О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


 MENEJMENTNI BAHOLASH KО‘RSATKICHLARI VA



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

2. MENEJMENTNI BAHOLASH KО‘RSATKICHLARI VA 
KRITERIYASI 
Menejment  qarorlarini  qabul  qilish  uchun  firma  xо‘jalik  faoliyati 
kо‘rsatkichlarini  tahlil  qilishi  juda  muhimdir.  Ularni  uchta  asosiy 
guruhlarga  bо‘lish  mumkin:  baholovchi  kо‘rsatkichlar,  ishlab  chiqarish 
xarajatlari kо‘rsatkichlari, nisbiy kо‘rsatkichlar. 
Baholovchi  kо‘rsatkichlar. 
Ulardan  eng  muhimlari:  oborot  (tovar 
oboroti  yoki  sotishlar  hajmi);  yalpi  foyda;  shartli-sof  foyda;  shartli-sof 
mahsulot; qarzlar va kreditlar bо‘yicha foizlar tо‘langandan keyingi foyda; 
soliqlar  tо‘langandan  keyingi  foyda;  yangi  kapital  kiritmalar  kiritilishi 
amalga  oshirilgandan  keyingi  likvidlik;  dividendlar  tо‘langandan  keyingi 
likvidlik.  Ularning  barchasi  firma  ichidagi  boshqaruvda  ishlab  chiqarish, 
korporatsiyaning  moliyaviy  holatini  nazorat  qilish  va  qarorlarni  ishlab 
chiqish  va  qabul  qilish  uchun  bir  xilda  muhimdir.  Bu  kо‘rsatkichlar 
asosida  rahbariyat  shunday  axboratlarni  oladiki,  ular  xuddi  firma  holatini 
yaxshi  tomonga  о‘zgartirishi  mumkin  bо‘lgan  qarorlarni  ishlab  chiqish 
uchun  asos  bо‘ladilar.  Ulardan  ba’zi  birlari  mehnatni  rag‘batlantirish 
tizimini ishlab chiqishda ham muhim rol о‘ynaydilar. 
Firmaning  oboroti  sotishlarning  umumiy  hajmi,  ya’ni  iste’mol- 
chilarga  sotilgan  tovarlar  va  xizmatlarning  qiymati  kabi  belgilanadi.  Uni 
о‘zgarishida  uni  hisoblab  chiqiladigan  davr  muhimdir,  bu  kо‘rsatkichga 
inflyatsion  jarayonlar  kuchli  ta’sir  kо‘rsatishlari  mumkin.  Shuning  uchun 
uni  о‘zgarmaydigan  narxlarda  о‘lchash  yaxshiroqdir.  Oborotning  hajmi 
kororporatsiyalarning  sotish  bо‘linmalarida  mehnatni  meyorlashtirishva 
rag‘batlantirish uchun asos sifatida bо‘ladi. 
Agar  kompaniya  oboroti  miqdoridan  xarid  qiligan  xom  ashyo, 
materiallar,  yarimfabrikatlar,  boshqa  xarajatlar  chiqarib  tashlansa,  unda 
yalpi  foydani 
–  boshqaruvdagi,  ayniqsa  qisqa  muddatlidagi  eng  keng 
tarqalgan kо‘rsatkichlardan birini olamiz. 
Agar  yalpi  foydadan  ustama  xarajatlar  va  amortizatsion  ajratmalar 
summasi  chiqarib  tashlansa 
shartli-sof  foyda
,  kreditlar  uchun  foizlar  va 
soliqlar  tо‘langunga  qadar  foydani  olamiz.  Bu  kо‘rsatkich  ishchi  – 
xizmatchilar  uchun  mukofot  jamg‘armasini  belgilash  uchun  asos  bо‘ladi. 
Amekrika  va  G‘arbiy  Yevropa  kompaniyalarida  yuqori  menejerlarga 
mukofotlar miqdori ham shartli-sof foyda miqdoriga kо‘ra belgilanadi. 
Shartli-sof  foyda  miqdoriga  ishchi  va  xizmatchilar  ish  haqiga 
xarajatlarni  qо‘shib 
shartli-sof  mahsulotlarni 
olamiz.  (Shartli-sof 
mahsulotlarning miqdorini yana sotilgan mahsulotlarning qiymati (oborot) 
va uni ishlab chiqarishga sarflangan resurslar – xarid qilingan materiallar, 


277
 
 
xizmatlar, subpudratchilarga tо‘lovlar, amortizatsion ajratmalar о‘rtasidagi 
farq  sifatida  ham  belgilash  mumkin).  Shartli-sof  mahsulotni  о‘sishi  – 
inflyatsiyaning  sur’atlari  va  kо‘lamlaridan  qat’iy  nazar  muvaffaqiyatli 
ishlashning kо‘rsatkichidir. Uni qо‘llashning eng tо‘g‘ri keluvchi sohasi – 
tadbiq  etuvchi  biznesdir.  Bu  kо‘rsatkich  yana  ishlab  chiqarish 
xarajatlarining  barqaror  tuzilmasiga  ega  sohalar  va  kompaniyadlardagi 
boshqaruv nazoratining samarali quroli bо‘lib ham xizmat qiladi. Ammo u 
kuchli  tabaqalashtirilgan  ishlab  chiqarishga  ega  kompaniyalar  uchun 
kamroq  tо‘g‘ri  keladi.  Ayniqsa,  ishchi  kuchining  soni,  mehnat 
sarflanishlari  va  ish  haqiga  xarajatlarni  meyorlashtirish  va  nazorat  qilish 
qiyin  bо‘lgan joyda  ish  haqi  jamg‘armasini  bergilash  uchun  asos  sifatida 
keng  foydalaniladi.  Ishchi  va  xizmatchilarni  ishlab  chiqarishning 
samaradorligini  oshishidan  olingan  kompaniya  foydasini  taqsimlashda 
ishtirok  etishlarining  har  xil  tizimlarida  qо‘llaniladi.  Agar  shartli-sof 
foydadan kredit uchun foizlar chiqarib tashlansa, unda 
soliqqa tortilgunga 
qadar foyda 
olinadi. 
Ishlab chiqarishni joriy rejalashtirish va boshqarish zaruriyatlari uchun 
kerakli  kо‘rsatkichlar  bilan  bir  qatorda  strategik  boshqarish  uchun  ham 
kо‘rsatkichlar  mavjud:  firma  tomonidan  nazorat  qilinadigan  sotish 
bozorining ulushi;  mahsulot  sifati  kо‘rsatkichlari;  iste’molchilarga  xizmat 
kо‘rsatish  darajasi  kо‘rsatkichlari;  ishchi  kuchini  tayyorlash  va  qayta 
tayyorlash  kо‘rsatkichlari.  Ularning  barchasi  firma  tomonidan  olinadigan 
foyda miqdori bilan u yoki bu darajada bog‘langan. 
Ishlab  chiqarish  xarajatlari  kо‘rsatkichlari
:  mehnatga  haq  tо‘lash, 
amortizatsiya, moddiy-energetik ta’minot va boshqalarga xarajatlar. 
Nisbiy  xarajatlar. 
Bu  kо‘rsatkichlar  ihlab  chiqarish  resurslaridan 
foydalanishning samaradorligini ta’riflovchi har xil koeffitsetlardan iborat 
bо‘ladilar.  Ularning  asosiy  belgilanishi  –  sohalararo  (firma  investitsion 
siyosatining  strategiyasini  tanlashda)  va  firma  ichidagi  (korxona  yoki 
kompaniya  raqobatbardoshligini  baholashda)  solishtirishlar  uchun  asos 
bо‘lib  xizmat  qiladi.  Bunday  turdagi  asosiy  kо‘rsatkich  –  kiritilgan 
sarmoyaga  qaytarilish  indeksidir  (olingan  foydadir).  Sohaviy  о‘ziga 
xoslikka kо‘ra har xil korxonalar ushbu kо‘rsatkichning har xil darajasiga 
ega  bо‘ladilar.  Shuning  uchun  ushbu  kо‘rsatkich  asosida  boshqaruvning 
sifati  va  boshqaruv  mehnatining  samaradorligini  solishtirish  faqat 
taxminan  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  bir  turdagi  tuzilishi  va 
sarmoyalarning qurilishiga ega sohalar va korxonalar uchun asoslangandir. 


278
 
 
Boshqa nisbiy kо‘rsatkichlar orasidan ikkita guruhni ajratish mumkin: 
ishlab 
chiqarishning 
samaradorligi 
va 
xarajatlarning 
tuzilishi 
kо‘rsatkichlarini. 
Birinchisiga  korxona  oborotidagi  yalpi  yoki  shartli-sof  foydaning 
ulushi,  firma  oborotidagi  shartli-sof  mahsulot  va  shartli-sof  mahsulot 
hajmning ish haqi xarajatlariga nisbati kiradi. 
Birinchi  guruhda  sanab  о‘tilganlardan  tashqari  yana  bugun  biznesda 
keng  qо‘llaniladigan  mehnat  unumdorligi,  sarmoyalar,  energiyaning 
kо‘pgina kо‘rsatkichlar ham kiradi. 
Kо‘rsatkichlarning  ikkinchi  guruhiga  firma  oborotdagi  avansga 
berilgan sarmoya yoki shartli-sof mahsulotning ulushi, asosiy sarmoyaning 
sotishlar  hajmidagi  ulushi,  zaxiralarnig  iste’mol  qilingan  materiallar  va 
yarim fabrikatlarning umumiy qiymatidagi ulushlari  kiradi. 
Hozirgi  sharoitlarda  sanoat  firmalarida  ishlab  chiqarish  samarador  – 
ligining  darajasi  va  dinamikasini  belgilashda  yig‘ma  omilli  unumdorlik 
indeksini  hisoblab  chiqish  g‘oyatda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ishlab 
chiqarish  samaradorligining  bu  umumlashtiruvchi  kо‘rsatkichi  –  firma 
raqobatbardoshligining  uzoq  muddatli  rejasidagi  eng  aniq  mezondir.  Bu 
kо‘rsatkichni hisoblab chiqish metodikasi quyidagicha: firmaning bir yillik 
shartli-sof  mahsulotining  hajmi  uni  ishlab  chiqarish  uchun  foydalanilgan 
jonli va о‘tgan mehnatning yig‘ma xarajatlari bilan tenglashtiriladi. 
YOU = SHCM 
bu yerda IH+A+M= YOU – yig‘ma omilli unumdorlikning indeksi;  
SHSM – shartli-sof mahsulotning hajmi; 
IH – ishchilar va xizmatchilarning ish haqi jamg‘armasi; 
A  –  joriy  yildagi  amortizatson  ajratmalarning  uskuna    xarid  qilingan 
yildagi о‘zgarmas narxlardagi summasi; 
M  –  chetdan  xarid  qilingan  xom  ashyo,  materiallar  va  xizmatlarning 
qiymati. 
Yig‘ma  omilli  unumdorlik  indeksining  dinamikasi  va  ushbu 
kо‘rsatkich  darajasi  bо‘yicha  korxonalarni  firmalararo  solishtirilishi 
kompaniya rahbariyatiga firmaning raqobatbardoshligi haqida fikr yuritish, 
barcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, resurslarning har 
xil turlarining о‘zaro almashuvini hisobga olish bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri va 
vositali  xarajatlardan  foydalanishning  samaradorligini  baholash  imkonini 
beradi. Agar ish haqiga xarajatlarni о‘sishi moddiy va energetik resurslarni 
katta  kо‘lamlardagi  tejalishiga  burilsa,  indaks  kо‘payadi.  Shunday  qilib, 
rahbariyat  resurslarning  ayrim  turlarini  firma  ishining  yakuniy  natijalari 


279
 
 
bilan  aloqasiz  qaytarilishini  emas,  balki  ishlab  chiqarish  samaradorligini 
umumiy о‘sishini nazorat qilish imkoniyatini oladi. 
Xо‘jalik faoliyati kо‘rsatkichlari boshqaruvning har xil bosqichlaarida 
farqlanishlari  mumkin.  Maqsadlar,  davr,  tashkilotning  turini  belgilash 
uchun  har  xil  kо‘rsatkichlardan  foydalaniladi.  Universal  kо‘rsatkichlar 
mavjud emas. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish