О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


Maqsadni shakllantirishda yechimlarning turkumlanishi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
Maqsadni shakllantirishda yechimlarning turkumlanishi 
22
 
Maqsad mezonlari 
Qaror sinflari 
Tuzulish darajasi 
Zaif tuzilgan(dasturlashtirilmagan) 
Yuqori darajada tuzilgan (dasturlashtirilgan) 
Tarkibi  
Iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, texnik, ilmiy 
Maqsadlar soni 
Yagona maqsadli 
Kо‘p maqsadli 
Davomiyligi  
Strategik (uzoq muddatli) 
Taktik (о‘rta muddatli) 
Operativ (qisqa muddatli) 
Qaror 
qabul 
qiluvchi 
shaxs 
Individual 
Jamoaviy  
Maqsadni 
belgilash 
bosqichlari 
Butun  tashkilot,  uning  tarkibiy  bо‘linmalari, 
funksional xizmatchilar, alohida shaxslar 
Ta’sir doirasi 
Bir bosqichli 
Kо‘p bosqichli 
Maqsadni 
belgilash 
yо‘nalishlari 
Ichki, tashqi 
Maqsadlarni  belgilashga  asoslanib,  boshqaruv  qarorlari  quyidagicha 
bо‘lishi lozim: 
-samarali va pragmatik, aniq belgilangan;   
-tashkilot maqsadlariga erishish uchun yо‘naltirilgan;   
-ularni  samarali  amalga  oshirilishi  tashkilotga  ma’lum  bir  foyda  olib 
kelishi kerak. 
Ma’lumki,  boshqaruv  jarayoni  bir  necha  bosqichlarni:  muammo, 
maqsad,  vaziyat,  qaror  bosqichlarini  о‘z  ichiga  oladi.  Boshqarish 
jarayonining  bir  qismi  sifatida  maqsadlarni  belgilash  jarayonida  ham 
ma’lum  bir  texnologiya  asosida  etaplar,  bosqichlar,  operatsiyalar  va 
boshqalar  mavjud.  Bunday  texnologiya  odatda  quyidagi  bosqichlarni  о‘z 
ichiga oladi: 
1. Atrof muhitni tahlil qilish va uning natijalarini tushunish 
2. Tegishli missiya va / yoki strategik maqsadni ishlab chiqish 
3. Maqsadlar tizimini ishlab chiqish jarayoni (maqsadlarni belgilash) 
Maqsad  tizimini  ishlab  chiqish  jarayonining  har  bir  bosqichi 
(maqsadlarni  belgilash)  quyidagi  bosqichlarni  о‘z  ichiga  oladi:  birinchi 
                                                           
22
 А. М. Лялина Теория менеджмента: Учебник для вузов. Стандарт 3-го поколения. — СПб.: Питер, 2009. — 43 
с.: ил. — (Серия «Учебник для вузов»). 
 


60
 
 
bо‘lib,  atrof  muhitdagi  tendensiyalarni  tahlil  qilish  va  aniqlash  (ichki  va 
tashqi);  tashkilotning 
umumiy 
maqsadlariga 
erishish; 
maqsadlar 
iyerarxiyasini  (daraxtlarni,  shajarani)  qurish;  shaxsiy  maqsadlarni 
belgilash. 
Tashkilotni  qamrab  olgan  muhit  nafaqat  missiyani  о‘rnatish  uchun 
mavjud  bо‘lmaydi.  Tashkilotning  maqsadlari  uning  mavjud  holatiga  juda 
bog‘liq  bо‘lib,    iqtisodiyot,  siyosat,  huquq,  fan,  texnika  va  boshqa 
sohalardagi  zamonaviy  rivojlanish  tendetsiyalarni  о‘z  vaqtida  aniqlash 
imkonini beradi. Rahbariyat tegishli maqsadlarni amalga oshirishda atrof-
muhit  holati  haqida  oldindan  bilish  imkoniyatiga  egadir.  Maqsadlarni 
belgilash  bosqichida  menejerlar  atrof-muhitning  tarkibiy  qism(holat)larini 
hisobga  olishlari  kerak.  Tо‘g‘ri,  hamma  narsani  hisobga  olish  imkoniyati 
yо‘q.  Bunda  menejerlar,  ayniqsa,  iqtisodiyot  rivojlanishining  noaniqlik 
bosqichlarida kutilmagan vaziyatlarga tayyor turishi kerak. 
Ikkinchi  bosqichda  tashkilot  uchun  umumiy  maqsadlarni  belgilash 
zarur.  Bunda  tashkilot  faoliyati  yо‘nalishlaridan  ishonchli  va  asosiy 
hisoblanganlarni  tanlash  kerak.  Bundan  tashqari,  maqsadlarni  belgilash 
texnologiyasida 
aniq 
mezonlarga 
muvofiqaniqlangan 
maqsadlarni 
mazmunli va sifatli rasmiylashtirish uchun vositalarni taqdim etishi kerak. 
Tashkilot 
missiyasining 
mezoni, 
uning 
muhitini, 
tendensiyasini 
rivojlanishi  bilan  belgilanadi.  Maqsadlarni  belgilash  jarayoni  ushbu 
muhitda 
tashkilotning 
pozitsiyasiga, 
xususan, 
resurslar 
bilan 
ta’minlanganlik xususiyatiga bog‘liqdir. 
Uchinchi  bosqich  maqsadlarni  qurish  yoki  ularning  iyerarxiyasini 
qurish  bilan  bog‘liq.  Iyerarxiya  barcha  yо‘nalishlarda  va  maqsadlarda 
muhim ahamiyatga ega

Tо‘rtinchidan,  shuningdek,  juda  muhim  bosqichda  tuzilishda  
mantiqiy  tо‘liqlikka  erishilishi  kerak.  Maqsadlar  har  bir  xodimga  о‘z 
vaqtida yetkazilishi kerak. Har bir ijrochi shaxsiy qiziqishlari va maqsadlar 
orqali tashkilotning yakuniy maqsadlariga erishish, о‘z missiyasini amalga 
oshirish jarayoniga qо‘shilishlari shart. 
Eng  muhim  va  hal  qiluvchi  omil  -  qadriyatlarga,  hissiyotlarga, 
istaklarga, о‘zlarining va belgilangan maqsadlarga ega bо‘lgan ijrochining 
harakatlarga о‘tishidir (3-chizma). 
Maqsadlarni  belgilash  jarayoni  uzluksizlik,  diskretlik,  siklilik, 
dinamiklik,  samaradorlik  va  boshqalar  kо‘rsatkichlarda  ifodalanadi. 
Motivatsiya  va  bog‘liqlik  (majburiyat)-  bu  shaxs  va  tashkilot  uchun 
samarali faoliyatning asosidir. 
 


61
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish