О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
 
XIII- BOB. MENEJMENT MADANIYATI VA USLUBI 
 
Kalitli  sо‘zlar: 
madaniyat,  jamiyat  madaniyati,  shaxs  madaniyati, 
inson  faoliyati,  moddiy  madaniyat,  ma’naviy  madaniyat,  insoniyat 
madaniyat,  ma’naviyat,  menejment  madaniyati,  huquqiy  meyor,  iqtisodiy 
meyor,  tashkiliy  meyor,  texnikaviy  meyor,  estetik  talab,  kooperatsiya, 
boshqaruv  madaniyati,  rahbar    madaniyati,  odob,  iymon,  iqror,  uslub, 
boshqaruv uslubi, ish uslubi, rahbarning ish uslubi

 
1. MENEDJMENT MADANIYATI TUSHUNCHASI 
 
«Madaniyat»  tushunchasi  rivojlanish  darajasining  umumlashtiruvchi 
kо‘rsatkichi  bо‘lib,  bir  qancha  ma’noni  bildiradi.  Masalan,  jamiyat 
madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nihoyat, inson faoliyatining ayrim 
turi  madaniyati  xaqida  sо‘z  yuritish  mumkin.  Inson  faoliyati  moddiy  va 
ma’naviy  boyliklar  yaratuvchi  turlarga  bо‘linadi.  Shu  sababli,  moddiy  va 
ma’naviy madaniyat fark kilinadi. 
Moddiy  madaniyat  inson  tomonidan  tabiatni  bо‘ysundirish  darajasi 
kо‘rsatkichidir.  Unga  ishlab  chiqarish  vositalari  va  mehnat  predmetlari 
kiradi.  Ma’naviy  madaniyatga  fan,  axoli  ma’lumot  darajasi,  meditsina 
xizmati  darajasi,  san’at  darajasi,  odamlar  axloqiy  meyorlari,  ma’naviy 
extiyojlar  va  manfaatlar  rivojlanishi  darajasini  kiritish  mumkin.  Shunday 
kilib,  madaniyat  insonning  ham  madaniy  ishlab  chiqarish,  xam  ma’naviy 
hayot  sohasida  rivojlanishi  jarayonidagi  yutuqlarini  qamrab  oladi.  U 
insoniyat  bilimlari,  uning  mehnati  mohiyatidan  iborat  bо‘lib,  kishilarning 
avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi. 
Insoniyat  madaniyati  о‘suvchan,  о‘zgaruvchan,  chunki  hozirgi  avlod 
avvalgi  avlodlar  madaniy  qadriyatlaridan  ijodiy  foydalanish  asosidagina 
yanada rivojlanishi mumkin. 
О‘zbekistonning nayob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib, 
uni  saqlash,  rivojlantirish  kо‘p  millatli  respublikaning  yuqori  ma’lumotli 
insonlari – fan, adabiyot, san’at arboblari vazifasidir. 
Inson  hayoti  faoliyatining  muhim  tarkibiy  qismi  butun  insoniyat 
tomonidan  jamlangan  madaniy  boylikka  ega  bо‘lishi,  shu  jumladan 
boshqaruv madaniyatini egallashdir. 


209
 
 
“Ma’naviyat”  arabcha  sо‘z  bо‘lib,  rux,  aql,  ong,  idrok,  ruxiy  holat, 
ichki kayfiyat, jalillik, jasorat, xususiyat, mohiyat, g‘amxо‘rlik, qayg‘urish 
did kabi bir necha ma’nolarni anglatadi. 
Ma’naviyat – odamning ruxiy va aqliy olami yig‘indisidir. Ma’naviyat 
jamiyatning,  millatning  yoki  ayrim  bir  kishining  ichki  hayoti,  ruxiy 
kechinmalari, aqliy qobiliyati, mdrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha.  
Ma’naviyat  –  inson  va  jamiyat  madaniyatining  negizi,  inson  va 
jamiyat  hayoti  ma’lum  yо‘nalishining  bosh  omili.  U  muayyan  iqtisodiy-
ijtimoiy  hayot  tizimining  shakllanishi,  о‘zgarishi  yoki  inqirozga  yuz 
tutishiga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. 
Ma’naviyat  boyib  borsa,  jamiyat  ravnaq  topib  boradi  va  aksincha, 
ma’naviyat  qashshoqlashsa,  jamiyat  bora-bora  tanazzulga  yuz  tutadi. 
Mustaqillik yillarida ma’naviyat  masalalariga  munosabat tubdan о‘zgarib, 
uning  boyib  borishiga  kuchli  e’tibor  kuchli  e’tibor  berilayotganligining 
boisi  ham  shunda.  Boy  ma’naviyatsiz  buyuk  davlat  qurib  bо‘lmaydi. 
Ma’naviyat jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir.  
Ma’naviyat insonning ruxiy olamidir! 
Ma’naviyat  keng  tushuncha  bо‘lib,  ma’rifat  va  madaniyat 
tushunchalarini qamrab oladi. 
Ma’naviyat  inson  kо‘rki  bо‘lib,  uning  ichki  va  tashqi  dunyosida 
namoyon bо‘ladi. Bu rux va aql bilan uzviy bog‘liq.  
Menejment  madaniyati  juda  muhimdir.  Insoniyat  о‘z  rivojlanish 
jarayonida juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu 
tajriba  boshqaruv  samaradorligini  oshirishga  xizmat  qilish  kerak. 
Menejmentning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi,  avvalo  boshqaruv 
madaniyati  darajasi  yuksalishi  bilan  bog‘liqdir,  chunki,  menejment 
yо‘llari,  usullari,  vosita  va  uslublariga  tanqidiy  baho  berish  yо‘li  bilan, 
ularning eng yaxshilari tajribasida qо‘llashi uchun ajratib olindi. 
Horijiy  manbalardan  birida  menejment  madaniyatiga  qо‘yidagicha 
ta’rif  berilgan
83
:  “Menejment  madaniyati  -  jamiyat  va  tashkilotdagi 
boshqruv 
faoliyati 
va 
boshqaruv 
munosabatlarining 
mohiyatini 
belgilaydigan  bilim,  qadriyatlar,  meyorlar,  stereotiplar  va  xulq-atvor 
namunalari tо‘plami”. 
Yana 
bir 
yirik 
manbada
84

“Madaniyat-bu 
jamiyatning 
(mamlakatning)  tarixiy  rivojlanishi  davomida  erishilgan  va  ishlab 
chiqilgan  va  odamlarning  hayot  sharoitlarini  egallash  darajasini 
ifodalovchi moddiy va ma’naviy qadriyatlarining yig‘indisidir” deyilgan. 
                                                           
83
 https://studfiles.net/preview/2873788/page:17/ 
84
 https://psyera.ru/kultura-upravleniya-1919. 


210
 
 
V.N.  Ivanov  va  P.  Patrushevlar  menejment  madaniyatini  4  tipga 
ajratadi: 
1. ma’muriy-buyruqbozlik; 
2. axborot-tahliliy; 
3. ijtimoiy yо‘naltirilgan; 
4. integrallashgan. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish