XULOSA VA TAVSIYALAR...
.
..............
.44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI……...........
.46
Kirish
Ma’lumki, til vositasida inson muloqotga kirishadi – fikr almashadi, axborot oladi, bilim, ko’nikma va malakalarni egallaydi. Jamiyatda tilni o’zlashtirish jarayoni kishilarning o’zaro nutqiy faoliyati (kommunikastiyasi) sharoitida amalga oshadi. Ushbu jarayonda insonning eshitish faolligi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u so’zlashuv nutqining shakllanishi va rivojlanishidagi bosh omillardan biridir. Shunga ko’ra ham ushbu masala jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida yashab o’tgan olim va pedagoglarning diqqat markazida bo’lib kelgan.Zamonaviy maxsus ta’lim tizimining nazariy asoschisi L.S.Vigotskiy eshitishning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan soqovlik – insoniy nutqning mavjud bo’lmasligini keltirib chiqarsa, o’z navbatida, nutqni egallay olmaslik umumiy madaniy rivojlanishga katta salbiy ta’sir ko’rsatishini alohida qayd etadi
Eshitishida nuqsoni bo’lgan boshlang’ich sinf o’quvchilarini atroflicha o’rgangan R.M.Boskis eshitish analizatori funkstiyasining nisbatan oz buzilishi – shivirlashni idrok etish imkoniyatining chegaralanishi ham bola nutqining me’yorda rivojlanishiga, buning oqibatida mantiqiy tafakkurining shakllanishiga to’sqinlik qilishini ko’rsatib o’tadi .
Eshitish muammosini erta tashxis qilish, ovozni kuchaytirib beruvchi asboblari bilan ta’minlash va jarrohlik yo’li bilan eshitishni qayta tiklash ilk va erta yoshdagi eshitishida muammosi bo’lgan bolalarga pedagogik yordam ko’rsatish masalalarining dolzarbligini asoslab bermoqda. Bu sohada shug’ullangan tadqiqotchilarning har biri nutqning yuzaga kelishi, rivojlanishi va uni o’rgatish muammosiga o’ziga xos munosabat bildirganlariga qaramay, so’zlashuv nutqini shakllantirish va rivojlantirishda tizimli yondashuvning, maxsus tashkil etilgan ishlar tizimining zarurligini birdek ta’kidlaydilar.Zaif eshituvchi bolalarga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish til mohiyatini tushunish ta’limotiga tayanadi. Maxsus maktabda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish ushbu toifa bolalari talaffuz qilish malakalari egallashlarining qonuniyatlari, zaif eshituvchilik psixolingvistik asoslarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Surdopedagogika umumiy pedagogika, psixologiya, psixolingvistika, tilshunoslik, audiologiya ma’lumotlaridan eshitishida muammosi bo’lgan bolalar xususiyatlari, ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda ijodiy foydalanadi. Maktabda bolalar ta’lim-tarbiyasida ularning talaffuz qilish malakalari rivojlantirish masalalariga keng qamrovli yondashish lozim. Maxsus ta’lim muassasasining jamoa a’zolari, xususan, guruh surdopedagogi va tarbiyachisi tomonidan ota-onalar bilan rejali, muntazam ravishda olib boriluvchi hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish zaif eshituvchi bola talaffuz qilish malakalari shakllantirish va rivojlatirish samaradorligiga erishishning muhim omili sanaladi.Korrekstion-kompensator hamda rivojlantiruvchi tavsifga ega bo’lgan maxsus ta’lim tizimidagi differenstial (tabaqalashtirilgan) hamda yakka (individual) tartibdagi yondashuv eshitishida muammosi bo’lgan bolalar talaffuz qilish malakalari rivojlantirish hamda shakllantirish masalalarini hal etishga qaratiladi.Respublikamizda maxsus pedagogika sohasidagi qator yutuqlarga qaramay, eshitishida muammosi bo’lgan bolalar talaffuz qilish malakalari keng qamrovli o’rganish rejasining ishlab chiqilmaganligi ushbu toifadagi bolalarga erta korrekstion yordam ko’rsatishning to’g’ri tashkil etilishiga jiddiy to’siq bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |