132
O’qituvchi nutqi o’quvchilarga ta’lim tarbiya berish vazifasini bajarishi kerak.
SHuning uchun unga faqat umummadaniy emas balki kasbiy va pedagogik talablar
ham qo’yiladi. O’qituvchi o’z so’zining mazmuni, sifati va oqibati uchun ijtimoiy
javobgardir. SHuning uchun o’qituvchi nutqi pedagog mahoratining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ma’lumki nutq og’zaki va yozma ko’rinishlarga ega. Og’zaki nutq so’zlovchi
gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham
tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyg’ongan xayolan berilgan axborotni ma’lum
vaqtga
tinglovchi ongida saqlanishi, uning hulqiga tasir etish mumkin.
Og’zaki nutq hususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatsa bo’ladi:
Og’zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar
bilan uning libosi bulgan so’z birgalikda “yashin tezlikda” tilga kela boshlaydi.
Ba’an tushunchani ifodalovchi so’zni o’sha tezlikda so’zlovchi topa olmay qoladi.
Unga yaqin yoki o’ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so’zlarni ishlatib
yuboradi. Natijada, aytilgan nutq (gap, gaplar) ko’zlangan maqsadni (fikrni) to’liq
ro’yobga chiqarmaydi. Bundan tinglovchi ham so’zlovchi ham zarar ko’radi.
Og’zaki nutqda so’z birliklari va gaplarni modullari aytilmoqchi bo’lgan
fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini, aql
nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni xotirada ushlab turgan holda
rivojlantirishga to’g’ri keladi. Agar xotira ozgina “dangasalik” qilsa, gap tuzilishi,
so’z birikmalari o’zaro mantiqan va grammatik bog’lanmay qoladi. CHunki yangi
qism avvalgi qismni unutilgani uchun u bilan moslasha olmaydi.
Og’zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa
kelgan bo’lsa, shundayligicha tinglovchiga havola etiladi.
Og’zaki nutqda, odatda, muloqot uchun eng zarur narsalaragina zuhur etiladi. Bu
bir tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan, nutq kuchini tejash bilan bog’liq.
SHunga ko’ra unda uzundanuzoq kirish keng izohlar kam uchraydi. Ayniqsa,
hodisalarning, narsalarning o’zaro bog’liqlik darajalari, ularning tinglovchi va
so’zlovchilarga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his
etilgandagina, avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi.
Og’zaki nutq so’z boyligi jihatdan yozma nutqqa nisbatan ongi kambag’al
bo’ladi. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi. Bu hol
til vositalarni tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir.
Og’zaki nutqda so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang,
urg’u, turli xil imoishoralar fikrni tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb
etadi.`
133
Yozma nutq og’zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutq
yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U
o’z nutqining qismlarini va butun nutqni qaytaqayta tahrir qilishi, fikr uchun eng
mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. SHuning
uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir.
O’qituvchi nutqi deyilganda o’qituvchining og’zaki nutqi ko’zda tutiladi.
Og’zaki nutq bu o’qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi.
Pedagogning nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
A) pedagog va o’quvchilar orasida o’zaro ta’sir etish va muloqotning
natijalanganligi;
B) faoliyat motivlarini, tushunchalarni to’g’irlash va shakllantirish maqsadida
o’quvchi, bolalar
tafakkuriga, histuyg’ulariga ijobiy ta’sir
etish kerak;
V) ta’lim berish jarayonida bilimlarni to’liq tushuntirish va mustahkamlash,
o’zlashtirib olish;
G) o’quvchilarning amaliy va o’quv faoliyatini samarali tashkil etish.
"Pedagogik nutq" tushunchasi o’qituvchining kommunikativ xulqi tushunchasi
bilan uzviy bog’liq. O’qituvchining kommunikativ xulqi deyilganda faqat uning
gaprish va axborot berish jarayonigina emas balki pedagog va o’quvchi muloqoti
uchun emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o’rtasidagi munosabat va ish
uslubiga ta’sir ko’rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o’qituvchining nutqiy
nazokati ham ko’zda tutiladi.
O’qituvchining og’zaki nutqi monolog, dialog va polilog shaklida bo’ladi.
Monologik nutqning keng tarqalgan shakli hikoya, maktab ma’ruzasi, sharx
kabilardir. Dialogik nutq turli suhbat, savol javob shaklida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: