Mavzuning dolzarbligi: Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, Milliy surdopedagogikada olib borilgan tadqiqotlarda N.Sh.Bekmurodov , X.M.Gaynutdinov, F.J.Alimxodjaeva, U.Yu.Fayzieva, N.H.Dadaxo’jaeva, F.U.Qodirova eshitishida muammosi bo’lgan o’quvchilar ta’lim-tarbiyasi jarayonini takomillashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko’tarishning yo’l va vositalari asoslab berildi.Tadqiqotlarni o’rganish va ularni tahlil etish natijasida yakka mashg’ulotlarda eshitishda nuqsoni bo’lgan boshlang’ich sinf o’quvchilari talaffuz malakalarini shakllantirish tizimli yondashishni talab qiladigan o’ta murakkab, ko’p qirrali ijtimoiy-pedagogik muammodir, degan xulosaga keldik. Maxsus maktablar sharoitida yakka mashg’ulotlarda eshitishda nuqsoni bo’lgan boshlang’ich sinf o’quvchilarining talaffuz malakalarini shakllantirishning samarali shakl va usullarini izlab topish, yaratish hozirda dolzarbligi bilan muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |