik, o‘rta, xususiy tadbirkorlik subyektlarini a’zolik shartnomasi birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot sifatida faoliyat yuritdi. Mazkur palataning hududlardagi boshqarmalari tuzilib, tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarga chiqishda ham amaliy yordam berdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha omillar, ular faoliyatiga asossiz ravishda aralashayotgan, nazorat qilayotgan, turli bahonalar bilan to‘sqinlikni vujudga keltirayotgan hokimiyat idoralari, mahalliy tashkilotlarning noqonuniy xatti-harakatlari bartaraf etish maqsadida, 2003 yil 11 dekabrdagi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi va hududlardagi ishlab chiqarish yo‘nalishlari kengaytirilib, faoliyat turlari ko‘paytirildi, hududlarda faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatish infratuzulmasi faoliyatlariga katta e’tibor qaratildi.
Jumladan: bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoyalash; ular tomonidan jamiyat, davlat manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish; kichik biznes subyektlari faoliyatini rag‘batlantirish hamda resurslarni adolatli taqsimotini amalga oshirishga erishish; ularning axborot resurslari bilan muntazam ta’minlashdir.
2005 yildan boshlab kichik korxonalarni soliqqa tortish tizimida to‘plangan tajribalarga tayangan holda, tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunda kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifasi sifatida belgilandi. Mazkur subyektlar faoliyatini aynan soliqlar orqali rag‘batlantirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan esa 2005 yil 1 iyuldan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etildi. 2006 yildan boshlab esa umumiy tartibda soliq to‘lovchi korxonalar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida, yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uchun ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lash imkoniyati berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2005 yil 14 iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3619-sonli Farmoni qabul qilinishi orqali tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish faqat Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilishi belgilandi.

Download 165,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish