О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Menejment mehnati matritsasi 
Mehnat subyekti 
Maqsadi   
Mehnat predmeti 
Mehnat vositalari 
Turli xil aqliy 
mehnat-ning 
vakillari 
strategik, taktik, 
operativ 
axborot 
 
normativ hujjatlar 
 
Fikrlar va maqsadlar 
ishlab chiqaruvchisi 
Oraliq va yakuniy 
Xatti-harakatlar 
 
Inson, tashkilot 
(maqsad va vosita) 
Boshqaruv  
subyektining 
ijtimoiy-madaniy 
salohiyati 
shaxsiy, jamoaviy, 
guruhlar, jamoat 
aloqalar, boshqaruv 
tizimidagi о‘zaro 
munosabatlar va  
tashqi muhit 
tashkilot 
nazorat vositalari 
tashqi kо‘rinishi 
Kasbiylik 
Psixologik salohiyat 
Tashkiliy qobiliyat 
etakchilik 
Fazilatlariga ega 
bо‘lish 
Psixogiyaning 
kasbiy faoliyat 
talablariga 
muvofiqligi darajasi  
Boshqaruv 
subyektining о‘z-
о‘zini anglashi 
Hatti-harakatni 
boshqarishni 
tuzatish 
kerakli xilma-xillik 
va tezkorlik 
qonuniga rioya 
qilish 
Kaspiylik belgilari 
Tizimli, segmentli 
(hayotiy faoliyat 
sohalari bо‘yicha) 
Maqsadlarning 
salohiyatini tashkil 
etish 
Maqsadlarni 
rivojlantirish 
qonunlari 
Maqsad yо‘lida 
zarur bо‘lgan shart-
sharoit-larni 
oldindan bilish 
Tizim xodim-
larining maqsadli 
yо‘nalishlari 
maqsad dasturlari, 
maqsadlar bо‘yicha 
boshqarish, natijalar 
ehtiyoj va 
maqsadlarni oshirish 
qonunilarga rioya 
qilish 
Boshqaruv tizimi 
xodimlarining yashash 
sharoitlari 
Menejerlar mehnati 
bilan yaratilgan 
predmet va 
mahsulotlar 
(natijalar,qadriyatlar) 
Menejment 
mehnatining sifati va 
odamlarning hayot 
sifati 
Muvofiqlik 
qonunlariga rioya 
qilish 
boshqaruv darajasini 
maqsadli, axborot va 
ijtimoiy 
uyg‘unlashtirish 
Zо‘ravonliksiz ta’sir 
vositalari 
Sо‘z, nutq 
Ommaviy axborot 
vositalari 
Axborot-tahliliy va 
tashkiliy texnika 
an’analar, axloqiy 
Meyorlar 
Maxsus 
Muvofiqlik 
qonuniga rioya 
qilish 


264
 
 
 
Boshqaruv  tizimida  boshqaruv  xokiyat(kuch)i  munosabatlari

Menejment  jarayonlarida  rahbarlarning  boshqaruv  vakolatlariga  ega 
bо‘lmasdan  boshqarishlari  mumkin  emas.  Darhaqiqat,  turli  maqsadlar, 
ehtiyojlar  va  manfaatlarga  ega  bо‘lgan  odamlarning  harakatlarini  qanday 
muvofiqlashtirish  mumkin?  Tashkilot  uchun  zarur  bо‘lgan  xatti-harakatni 
qanday  nazorat  qilish  mumkin,  oddiy  xodimlar  tomonidan  tashkilot 
maqsadiga  erishish  yо‘llarini    har  doim  ham  tо‘liq  tushunavermaydi  va 
tо‘g‘ri  qabul  qilinmaydi?  Bunda  faqat  boshqaruv  xokimiyatining 
boshqaruv vakolatlarini yoki munosabatlarini ishlatish lozim bо‘ladi. 
Biroq,  tomonlar  munosabatlarini  о‘rganish,  birinchi  navbatda, 
xokimyatning  mohiyatini  turli  xil  talqin  qilish  bilan  bog‘liq  bо‘lgan 
muhim qiyinchiliklar bilan bog‘liq bо‘ladi. 
Hokimiyatning  mohiyatini  aniqlash  uchun  uchta  asosiy  yondoshuv 
haqida gapirish mumkin: 
1) 
hokimiyatni 
shaxsning 
ichki 
tuzilishining 
о‘ziga  xos 
xususiyatlariga  bog‘liq  bо‘lgan  ajralmas,  immanent
93
  shaxsiy  xususiyat 
sifatida tan olish. 
Hokimiyat 
munosabatlarini 
shakllantirish 
va 
rivojlantirish 
muammolaiga  nazariy  va  amaliy  (psixoanaliz  nuqtai-nazaridan)  jihatdan 
psixologik  yondoshuvlarni  keng  yо‘lga  qо‘yish  lozim,  ammo  hozirgi 
vaqtda  uni  amalga  oshirish  texnologiyalarining  etishmasligi  tufayli  uni 
boshqarish amaliyotida qо‘llash juda sekin bormoqda. 
2)  hokimiyatni  shaxslararo  munosabatlarning  о‘ziga  xos  turi  sifatida 
talqin qilish. 
Inson  munosabatlarining  о‘ziga  xos  turi  sifatida  hokimiyatni 
tushunish,  birgalikdagi  faoliyatni  tashkil  qilish  (masalan,  rahbar-ishchi 
xodim)  uchun  qaror  qabul  qilish  va  о‘zaro  ta’sirsiz  tashkilot  uchun 
mazmunli harakatlar qilinishi kerak. 
 Ushbu  g‘oya  doirasida  eng  keng  tarqalgan  M.  Veber
94
  tomonidan 
berilgan  hokimiyatning  klassik  ta’rifi  mavjud.  Ushbu  ta’rifga  kо‘ra, 
"hokimiyat-bu  imkoniyat  qanday  ifoda  etilishidan  qat’i  nazar,  qarshilik 
kо‘rsatishga  qaramasdan,  subyekt  tomonidan  ijtimoiy  munosabatlarni 
ixtiyoriy ravishda о‘zgartirishi mumkin». 
Ushbu  M.  Veber  tomonidan  berilgan  hokimiyatning  klassik  ta’rifi 
keng  tarqalgan  bо‘lsa-da,    unda  ayrim  zaifliklar  mavjud.  Birinchidan, 
                                                           
93
 Immanentlik (lotin. immanens,  immanentis -"ichkarida qolish") — tashqi jihatdan qarama-qarshi bo'lgan ichki 
aloqani anglatuvchi falsafiy kategoriya. Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/
 Иммане
́нтность 
 
94
 
Афанасьев В. Я., Глазунова Н. И. 
Система государственного управления М : ГУУ. 2000
, стр.136 


265
 
 
hokimiyat  munosabatlari  kelishuv  munosabatlari  bо‘lishi  mumkinligi 
butunlay  e’tibordan  chetda.  Hokimiyat  jamoaviy  maqsadlarga  erishish 
nuqtai  nazaridan  va  ayrim  hollarda  xususiy  manfaatlarni  qondirish  uchun 
kо‘rib chiqilishi mumkin deb taxmin qilish mumkin. 
Ikkinchidan,  ushbu  yondoshuv  bilan  ijtimoiy  tuzilmalarning 
hokimiyat  munosabatlariga,  meyorlar,  ijtimoiy  rollar  va  boshqa  kо‘plab 
omillar tizimi sifatida qaraladigan madaniyatning ta’siri butunlay kо‘zdan 
g‘oyib  bо‘ladi,  bu  holda  hokimiyat  munosabatlarini  о‘rganish  mumkin 
bо‘lmay qoladi. 
3)  hokimiyat  faqat  ijtimoiy  tizimning  mulki  sifatida  tan  olinadi, 
ijtimoiy  tizim  shaklida  taqdim  etilgan  tashkilot  tuzilmasining  zarur 
xususiyati hisoblanadi. 
Tashkilot  rahbarlari  tomonidan  ta’sir  о‘tkazish  uchun  differensial 
yondoshuv  muqarrar  ravishda  turli  vaziyatlarda  hokimiyatni  eng  samarali 
qо‘llash  uchun  qanday  resurslardan  foydalanish  mumkinligi  haqidagi 
muammoga olib keladi. 
Tashkilot 
rahbarlari 
tomonidan 
rahbarlikda 
differentsial 
yondoshuvdan  foydalanish  doimo  turli  vaziyatlarda  rahbarlikni  eng 
samarali usullaridan biri bо‘lib,  bu usul qо‘llanganda qanday resurslardan 
optimal  foydalanish  mumkinligi  haqidagi  savollarga  yechim  topilgan.  Bu 
savolga  javob  berish  uchun  JK.    French  va  B.  Raven  hozirda  klassik  deb 
hisoblanadigan  resurslarni  optimal  qо‘llash  usullari  sxemasini  taklif 
qildilar
95
.  Ular  rahbarlik  asoslari  deb  ataladigan  quyidagi  8  usullarni 
aniqladilar: 
1) Majburlash  kuchi. Buning ta’siri rahbarning uni  jazolashi  mumkin 
bо‘lgan darajada hokimiyatning quyi qо‘llanish talablari bilan belgilanadi. 
Tashkilotlarda  bunday  kuch  ishlatish  rahbarlar  о‘rtasida  kelishuvga 
о‘xshaydi. 
2)  Aloqalar  kuchi.  Menejerning  kuchini  ta’sir  etuvchi  yoki  yirik 
hokimiyat  resurslariga  ega  bо‘lgan  shaxs  bilan  bog‘lashga  asoslangan 
bо‘lishi ta’minlaydi. 
3)  Ekspertning  kuchi.  Rahbarga  bо‘ysunuvchining  xatti-harakatini 
tо‘g‘ri  yо‘nalishda  о‘zgartirishga  imkon  beradigan  kuch  manbai  uning 
bilimlari,  kо‘nikmalari,  sezgi  va  qobiliyatlari  tо‘plamidir.  Bunday  holda, 
menejer  ba’zi  professional  sohada  ekspertlarga  о‘xshaydi.  Bu  holatda 
hokimiyat  muayyan  vaziyatlarda  rahbarning  vakolat  doirasi  bilan 
cheklangan. 
                                                           
95
 А. М. Лялина Теория менеджмента: Учебник для вузов. Стандарт 3-го поколения. — СПб.: Питер, 2009. 
— 104 с.: ил. — (Серия «Учебник для вузов»).
  


266
 
 
4)  Referent
96
  (ma’lumot)  kuchi.    Bu  kuch  boshqalarning 
hayratlantiradigan  insoniy  fazilatlariga  asoslangan.  Ma’lumot  kuchi  - 
jozibador  odamlarning  fazilatlarini  baham  kо‘rish  va  ularga  о‘xshash 
bо‘lish  itsagi  natijasidir.  Bu  odatda  taqlid  va  kо‘p  jihatdan  xarakter 
tushunchasi  kabi  namoyon  bо‘ladi.  Malumot  kuchi  kо‘pincha  siyosiy 
rahbarlar,  kino  yulduzlari  va  taniqli  sportchilar  kabi  taniqli  shaxslar  bilan 
bog‘liq  bо‘lsa-da,  u  tashkilotning  menejerlari  va  boshqa  shaxslari  bilan 
shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlari tufayli yuzaga chi?adi. 
5)  Normativ  kuch.  Bunday  holda,  normalarga  va  rasmiylashtirilgan 
qoidalarga  asoslangan  hokimiyat  rahbarlar  uchun  eng  afzaldir  chunki  u 
normativ  talablarni  bajarilishini  nazorat  qilishga  qaratilgan  qо‘shimcha 
boshqaruv  resurslarini  talab  qilmaydi.  Bundan  tashqari,  bunday  meyorlar 
juda uzoq vaqt davomida ishlaydi. Hokimiyat subyektining muayyan xatti-
harakatlar  qoidalariga  rioya  qilishni  nazorat  qilish  huquqiga  ega  va  agar 
kerak bо‘lsa, ularni talab qilish huquqiga ega bо‘ladi. 
6) Axborot kuchi.  Bu holatda hokimiyatning kuchi boshqaruv obyekti 
uchun  juda  qimmatli  bо‘lgan  ma’lumotlarga  ega  bо‘lishga  asoslanadi. 
Ayni  paytda,  hokimiyat  manbai  sifatida  axborot  tashkilotlar  faoliyatida 
ham  shaxslararo  muloqot  sohasida,  ham  tashkilotlar,  shuningdek, 
tashkilotlar va jamiyatning ijtimoiy insitutlari о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik 
sohasida tobora kuchayib bormoqda. 
7)  Mukofot  kuchi.  Hokimiyatning  ushbu  kuchdan  foydalanganda, 
rahbar ?о‘l ostidagilarning har qanday talabini qondirish uchun resurslarga 
ega bо‘lishi kerak va u bu talabga ta’sir kuchini biladi. 
8)  Boshqaruv  jarayonlariga  bо‘ysunuvchilarni  jalb  qilish  kuchi. 
Bunday  holda,  rahbar  tashkilot  yoki  uning  bо‘linmalari  maqsadlarini 
shakllantirishda  ishtirok  etishni  taklif  qilib,  keyin  uni  bitta  "jamoada" 
bо‘lishlikni taklif qiladi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish