Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Bolalar sog`lig`ini saqlashni ta`minlash.
2.Bolaning rivojlanishiga yordam beruvchi uy vaziyatiga yaqinlashtirilgan qulay, maishiy sharoitlarni yaratish.
3.Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning tibbiy-pedagogik va ijtimoiy moslashishini ta`minlash.
4.Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
5.Bolalar ta`lim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarida munosib ta`lim olishlari.
6.Tarbiyalanuvchilar umumiy madaniyatini, ularning hayotga moslashishlarini shakllantirish.
7.Tarbiyalanuvchilarda o’zini rivojlantirishga va o’zini anglashga talablarini yuzaga keltirish.
8.Kasb-hunar ta`lim dasturlarini tushunib ongli ravishda tanlashi va keyinchalik o’zlashtirishi uchun sharoitlar yaratish.
Bolalar mehribonlik uylarida ijtimoiy-pedagogik faoliyati
Do'stlaringiz bilan baham: |