О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


Menejmentni  tashkil  etish  unumdorligi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Menejmentni  tashkil  etish  unumdorligi. 
Unumdorlikni  oshirishda  
menejmentni    tо‘g  ‘ri    tashkil    etish  muhim    ahamiyatga    ega.    Tashkil  
etish    jarayoni    rahbariyat    mehnat  resurslari,    materiallar,    texnologiya,  
axborot  va  kishilarni qо‘yilgan maqsadga  erishish  uchun  birlashtiruvchi  
vositadir. Menejmentni samarali  tashkil  etish  natijasida  (ya’ni,  tashkiliy  
jarayonlar    sozlanganligi)    resurslardan    maqbul  foydalanish,  ijrochilar 
majburiyatini 
taqsimlashda 
tushunmovchilik 
natijasida 
mehnat 
unumdorligi  pasayishini    kamaytirish,    bо‘linmalarning    о‘zaro    ta’siri  
buzilishiga  chek    qо‘yishni    ta’minlaydi.    Tо‘g‘ri    yо‘lga    qо‘yilgan  
tashkiliy  jarayonlar  mehnat  unumdorligi  ortishiga  imkon  beradi. 
Unumdorlik    boshqaruvning    menejment    texnologiyasi,    menejment 
ishini loyihalashtirish va menejment tashkiliy tizimi kabi  unsurlari  bilan  
uzviy  bog‘liqdir.  Menejmentning  samarali  texnologiyasi  mehnat  
unumdorligiga    eng    kо‘p    ta’sir    kо‘rsatuvchi    omildir.    Hozirgi    paytda  
avtomatlashgan 
zavodlar, 
robot 
texnikasi, 
loyihalashtirishning  
avtomatlashgan    tizimini    qо‘llovchi    amerikalik    va    yaponiyalik  ishlab 
chiqaruvchilar  bozorning  katta  qismini  egallab  olmoqdalar,    chunki    ular  
yuqori    sifatli    mahsulotni    raqobatdoshlariga    nisbatan    arzon  narxda  
sotadilar. 
Idora    ishiga    kompyuter    texnologiyasini    joriy    qilish    mehnat 
unumdorligi  ortishida  boshqa  omillarga  nisbatan  kо‘proq  ahamiyatga  
ega.    Lekin,    ilg‘or    texnologiya    har    doim    ham    mehnat  unumdorligi  
ortishiga 
olib 
kelmaydi. 
Bunday 
texnologiyaning 
afzalliklari  
ishlovchilarning    unga    nisbatan    salbiy    munosabati    tufayli  namoyon  
bо‘lmasligi    mumkin.    Texnologiya,    darhaqiqat,    unumdorlik    ortishiga  
olib    kelishi    uchun    rahbariyat    texnologiya    talablari    uni    qо‘llovchi  
kishilar manfaatlariga  tо‘g‘ri  kelishini  ta’minlashi kerak. 
Menejmentning    tashkiliy    tarkibi    rahbariyat    va    barcha    darajada 
unga    bо‘ysunuvchi    hamda    korxonaning    asosiy    tarkibiy    bо‘linmalari 
о‘rtasidagi    о‘zaro    munosabatni    belgilaydi.    Tarkib    unumdorlikka 
ma’muriy-boshqaruv  soniga  bо‘lgan  nisbat  orqali  bevosita  ta’sir etadi.  
Agar  korxona  о‘z  faoliyatiga  salbiy  ta’sir  kо‘rsatmay  boshqaruvchilar  
sonini  qisqartirsa,  unumdorlik  yuqori  bо‘ladi.   


281
 
 
Tashkilot tarkibi  uncha  yaqqol  namoyon  bо‘lmaydigan  yо‘l  bilan  
ham    unumdorlikka    ta’sir    qiladi.    Masalan,    mutaxassis    va    olimlar  
yuqoridan  qat’iy    berilgan    buyruqqa    salbiy    munosabatda    bо‘ladilar.  
Bunda    ular  о‘z    mehnati    natijasidan    qoniqmaydilar    va    ular    mehnati  
uncha    unumli  bо‘lmaydi.    Ijodiy    yondoshuvni    talab    etuvchi    tarkibga  
ega    tashkilotlar    raqobat    kurashida    kengroq    imkoniyatlarga    ega  
bо‘ladilar.  Jahon bozoriga  о‘z  vaqtida  moslashish,  masalan,  zamonaviy  
kompyuter bilan  ish  olib  borish  bu  daromadlarni  keskin  kо‘paytirish  
va    unumdorlikni    oshirish    demakdir.    Kichik    korxona    ba’zan    yirik  
korxonaga  nisbatan    samaraliroq    bо‘ladi.    Korxona    samarali    ishlashi  
uchun  biror  vazifani  bajarish  aniq  kishi  yoki  bо‘linmaga  topshirilishi  
va  unga    mos    vakolatlar    berilishi    lozimligi    tajribadan    ma’lum.  
Unumdorlikka    javob    beruvchi    biror    shaxs    yoki    guruhga    berilgan  
vakolat doirasiga  mablag‘larni  sarf  qilish  huquqi  ham  kirishi  kerak. 
Unumdorlik    kо‘rsatkichi    bо‘yicha    menejment    -    bu    samarali 
boshqaruv  deganidir.  Barqaror  yuqori  unumdorlikni  ta’minlash barcha  
menejment  vazifalari  va  biriktiruvchi  jarayon  -  kommunikatsiya, qaror  
qabul  qilish  va  peshqadamlikni  ta’minlashga  taalluqlidir. 
Korxonaga    о‘zaro    bir-biriga    bog‘liq    unsurlardan    iborat    tizim 
nuqtai  nazaridan  qarash  zarur.  Tashkilot  unsurlari  hamda  tashkilotning 
tashqi  muhit  bilan  bir-biriga  juda  bog‘liqligi  tufayli  muammolar oson  
va    tez    hal    etiladi.    Boshqa    tashkiliy    muammolar    kabi    kelajakda  
unumdorlikni    oshirish    muammosi    ham    majmuiy    yondoshuvni  talab  
qiladi.    Unumdorlikka    ham    tashqi    muhitning,    ham    tizim  о‘zgarish  
jarayonining  turli  omillari  tasir  etadi.  Bu  omillar  birbiriga  ta’sir  etishi  
sababli,    unumdorlikni    oshirishning    о‘zgarmas  (yagona)    yо‘li    mavjud  
bо‘lmaydi.    U  num  dorlikni    oshirishga  qaratilgan    kо‘plab    urinishlar  
korxonalar    rahbarlari    о‘z    harakatlari  natijasini    kо‘ra    bilmaganliklari  
sababli    muvaffaqiyasizlikka    uchraydi.    О‘z    korxonasi    unumdorligiga  
baho  berishda  eng  kо‘p  yо‘l qо‘yiladigan  xato  sifatga  e’tibor  bermay  
faqat  ishlab  chiqarish  hajmi  kо‘rsatmalarini  hisobga  olishdir. 
Sо‘nggi    yillarda    muvaffaqiyatli    faoliyat    yuritayotgan    korxonalar 
tajribasi  sifat  xarajatlar  majmuining  muhim  unsuri ekanligini  namoyon 
qilmoqda.    Yuqori    sifat    sotish    mumkin  bо‘lgan  mahsulot  hajmining 
ortishi, xaridorlar tomonidan  qaytariladigan mahsulot miqdori va kafolatli 
ta’mirlash  hajmining  qisqarishi  hisobiga  xarajatlar    kamayishiga  olib 
keladi. Natijada kompaniya о‘z raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini  
kengaytirishga    sarflash    uchun    qо‘yimcha    mablag‘ga  ega    bо‘ladi.  


282
 
 
Yuqori    sifat    sotuv    hajmini    oshiradi,    ishlab    chiqarish  kо‘lamini  
kengaytirishga,  foydani  kо‘pavtirishga  imkon  yaratadi. 
Butlovchi  qismlarning  sifatli  bо‘lmasligi  butun   mahsulot  sifatiga 
ta’sir  kо‘rsatadi.  Korxonalar о‘zaro  bog‘liq  bо‘lgani  sababli  biror bir 
asosiy  mahsulotning sifatsiz bо‘lishi kо‘pchilik  tarmoqlarda unumdorlik 
pasayishiga  olib  keladi.  Davlat  apparatidagi  past  unumdorlik  soliqlarning 
katta  bо‘lishiga,  natijada  iqsodiyot    samaradorligini  oshirishga  sarf 
qilinishi  mumkin  bо‘lgan  mablag‘larning  qisqarishiga  olib  keladi. 
Atrof-muhit  ifloslanishi  darajasini  kamaytirish,  ish  joyi  sanitariya 
xolatini    yaxshilash    va    korxona    ishchilari    sog‘lig‘ini    himoya    qilish 
uchun  korxonalar   qimmat  uskunalar  (masalan,  tutun  tutgichlar) sotib  
olishlari  kerak,  bu  esa  xarajatlar  kо‘payishiga  olib  keladi. Istiqbolda  
atrof-muhitni    yaxshilash    va    mehnatni    muhofoza    qilish  ish    vaqtini  
taqsimlashga  va  natijada  mehnat  unumdorligi  ortishiga olib  keladi. 
Mehnat  unumdorligiga  ta’sir  etuvchi  muhim  omil  -  korxonaning 
menejment    ilmiga    ega    bо‘lishidir.    Korxona    unumli    ishlashi    uchun 
menejment  tizimini  takomillashtirish  zarur.  О‘sib  borayotgan  raqobat  
sharoitida    rahbariyat    nega    maqbul    bо‘lgan    qarorlar    bugungi  kunga  
tо‘g‘ri  kelmasligini  bilishi  lozim 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish