О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


Tashkilot maqsadlari klassifikatsiyasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Tashkilot maqsadlari klassifikatsiyasi
19
 
Mezon 
Kо‘rinishi va tiplari bо‘yicha maqsadlar 
guruhlari 
Tashkil etish davri 
Strategik 
Taktik  
Operativ  
Tarkibi 
Iqtisodiy 
Tashkiliy  
Ilmiy  
Sotsial 
Texnik 
Siyosiy  
Funksionaligi 
Marketing 
Innovatsion 
Xodimlar bо‘yicha 
Ishlab chiqarish 
Moliyaviy 
Ma’muriy  
Muhit 
Ichki  
Tashqi  
Ustuvorlilik 
 
Ustuvor yо‘nalishlar 
Boshqalar  
О‘zgaruvchanlik  
Miqdoriy  
Sifatli, aralash 
Takrorlanuvchanlik  
Doimiy  
Bir marotabalik 
Iyerarxiya 
Tashkilotlar  
Bо‘limlar  
Hayotiy aylanish 
bosqichlari 
О‘sish tartibi bо‘yicha 
obyektlarni yaratish va 
loyihalash 
Obyektning muddati 
Obyektning hayotiy 
aylanish jarayonining 
bajarilishi 
Tashkilotda maqsadlar iyerarxiyasi juda muhim rol о‘ynaydi, chunki u 
barcha  bо‘limlar  faoliyatining  oliy  darajadagi  maqsadlariga  yо‘nalishini 
ta’minlaydi.  YA’ni,  xuddi  daraxtlarning  barglari,  novdalari  va  shoxlari 
uning  о‘sishi  uchun  ishlaydi  deb  aytish  mumkin.  Agar  "о‘simliklar" 
misolida  taqqoslashni  davom  ettirsak,  shuningdek,  daraxtni  ildizlari 
daraxtni  ozuqa  bilan  ta’minlaydi  deb  ta’kidlashimiz  mumkin.  Barcha 
daraxtlarning asosiy maqsadlarni amalga oshirilishi – bu  foydali kislorod 
(foyda)  ajratilishini  anglatadi  va  о‘zining  hayotiy  aylanish  davrida 
о‘rmonlarni yog‘och bilan tо‘ldirish orqali tugatadi. 
Iyerarxiya  ichki  maqsadlarga  va  ayrim  boshqa  klassifikatsiya 
mezonlariga  mos  keladi.  Masalan,  masalaning  tarkibi(soderjaniya), 
funksiyasi  va  muhit  bо‘yicha  maqsadlar  iyerarxiyasi  bor.  Maqsadlarning 
ustuvorligida –birinchi navbatda iyerarxiya yoki ketma – ketlik mavjuddir. 
Takrorlanish  mezonlariga  asoslanib  maqsadlar  doimiy  va  bir 
marotabalik  bо‘ladi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  maqsadlarning  kо‘pi  shakl 
                                                           
19
 А. М. Лялина Теория менеджмента: Учебник для вузов. Стандарт 3-го поколения. — СПб.: Питер,  
2009. - 39 с.: ил. - (Серия «Учебник для вузов»). 


55
 
 
bо‘yicha  va  vaqtda  bо‘yicha  takrorlanuvchi  bо‘ladi,  shuning  uchun 
yaratilgan  texnologiyalarni  saqlab  qolish  va  maqsadlarni  yaratish  va 
maqsadlarni  aniqlashda  standart  texnologiyalar  yordamida  vaqtni  tejash 
imkonini beradi. 
Tashkilotning  yoki  mahsulotning  hayot  aylanish  bosqichi  maqsadi 
aniqlangan  u  muhim  ahamiyatga  ega.  Aylanish  bosqichlari  doimiy 
ravishda bо‘lmaydi, balki boshqaruvni talab qiladi. Masalan, korxonaning 
savdo hajmi va korxonaning daromadlari sohaning tegishli indikatorlariga 
nisbati  tahlili  asosida  maqsadlar  tanlanadi:  tezkorlik,  barqaror  о‘sish  yoki 
ishlab chiqarishni kamaytirishga erishiladi. 
Tez  о‘sish  -  eng  maqbul  maqsad,  ammo  bunday  maqsadni  amalga 
oshirish  eng  murakkab  masaladir.  Barqaror  о‘sish  shuni  kо‘rsatadiki, 
tashkilot  nisbatan  bir  xil  sur’atlarda  rivojlanadi,  shuningdek,    maqsadni 
amalga  oshirish  barobarida  bozor  segmenti  saqlanib  qoladi.  Ba’zan 
tashkilot  ataylab  rivojlanish  tezligini  pasaytirishni  yoki  sekinlashtirishni 
maqsad qiladi. Bu holat har doim ham inqirozning oqibati emas. 
Uchta  maqsad  ham  tashkilotning  hayot  aylanish  jarayonining  barcha 
bosqichlarida  turli  kombinatsiyalarda  va  izchillikda  amalga  oshiriladi. 
Maqsad  turlarini  turli  mezonlarga  qarab,  tashkilotning  rivojlanishining 
turli  bosqichlarida  kо‘rib  chiqish  maqsadlarni  tо‘g‘ri  belgilash  uchun  bir 
qator asosiy talablarni shakllantirishga imkon beradi. 
Maqsadlar erishilgan yutuqlarqa kо‘ra,  optimistik va pissimistik, aniq 
va aniq bо‘lmagan vaaniqlangan bо‘ladi. Maqsadlarga erishish asosiy talab 
hisoblanadi.  Maqsadlarga  osongina  erishilmaydi,  lekin  ayni  paytda,  ular 
aniq  bо‘lishi  kerak.  Maqsadlarga  erishish-xodimlarning  motivatsiyasining 
ta’minlangan-ligi natijasidir.
 
Shunday qilib, aniq bо‘lmagan maqsadlar mо‘ljalni yо‘qotilishiga olib 
keladi va tashkilotning ishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Soxta mamnuniyatni, 
harakatsizlikni  va  xatti-harakatlarning  nomuvofiqligini  oldini  olish 
rahbariyat  uchun  juda  qiyin  kechadi,  lekin  shunga  qaramasdan  erishish 
mumkin bо‘lgan maqsadlarni belgilashi kerak.
 
Agar  maqsad  aniq  bо‘lib,    miqdoriy  va  sifat  jihatidan  qat’iy 
aniqlangan bо‘lsa, uning natijadorligi obyektiv bо‘ladi. Maqsadning о‘ziga 
xosligi uning aniqligiga qaratilgan. Maqsadlar tizimi savollarga aniq javob 
berishi  kerak:  kimni,  nimani,  qanday  qilib,  qachon  va  qayerda  kabi 
savollarga  aniq  javob  berishi  kerak.Maqsadning  о‘ziga  xosligi  kо‘pchilik 
xodimlarga  buni  tо‘g‘ri  tushunishga  imkon  beradi  va  shuning  uchun 
xodimlar  maqsadlarnimuvofiq  ravishdaamalga  oshirilishiga  erishishda 
о‘zlarining xissalarini qо‘shadi. 


56
 
 
Maqsadning о‘ziga xosligi uning barqarorligini, о‘zgarmasligini talab 
qiladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda ichki va tashqi muhit, shu jumladan, 
tashqi  muhit  juda  beqaror  bо‘lib,  hatto  tajribali  rahbarlar  iqtisodiyotdagi 
о‘zgarishlarni  tasavvur  qilish  qiyin  kechadi.  Bunday  beqarorlik 
maqsadning  moslashuvchanligi  talabini  ilgari  suradi.  Maqsadlar  tashqi 
atrof-muhitdagi  о‘zgarishlarga  mos  ravishda  beligilash  imkoniyatini 
ta’minlaydigan  tarzda  о‘rnatilishi  kerak.  Maqsadning  moslashuvchanligi 
darajasi  ham  uning  iyerarxiyasidagi  о‘rniga  bog‘liq.  Kо‘rinib  turibdiki, 
yuqori  darajadagi  maqsadlar  yanada  barqaror  bо‘ladi  va  ularni  atrof-
muhitdagi  kichik  о‘zgarishlarga  moslashtirish  shart  emas.  Ammo,  agar 
yuqori  darajadagi  maqsadlarga  jiddiy  о‘zgartirishlar  kiritilgan  bо‘lsa, 
maqsadlar zanjiri ham о‘zgarishi kerak, bu uchun tushuntirish ishlarini olib 
borish  kerak.  Bu  imkoniyat  agar  maqsadlarni  dastlabki  belgilashda 
muvofiqlik talabi bajarilgan bо‘lsa mumkin bо‘ladi. 
Missiya,  strategiya  yoki  siyosat  sohasidagi  sezilarli  darajadagi 
о‘zgartirishlarni  tashkilot  xodimlariga  yetkazish  va  ularni  tо‘g‘ri 
tushuntirish  ishlarini  olib  borishi  va  о‘z  vazifalarini  bajarishda  о‘rinli 
foydalanishlarini  tushuntirish  kerak.  Menejerlarning  asosiy  vazifalaridan 
biri  -  tashkilot  tuzilmasining  maqsadlariga  mosligini  ta’minlash  va 
xodimlarni  lavozim  va  ish  joylari  bо‘yicha  tо‘g‘ri  taqsimlashdan  iborat. 
Maqsadlarning  muvofiqligi  strategik,  uzoq  muddatli  maqsadlar  missiyaga 
mos  kelishi  kerakligini,  о‘rta  muddatli  va  qisqa  muddatli  maqsadlar  uzoq 
muddatli  bо‘lishi  kerakligini  anglatadi.  Maqsadlarning  butun  iyerarxiyasi 
nafaqat vaqtga, balki yо‘nalish va mazmunga ham muvofiq bо‘lishi kerak. 
Shunday  qilib,  tanlangan  mezonlarga  asoslanib,  asosiy  maqsadlarga 
qarab xodimlar, yetkazib beruvchilar, xaridorlar, turli jamoatchilik, siyosiy 
tashkilotlar  va,  nihoyat,  butun  jamiyat  tomonidan  turli  xil  manfaatli 
maqsadlarni  kо‘rib  chiqish  qanchalik  qiyinligini  kо‘rsatadi  va  menejerlar 
uchun  ushbu  manfaatlarni  samarali  muvofiqlashtirish  va  boshqarish  bu 
qanchalik muhim ekanligini kо‘rsatadi. 
Maqsadlar  belgilanadigan  yо‘nalishlar,    bu  sohada  ishtirokchilarning 
manfaatlarini 
muvozanatlash 
uchun 
keng 
miqyosli 
maqsadlar 
yо‘nalishidagi  menejerlarni  jalb  qiladi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki, 
manfaatlarning  vektorlarini  muvofiqlashtirish  va  natijada  maqsadlar 
chiziqli  bо‘lmagan  kо‘rinishga  ega  bо‘ladi,  lekin  ularning  bog‘liqligi 
murakkabroq  va  ularni  rasmiylashtirish  qiyin  kechadi.  Har  bir  tashkilot 
maqsadlar,  qadriyatlar  va  manfaatlar  tо‘plami  bilan  tavsiflanadi.  Har  bir 
insonning  maqsadlarini  boshqalarning  maqsadlari  va  tashkilotning 
umumiy maqsadlari bilan kelishish deyarli mumkin emas. 


57
 
 
Siyosiy  munozaralar,  tushuntirish  ishlari,  ishonchli  mulohazalar, 
muzokaralar, 
fikr 
almashish 
va 
murosaga 
kelishish 

bu 
kelishmovchiliklarni  va  tashkilotning  muvaffaqiyatli  faoliyatlarini  yengib 
о‘tishning  uzoq  va  murakkab  usuli  hisoblanadi.  Bularning  barchasi 
menejerlarning  nafaqat  zamonaviy  boshqaruv  texnologiyalarini,  balki 
sezgi, boshqaruv san’ati bilimlarini ham talab qiladi. 
Tashkilotning  real  aniqlangan  maqsadlarni  hisobga  olganda,  uning 
faoliyatini  asosiy  yо‘nalishlaridan  (tijorat  yoki  notijorat)  kelib  chiqib 
harakat  qilish  kerak.  Tashkilot  boshqa  tashqi  maqsadlarni  oldingi 
о‘rinlarga  (iste’molchi  sifatida  qarash,  xodimlarga  g‘amxо‘rlik  qilish, 
ijtimoiy,  ekologik  mas’uliyat  va  hakazo.)  qо‘yishni  qanchalik  targ‘ibot-
tashviqot  qilmasin,  hamon  tijorat  tashkilotlarining  asosiy  ichki  maqsadi  - 
daromad olishni kо‘zda tutadi. Qolgan maqsadlar kо‘proq foyda keltirishi 
ehtimoldan yiroq emas.  
Tijorat  tashkilotlarning  iste’molchilarni  himoya  qilish  nuqtai-
nazaridan,  atrof-muhit, adolatli va arzon narx kabilar haqidagi har qanday 
fikrlari tashkilotning foydasi uchun samarali bо‘ladi. Agar tashkilot foyda 
qilmasa,  u  omon  qolmaydi.  Bular  bozor  munosabatlarining  talablaridan 
kelib chiqadi. 
Ma’lumki,  tashkilot  faoliyatidagi  eng  muhim  erishilgan  ijobiy 
natijalari  vaqtincha  bо‘lib,  daromad  olish  maqsadidan  farqli  о‘laroq 
vaqtinchalik  maqsadlar  bо‘lishi  mumkin.Misol  uchun,  omon  qolish  va  / 
yoki  tubqayta  qurish  davri.  Mazkur  vaqtda  biz  katta  yо‘qotishlar  haqida 
gapirishimiz mumkin. 
Agar tijorat tashkilotlarining rahbariyati pul topish va uni kо‘paytirish 
uchun  qо‘shimcha  imkoniyatlar  mavjud  ekanliginiigini  tushunib  etsa, 
boshqa  maqsadlari  ularning  raqobat  muhitida  daromadga  ta’siri  nuqtai 
nazaridan  kо‘rib  chiqiladi.  Ushbu  maqsadni  anglash  barcha  xodimlarning 
ishini  rag‘batlantiradi,  tashabbus  va  mas’uliyatni  oshiradi.  Notijorat 
tashkilotlarida  yana  bir  holat  rivojlanmoqda.  Aslida  bu  tashkilotlar  soliq 
tizimi, tijorat tashkilotlarining foydasi tufayli mavjuddir. 
Notijorat  tashkilotlarining  tajribali  rahbarlari  siyosiy  va  shaxslararo 
yondoshuvlarni muayyan qadriyatlar bilan birlashtirishga harakat qiladilar. 
Maqsadlarning  aniqligi  bizni  ta’lim  sohasidagi  ishtirokchilarning 
manfaatlarini 
baholashga 
va 
muayyan 
guruhlarning 
ziddiyatli 
manfaatlarini aniqlashga imkon beradi. 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish