О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Mehnat  faoliyatining  maqsadi 
biror  natijaga  erishish,  masalan, 
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat kо‘rsatishdan iboratdir. Har qanday 
xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya’ni vaqt birligi – 
soat, kun, yil  mobaynida ishlab chiqarilgan  mahsulot,  kо‘rsatilgan xizmat 
miqdori  muhim ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bо‘lsa, uning 
birligiga  sarflangan  xarajat,  shu  jumladan,  xona,  bino  uchun  ijara  haqi 
elektr  quvvatidan  foydalanish  haqi  va  shu  kabilar  shunchalik  kamroq  
bо‘ladi.  Binobarin,  mehnat  unumdorligi  yuqori,  mahsulot  hajmi  kо‘proq 
bо‘lsa,  uning  xarajatlari  kamroq  bо‘ladi.  Mehnat  samaradorligi 
mahsuldorligi mehnat kо‘rsatkichi bilan о‘lchanadi. 
Mehnat  unumdorligi  -  xodimlar  mehnat  faoliyatining  iqtisodiy 
samaradorligi  kо‘rsatkichidir.  U  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  yoki 
kо‘rsatilgan  xizmatlar  miqdorining  mehnat  xarajatlariga  nisbatan,  ya’ni 
mehnat  xarajatlari  birligi  hisobiga  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  bilan 
belgilanadi.
 
Jamiyatning  rivojlanishi  va  uning  barcha  a’zolari  farovonligi 
darajasi  mehnat  unumdorligi  darajasi  va  uning  о‘sishiga  bog‘liqdir. 
Bundan  tashqari,  mehnat  unumdorligi  darajasi  ishlab  chiqarish  usulini 
ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning о‘zini ham belgilab beradi. 
Mehnat 
unumdorligi 
kо‘rsatkichi  mehnat  samaradorligi  va 
natijadorligining  barcha  jihatlarini  aks  ettirmaydi,  masalan,  u  mehnat 
                                                           
101
 
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I. Karimovning 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot 
vositalari uchun bеrgan intеrvyusi. “Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kеlajagimizning garovidir” risolasi. 12.06.2012
 


284
 
 
sifatini  hisobga  olmaydi,  bundan  tashqari,  mehnat  resurslaridan  oqilona 
foydalanish 
zarurligini 
ifodalamaydi. 
«Mehnat 
unumdorligi» 
tushunchasiga  о‘z  ahamiyati  jihatidan  yaqin,  lekin  mazmunan  yanada 
kengroq  bо‘lgan  tushuncha  «mehnat  samaradorligi»  tushunchasidir. 
Mehnat  samaradorligi 
eng  kam  mehnat  xarajatlari  bilan  yuqori  mehnat 
natijadorligiga  erishish  darajasini  ifodalaydi.  Mehnat  samaradorligi 
mehnat  unumdorligidan  farqli  о‘laroq  faqat  mehnatning  miqdor 
kо‘rsatkichlarini  emas,  shu  bilan  birga  sifat  natijalarini  ham  ifodalaydi. 
Mehnat  samaradorligi  kо‘rsatkichining  yana  bir  muhim  ustunligi  unda 
mehnat resurslarini tejashning aks etishidir. 
Mehnat  unumdorligi  va  intensivligi  mahsulot  qiymati  о‘lchamiga 
turlicha ta’sir kо‘rsatadi. Mehnat unumdorligi ortishi ishlab chiqariladigan 
mahsulot  miqdorini  oshiradi  va  shunga  muvofiq  bita  mahsulotning 
qiymatini  pasaytiradi,  lekin  ularning  umumiy  yangi  yaratilgan  qiymatini 
о‘zgartirmaydi,  mehnat  intensivligini  ortishi  esa  ishlab  chiqariladigan 
mahsulotlar va umumiy umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin 
mahsulot birligining qiymatini о‘zgartirmaydi. 
Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bо‘lsa, ish sifati zarur darajada 
bо‘lgani  holda  mehnat  xarajatlari  qanchalik  kam  bо‘lsa,  mehnat 
samaradorligi  shunchalik  yuqori  bо‘ladi.  Tadbirkor  korxona  egasi  uchun 
vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu 
bilan  birga  u  qanday  mehnat  xarajatlari  bilan  ta’min  etilgani  ham 
muhimdir.  Mehnat  xarajatlar  xodimlar  soni  va  mehnatga  tо‘langan  haq 
xarajatlari  bilan  о‘lchanadi.  Unisi  ham,  bunisi  ham  ish  vaqti  bilan 
о‘lchanishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  mehnat  samaradorligini  tahlil 
qilganda  vaqt  birligi  ichida  sarflangan  mehnat  xarajatlari  ham,  shu  bilan 
birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab chiqiladi. 
Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini 
beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin: 

 
korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi; 

 
xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatish: 

 
mehnat unumdorligining umumiy va xususiy kо‘rsatkichlari bir 
о‘lchov bilan о‘lchanishi mumkinligi; 

 
mehnat miqdori bilan sifati о‘rtasidagi bog‘liqlik. 
Har  qanday  mahsulot,  buyum,  xizmatda  jonli  va  buyumlashgan 
mehnat  jamlangan  bо‘ladi.  Bunday  jami  mehnat  tufayli  moddiy  boyliklar 
yaratiladi. 
Jamiyat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlari  rivojlanib  borgan  sari  jonli 
mehnat  moddiylashgan  mehnatning  tobora  kо‘proq  massasini  qamrab 


285
 
 
oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi kо‘payib 
borgan  sari  jonli  mehnatning  ulushi  kamayib  boradi.  Bu  mehnat 
unumdorligi  oshganligining  asosiy  belgisidir.  Ishlab  chiqarishning 
takomillashib  borishi  va  fan-texnika  taraqqiyoti  mehnat  unumdorligi 
oshishining asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va 
avtomatlashtirish  vositalarining  joriy  etilishi  mehnatni  mexanizatsiyalash 
darajasining ortishiga olib keladi. 
Mehnat unumdorligining asosi bо‘lgan mehnatning unumdorlik kuchi 
mehnat  unumdorligining  aynan  о‘zi  emas:  haqiqiy  mehnat  unumdorligi 
yana  ikkita  muhim  omilga  -  jonli  mehnatning  eng  muhim  kо‘rsatkichi 
bо‘lgan  mehnat  intensivligiga  (jadalligiga)  va  ish  vaqtining  nominal 
fondidan foydalanishga ham bog‘liq. 
Mehnat  jadalligi  (intensivligi)  –  bu,  jonli  mehnatning  jiddiyligi  yoki 
murakkabligi darajasi bо‘lib, ish vaqti birligi ichida inson asab va muskul 
quvvatining  sarflanishi  bilan  о‘lchanadi.  Bunda  inson  organizmiga  salbiy 
ta’sir  kо‘rsatmaydigan  jadallik  ijtimoiy  normal  jadallik  hisoblanadi, 
sarflangan  quvvat  ovqatlanishi,  dam  olish  va  hissiy  yengillanish  hisobiga 
tо‘liq tiklanadi. 
Hisobga  kо‘ra,  mehnatning  normal  jadalligi  darajasi  tekis  yuzada 
soatiga  4,8  km  tezlik  bilan  ketayotgan  kishining  kuch-quvvat  sarflashiga 
tengdir.  Nisbatan  normal  muayyan  mehnat  jadalligini  oshirish  mehnatga  
haq tо‘lashda tegishli darajada hisobga olishni talab qiladi. 
Mehnat  unumdorligi  mehnat  jadalligi  bilan  bir  qatorda  ish  vaqti 
fondidan foydalanish darajasi bilan ham bog‘liqdir. 
«Unumdorlik»  tushunchasi  mahsulotning  har  qanday  xarajatlarning 
turiga yoki barcha turlariga nisbatini aniq kо‘rsatkichlarda ifodalash uchun 
qо‘llaniladi.  Statistik  ma’noda  unumdorlik  deyilganda,  ishlab  chiqarish 
natijalarining  foydalanish  omillari  sarflariga  nisbati  tushuniladi,  u 
boshqacha  qilib  aytganda,  xarajat  birligi  tо‘g‘ri  keladigan  ishlab 
chiqarilgan  mahsulot  hajmidir.  Shunga  kо‘ra  ishlab  chiqarish  natijasini 
uning  barcha  о‘lchash  mumkin  bо‘lgan  omillari  majmuiga  nisbatan  yoki 
alohida guruh omillarga nisbatan hisoblash mumkin. 
Shunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1)
 
sarflangan ishlab chiqarish omillarning miqdori va sifati (sarf 
samarasi); 
2)
 
sarflangan 
omillar  miqdorlarining  foydalanilishi 
darajasi 
(foydalanish samarasi); 
3)
 
ishlab chiqarish omillari kombinatsiyalarining miqdori 
(substitusiya samarasi); 


286
 
 
4)
 
texnika taraqqiyoti (texnika samarasi); 
5)
 
ishlab chiqarish jarayoni tashkil qilinishi (daraja samarasi); 
6)
 
alohida jarayonlar sektorlarning yoki xarajatlar yohud 
mahsulotning umumiy miqdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi); 
7)
 
alohida sektorlar va jarayonlar orasidagi о‘zaro aloqalar darajasi 
va tarkibi (о‘zaro aloqodorlik samarasi). 
8)
 
Mehnat  unumdorlgini  о‘lchash  muammosi  mazkur  iqtisodiy 
kategoriyaning  mohiyatini  aniqlashdan  birmuncha  murakkabroq.  Amalda 
mehnat  unumdorligining  о‘sishi  va  mahsulot  ishlab  chiqarishni 
о‘lchashning  turli  usullaridan  foydalaniladi.  U  yoki  bu  usulning 
qо‘llanishi,  birinchidan,  mehnat  unumdorligini  о‘lchash  darajasiga, 
ikkinchidan  esa,  hisoblashni  amalga  oshiradigan  iqtisodiy  xizmat  oldida 
qanday vazifa turganligi bilan bog‘liqdir. 
9)
 
Mehnat  unumdorligini  о‘lchash  darajasi  bо‘yicha  bir  xildagi 
mahsulotni ishlab chiqaradigan alohida ish о‘rinlari (brigada, uchastkalar) 
ni kо‘rsatib о‘tish mumkin. Bu о‘rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 
va  ishlab  chiqarish  normalarini  (dona,  tonna,  kub  yoki  kvadrat  metr  va 
hokazo)  aniqlashning 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish