О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Resurslarni  taqsimlash. 
Resurslarni  taqsimlash  –  bu  shunday 
ijtimoiy tizim parametridirki, muayyan vaqt(oniy taqsimot) yoki muayyan 
vaqt 
intervali(integrallashgan 
resurslarni 
taqsimlash)da 
korporativ 
munosabatlar  tizimining  har  bir  ishtirokchining  qо‘lga  kiritgan  turli  xil 
resurslar miqdori orqali aniqlanadi. 
Tashkilotdagi har qanday harakati resurslarni taqsimlash bilan bog‘liq. 
Albatta, ayitish lozimki, bu tashkilotning kelajagini belgilaydi - KMI ning 
muayyan guruhlari uchun jozibador bо‘lgan zaruriy choralar kо‘riladi. 
Turli  xalqaro  tashkilotlar  ham  korporativ  boshqaruv  tushunchasiga 
―avtoritet    mavqega  ega  bо‘lgan  о‘z  ta’riflarini  ishlab  chiqishgan.  Jahon 
bankining ta’rifiga kо‘ra,  korporativ  boshqaruv  –  xо‘jalik  jamiyatlariga 
investitsiyalarni jalb qilish va samarali ishlab chiqarish faoliyatini amalga 
oshirishga  imkon  beradigan  qonunchilik  hujjatlari  majmuiga  tegishlidir. 
Aksionerlik  jamiyatlarini  boshqarish  strukturasi  (aksionerlarning  umumiy 
yig‘ilishi,  kuzatuv  kengashi,  ijroiya  organi,  taftish  komissiyasi,  ichki  va 
tashqi  audit)  korporativ  boshqaruv  tizimidagi  elementlaridan  biri 
hisoblanadi. 
Har  qanday  tizim  resurslarning  muayyan  tuzilishiga  ega.  Ijtimoiy 
tizimning  resurs  bazasi  korporativ  aloqalar  ishtirokchilari  tomonidan 
о‘tkaziladigan resurslar bilan shakllantiriladi.
 
Tashkilotning  resurs  bazasi  ijtimoiy  tizimning  maqsadli  funksiyasini 
amalga  oshirish  uchun  korporativ  aloqalar  ishtirokchilari  tomonidan 
о‘tkaziladigan  resurslarni  ifodalaydi.  Ushbu  resurslarning  ba’zilari 
asosiy(ularsiz,  maqsadli  funksiyani  amalga  oshirish  mumkin  emas), 
ba’zilari  yordamchi(ular  maqsadli  funksiyani  yanada  samarali  amalga 
oshirishga  hissa  qо‘shadilar,  ammo  ularsiz  ham  kam  samarali  amalga 
oshirilishi mumkin) hisoblanadi. 
Resurslar  iqtisodiy  faoliyat  davomida  ishlatilishi  darajasiga  qarab 
quyidagi guruhlarga bо‘linadi: 
1.
 
Birja (almashinish) jarayonida sarflangan resurslar; 
2.
 
Iste’mol  qilinmaydigan  resurslar,  ammo  yangilanib  turishni  va 
moslashishni talab qiladi; 
3.
 
Ishlatilmaydigan resurslar. 


197
 
 
Resurslarning  birinchi  guruhi  (sarflangan  resurslar)  –  bu  pul;  xom 
ashyo,  komponentlar  yoki  tovarlar  (savdo  tashkiloti  uchun);  inson 
mehnatidir. 
Ikkinchi guruh resurslariga, masalan: 

 
ushbu tizimda va ushbu sharoitlarda nima qilish kerakligi va qanday 
amalga oshirilishi haqidagi ma’lumotlardir. 

 
ijtimoiy  kapitalning  markasi(brendi),  imidji  va  boshqa  elementlari  -
ularga  ijtimoiy  jarayonlarning  dinamikasi,  raqobatchilarning  harakati  va 
boshqalar kiradi. 

 
bozorni,  mahsulotni,  mijozlarni  о‘rganish  tufayli  bozoridagi 
о‘zgarishlar, 
mijozlar 
ehtiyojlarini 
dinamikasini, 
mahsulot 
takomillashtirish va yangilash yangilab borish. 
Ushbu  resurslarning  guruhlari,  о‘z-о‘zidan,  maqsadli  funktsiyani 
amalga  oshirish  jarayonida  о‘zgarmaydi  (sarflanmaydi),  ammo  ularning 
xususiyatlari  о‘zgarishi  mumkin.  Misol  uchun,  axborotga  doimo  dolzarb 
ma’lumotlarni qо‘shib yangilani borishi kerak. Ijtimoiy kapitalning brendi 
va  boshqa  elementlari  pul  oqimini  yaratish  jarayoniga  ta’sir  qilishi 
mumkin. 
Iste’mol  qilinmaydigan  resurslar  qaralayotgan  tizimda  foydalanish 
jarayonida о‘zgarmaydi. Xususan, tijorat faoliyatida: 
1.  Tashkilot  faoliyatini  tashkil  etish  uchun  foydalaniladigan  binolar, 
qurilishlar va inshootlar; 
2.  Qaror  qabul  qilish  uchun  asos  bо‘lib  xizmat  qiluvchi  asosiy  bilim 
va boshqa ma’lumotlar; 
3.  О‘tkazilgan  tajribalar  haqida  ma’lumotlar  —  bu  о‘tmishning 
о‘zgaruvchanligi  tufayli  о‘zgarmasligi  bilan  xaraterlanadi.  Ma’lumotlar 
turli  xarakterlarga  ega  bо‘lishi  mumkin,  ammo  qanday  bо‘lishidan  qat’iy 
nazar ma’lumotlar о‘zgarmaydi; 
4. Qaror qabul qilishning texnologiyalari, tamoyillari va usullari. 
Resurslarning turlari bо‘yicha tasnifi quyidagi 11-jadvalda keltirilgan.  
Intellektual 
resurslar 
insonning 
mavjud 
axborotlar 
asosida 
tashkilotning  faoliyati  uchun  zarur  bо‘lgan  yangi  shakllanish  qobiliyatini 
belgilaydi.  Shu  bilan  birga,  u  bilan  bog‘liq  tushunchalarni  tо‘g‘ri  va  о‘z 
о‘rnida izohlash lozim bо‘ladi. 
Har  qanday  biznes  rejani  amalga  oshirish  uchun  albatta,  sarmoya  – 
 boshlang‘ich  kapital  bо‘lishi  shart.  Kapitalni  oddiy  tilda  tadbirkorlikka 
tikilgan  ma’lum  miqdordagi  pul  deb  atash  mumkin.  Uning  bahosi  foyda, 
iqtisodiy  manfaatdorlik  bilan  о‘lchanadi,  albatta.  Ammo  yana  shunday 


198
 
 
kapital  turi  borki  uni  hech  narsa  bilan  qiyoslab  bо‘lmaydi.  Bu  ijtimoiy 
kapitaldir. 
11-jadval 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish