Тошкенt-2022 2- variant Davlat byudjetining funksiyalari



Download 185,92 Kb.
bet1/4
Sana20.07.2022
Hajmi185,92 Kb.
#828357
  1   2   3   4
Bog'liq
“DAVLAT BYUDJETI” FANIDAN YAKUNIY NAZORAT ISHI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI FAKULTET
DAVLAT BYUDJETI” FANIDAN NAZORAT ISHI

Guruh: MM-50-2
Bajardi: Shodmonov.
tekshirdi:Xaydarov. A
ТОШКЕНT-2022

2- Variant
1. Davlat byudjetining funksiyalari.
2. Soliq islohatlarini amalga oshirish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari
3. Smetaning xarajat guruhlari
Javoblar
1. Davlat byudjetining funksiyalari.
Davlat byudjeti mo-liyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa boʼlinmalari sin-gari, ikki xil funktsiyani bajaradi:
1) taqsimlash;
2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi orqali uning mo-hiyati namoyon boʼladi. Bu narsa davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol koʼrinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsim-lash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi oʼziga xos boʼlgan xususiyatga ega boʼlib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsu-lotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi. Аgar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablagʼlari (byudjetga toʼlovlar) mil-liy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga boʼlinadi va koʼp sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yoʼnaltiriladi.
Аholining byudjetga toʼlovlari ham qayta taqsimlash xarak-teriga ega. Ularning byudjetga turli soliqlar shaklida (koʼrini-shida) kelib tushishi ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Аyniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat koʼrsatayotgan xodimlar tomo-nidan turli koʼrinishdagi soliqlarning byudjetga toʼlanishi ham bu mablagʼlarning koʼp sonli taqsimlash bosqichlaridan oʼtishini taqozo etadi. Chunki juda koʼp hollarda bu mablagʼlar ancha oldinroq byudjet yordamida taqsimlanish bosqichidan oʼtib, ijtimoiy sohaga ular byudjet assignovaniyalari shaklida yetib borgan boʼladi.
Demak, koʼrinib turibdiki, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali bir necha marta taqsimla-nishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu Davlat byudjeti taqsimlash funktsiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir.
Аmalga oshiriladigan operatsiyalar koʼlamining kengligi (ma-sshtabligi), pul oqimlarining kengligi va tashkil topadigan maq-sadli fondlarning xilma-xilligi davlat byudjeti taqsimlash funk-tsiyasining ikkinchi xususiyati hisoblanadi. Yalpi ichki (milliy) mah-sulot (milliy daromad)ning kattagina qismini taqsimlab, byudjet turli maqsadlarga moʼljallangan koʼp sonli fondlarni shakllanti-radi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha boʼlinmalari bevosita yoki bilvosita bogʼlangandir.
Davlat byudjeti taqsimlash funktsiyasining uchinchi xarak-terli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy obʼekti boʼlib jamiyatning sof daromadi (qoʼshilgan qiymat soli-gʼi, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu narsa milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylik boshqa elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Byudjet orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslar-ning daromadlari ham qayta taqsimlanadi. Shuningdek, byudjet mexanizmi orqali xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida ham mablagʼlar qayta taqsimlanishi mumkin.
Byudjet kanallari boʼyicha qiymatning jamgʼarish va isteʼmol fondlari tomon harakati sodir boʼladi. Iqtisodiyotga xarajat-larning maʼlum bir qismi, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlarning asosiy qismi byudjet mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat moddiy rezervlari oʼsgan qismining barchasi ham toʼliq ravishda byudjetdan moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti ijtimoiy isteʼmol fondlarini shakllantirishning aso-siy manbai boʼlib xizmat qiladi, ijtimoiy soha xodimlari uchun isteʼmol fondining yaratilishini taʼminlaydi.
Byudjet orqali taqsimlash jarayoni koʼp bosqichli amalga oshiriladi. Аgar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, byudjet orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsim-lanishi) sodir boʼladi. Uning uchinchi bosqichi (byudjetdan moliya-lashtirish) iqtisodiyot sohalarini va ijtimoiy sohaning boʼlin-malarini qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (mil-liy) mahsulotning ayrim elementlari byudjet orqali koʼp marta-lab ham oʼtishi (taqsimlanishi) mumkin. Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sugʼurta fondiga toʼlovlari byudjet-li taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi byudjetdan moliyalashtirish asosida vujudga keladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi bosqichidan oʼtib, ular yana byud-jetga ijtimoiy sugʼurtaga ajratmalar shaklida kelib tushadi.
Shunday qilib, Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi taqsimlashning koʼp martaligi bilan xarakterlanadi, u ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida namoyon boʼladi, jamiyat tomo-nidan iqtisodiyot, sogʼliqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, sa-nʼat, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalaniladi. Faqat Davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning ana shunday xilma-xil shakllari va metodlari taqdim etilgan.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi ham oʼziga xos boʼlgan xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bogʼliqligi takror ishlab chiqarishning barcha boʼlinmalarida ah-volning qandayligi toʼgʼrisida maʼlumotlar bilan doimiy taʼmin-lab turadi.
Mablagʼlarning byudjetga kelib tushishi, byudjet assignova-niyalarining yoʼnalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va isteʼmoldagi muvaffaqiyat va kamchilik-larni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklar (disproportsiyalar)ning vujudga kelayotganligi, rivojlanish surʼat-laridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir boʼlayotgan taqsim-lash jarayonlarining toʼgʼriligi va oʼz vaqtidaligi, ishlab chiqarish-ning samaradorligi va hokazolar toʼgʼrisida goʼyo signal berib tura-di. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning mo-liyaviy ahvoli, albatta, Davlat byudjeti bilan boʼladigan oʼzaro munosabatlarda – soliqlarda, toʼlovlarda, byudjetdan moliyalash-tirish hajmlarida, byudjet assignovaniyalarini oʼzlashtirishda va hokazolarda – oʼz taʼsirini koʼrsatadi. Demak, byudjet orqali re-jadan farqlanish (ogʼish), tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va dav-riy qisman disproportsiyalar, fondlarning hajmi, mablagʼlar-ni oʼzlashtirish surʼatlari va boshqalardagi oʼzgarishlar yaqqol koʼrinib turadi. Bularning barchasi Davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (bi-rinchi xususiyat). Bu esa, oʼz navbatida, milliy iqtisodiyotni opera-tiv boshqarishda davlat byudjetining nazorat funktsiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga tegishli boʼlgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlash-tirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishi-ni, maʼlum ketma-ketlikda boʼysunishning tizimliligini anglata-di. Bu esa, oʼz navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.
Qattiq majburiylik, imperativlik Davlat byudjetining na-zorat funktsiyasiga tegishli boʼlgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki boʼlganligi uchun uning nazorat funktsiyasi milliy iq-tisodiyotni boshqarishning instrumentlaridan biri boʼlib hisob-lanadi. Nazorat funktsiyasining byudjetga obʼektiv ravishda xos-ligi, uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlat hu-quqiy asosiga ega ekanlikni taqozo etadi. Shuning uchun ham byud-jet nazorati eng taʼsirchan va samarali sanaladi. Davlat bunday nazoratni amalga oshirish natijasida subʼektlarning moliyaviy faoliyatiga operativ ravishda aralashuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qoʼllashi mumkin.
Byudjetga obʼektiv ravishda xos boʼlgan nazorat funktsiyasi davlat tomonidan faoliyatning barcha sohalarida keng qoʼllani-ladi. Byudjetni rejalashtirish jarayonlarida va byudjetni ijro etishda subʼektlar faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni koʼzda tutadi:
1) Davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablagʼlarini mobilizatsiya (jalb) qilish;
2) mablagʼlarni sarf etishda ularning qonuniyligini taʼmin-lash;
3) moliyaviy (byudjet) mexanizm (i) orqali ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish.
Davlat byudjetining funktsiyalari uning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ifoda etib, byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda oʼzini namoyon etadi.
Byudjetning taqsimlash va nazorat funktsiyalari oʼz harakat-lari davomida miqdoriy va sifat jihatlariga egadir.
Taqsimlash funktsiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fond-ning oʼlchamiga (hajmiga) tegishli hisoblanadi. Bunda turli fond-larning nisbatlari, ular oʼrtasidagi proportsiyalar, ularning miq-doriy parametrlarini toʼgʼri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funktsiyaning harakati bir xilda muhimdir. Аgar byud-jetning taqsimlash funktsiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki ka-maytirish yoʼli bilan uni koʼzlangan darajaga yetkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funktsiyasi esa ana shunday taqsimlash-ning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini koʼrishga (aniqlashga) imkon beradi.
Taqsimlashning sifat tomoni byudjetning subʼektlar fao-liyatiga har tomonlama faol taʼsir koʼrsatib, chuqur aloqalarni oʼzida ifodalaydi. Byudjetdan moliyalashtirishdan toʼgʼri foyda-langan holda fondlarning shakllantirilishi byudjet mablagʼlari-ning iqtisod qilib, samarali foydalanishiga, iqtisod rejimiga rioya qilinishiga, subʼektning barcha boʼlinmalarida samarador-likni oshirishga oʼz taʼsirini koʼrsatadi. Bunga byudjetning taq-simlash funktsiyasi faqat miqdoriy omillarga boʼysundirilganda emas, balki u sifat koʼrsatkichlariga ham bogʼlangandagina erishi-lishi mumkin. Bunda byudjetning nazorat funktsiyasi ham oʼzining nimaga moʼljallanganligini biroz oʼzgartiradi – u faqat fond-larning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi toʼgʼrisida emas, balki ana shu nomuvofiqliklar sifat koʼrsatkichlariga ham taʼsir koʼr-satganligi toʼgʼrisida signal beradi.
Davlat byudjetining ikki funktsiyasidan foydalanish nati-jasida byudjet mexanizmi vujudga keladi. Byudjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy resurslarni davlatning qoʼli-da akkumulyatsiya qilish va ularni byudjet kanallari boʼyicha taq-simlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol taʼsiri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda koʼp: soliqlar va byudjetga toʼlovlar, byudjetdan moliyalashtirishning turli shakl-lari, mablagʼlarni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shu-lar jumlasidandir. Byudjet mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tegishli boʼlgan detallarning oʼzaro taʼsirchanligi va ularning bir-biriga bogʼliqligi bilan belgilanadi.

Download 185,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish