О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


 STRESS HOLATINI BOSHQARISH. STRESS SABABLARI



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
3. STRESS HOLATINI BOSHQARISH. STRESS SABABLARI 
 
Stress  -  bu  oddiy  va  kо‘p  uchrovchi  holat.  Qattiq  bezovta  bо‘lish, 
hayajon va uyqusizliqdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning 
ziyoni bо‘lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim: 

 
yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan 
va 

 
haddan  tashqari  asabiylashganlik  darajasini 
bilmog‘i  lozim.  Nol 
holatdagi asabiylashish bо‘lishi mumkin emas. YA’ni asabiylashmaydigan 
kishi mutlaqo yо‘q. Tanida joni bor har qanday kishi u yoki bu darajadagi 
asabiylik  holatiga  tushadi.  Ammo:  Haddan  tashqari  asabiylashishdan 
qochish kerak. Uning oqibati kutilmagan nohushlikka olib keladi. 
Stressga  duchor  bо‘lmaslik  uchun  hayrli  ishlarni,  masalan,  mahalla, 
qarindosh-urug‘,  ishda  ijodiy  ishlarni  kо‘proq  qilish  kerak.  Sabr-qanoatli 
bо‘lish,  har  qanday  mushkul  vaziyatga  tayyor  bо‘lish,  о‘zini  chalg‘itish 
lozim.  Mashaqqatli  mehnatni  yaxshi  dam  bilan  birga  olib  borish,  hech 
bо‘lmasa  bir  oz  orom  olish,  tinchlanish  kerak.  Ishda  hushfe’l,  tavozelik 
bо‘lish, о‘zaro hurmat va hushmuomalali inson bо‘lish kerak. 
Stress kо‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:  
1. Konstruktiv - biz turidagi (kо‘pchilik orasida); 
2.  Destruktiv  -  men  turidagi  (yakka  shaxs  о‘zi  bilan)  kechadigan 


243
 
 
jarayon.  
Stress holatini oddiy tilda aytadigan bо‘lsak, bu insonlarda kechadigan 
tushkunlik  holatidir.  Insonning  aqliy  jihatlari  va  fiziologik  tizimida  stress 
holati  bо‘lmasligi  mumkin  emas.  Bular  kо‘p  hollarda  muloqotlarda  va 
boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi. 
Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud. Fiziologik stress - bu 
о‘ta  jismoniy  zо‘riqish,  biror  og‘riq,  qо‘rquv,  kasalliklar  natijasida 
vujudga keladi. Fiziologik stress organizm о‘ta zо‘riqishi, temperaturaning 
baland  yoki  past  bо‘lishi,  nafas  olishning  qiyinlashishi  bilan  bog‘liq 
bо‘ladi.  Masalan,  ba’zida  odam  organizmida  qattiq  og‘riq  bо‘lganda, 
og‘riq  nimadan  kelib  chiqqanligini  tushunib  yeta  olmaslik  oqibatida 
odamda qо‘rquv, xavotirlanish paydo bо‘ladi va stress holatiga olib keladi. 
Psixologik stress-odamning ruhiy holatiga voqealarni ta’siri tufayli paydo 
bо‘ladigan stress . Psixologik stress informasion stress va emosional stress 
turlariga  ajraladi.  Informasion  stress  axborotlarni  haddan  tashqari  kо‘p 
qabul  qilish  vazifalarni  bajarishda  bir  qancha  yechimlar  bо‘lsa-da,  aniq 
ulardan  qaysi  birini  tanlash  yuqori  darajadagi  shiddat  bilan  qaror  qabul 
qilishdagi  ikkilanishi  natijasida  kelib  chiqishi  mumkin.  Axborotlarni 
haddan  tashqari  kо‘p  qabul  qilish  oqibatida  odam  psixikasi  zо‘riqadi 
(charchaydi)  va  buyrak  usti  bezlaridan  stressli  garmonlar  kо‘p  ishlab 
chiqara  boshlaydi.  Haddan  tashqari  zо‘riqish  natijasida  miyada 
tormozlanish  yuz  beradi  va  oqibatda  tanglikka  olib  kelgan  axborotgina 
miyada  aks  etaveradi.  Miya  boshqa  axborotlarni  tashqi  ta’sirni  qabul  qila 
olmay  qoladi.  Bu  ba’zi  hollarda  salbiy  yomon  oqibatlarga  olib  kelishi 
mumkin.  Miyada  stressga  olib  kelgan  axborot  tormozlanib,  saqlanib 
qolganda  tanglik  holatining  yuqori  nuqtasiga  chiqqanda  tanglik  holatidan 
chiqib  ketolmay  о‘z  joniga  qasd  qilishgacha  olib  kelishi  mumkin. 
Emotsional  stress-ta’qiq  qilish,  falokat,  hayotiy  о‘zgarishlar  (oilaviy 
mojarolar,  tо‘satdan  ishdan  bо‘shatish  yaqin  kishisini  yо‘qotish,  о‘zoq 
muddatli  sevgidan  qutila  olmaslik  sababli,  xavf  ostida  qolganda, 
atrofdagilar  tomonidan  notо‘g‘ri  munosabat  qilinganda  va  hokazolarda) 
kо‘rinadi.  
Olimlar  о‘tkazgan  tadqiqotlar  shuni  kо‘rsatadiki,  falokat,  hayotiy 
о‘zgarishlar, kundalik tashvishlar kо‘proq stresslar hisoblanadi. 
Asabiylik  turli  jismoniy  va  aqliy  ishlar  haddan  oshib  ketishi,  xavfli 
vaziyat  tug‘ilgan  paytlarda,  zarur  choralarni  zudlik  bilan  topishga  majbur 
bо‘lganda  vujudga  keladigan  ruhiy  holatdir.  Bunday  holatga  tushgan 
kishilarga  nisbatan:  “u  asabiylashdi”  deb  aytishadi.  Shu  ma’noda  asabiy 
tushunchasi: 


244
 
 

 
salga  asabiylashaveradigan,  bо‘lar-bо‘lmasga  qizishib,  tutaqib 
ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi; 

 
asablarining  kasalligi  tufayli  yuz  bergan,  asablar  faoliyatining 
buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik; 

 
asablarning qо‘zg‘alishi bilan bog‘liq bо‘lgan holat (janjal,baqiriq-
chaqiriq) 
kabilar ma’nosida talqin qilinadi. 
Kanadalik  buyuk  fiziolog  Gans  Sels  asabiylashishni  odam  yoki 
hayvon  organizmining  har  qanday  ta’sirga  о‘ziga  xos  munosib  javob  deb 
baholaydi. U uch bosqichga bо‘linadi: 
1.
 
Boshlang‘ich  ta’sirchanlik  (emotsional)  tuyg‘usi  (g‘alayon);  a’zosi 
badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi; 
2.
 
Qarshilik kо‘rsatish bosqichi; 
3.
 
Toliqish bosqichi. 
Stressning  sodir  bо‘lishiga  asosan  ikki  yо‘nalishdagi  omillar  sabab 
bо‘ladi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish