Qaramog`iga olish - o’z mazmuni bo’yicha vasiylikka yaqin tushunchadir, qaramog`iga olish – bu balog`atga etmagan bolalar shaxsiy va mol-mulkka himoya qilish shakli (va boshqa kategoriyali odamlarning ham), ya`ni qaramog`iga olish deganda vasiylikdan farqli ravishda unga ancha keng kategoriyadagi bolalar kiradi. Hozirgi kunda kundalik nutqda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushuncha keng qo’llaniladi: etim (hech kimi yo’qlik) va ijtimoiy etim (ijtimoiy hech kimi yo’qlik).
Etim bolalar – bu 18 yoshgacha bo’lgan ikkala ota-onalari yoki birortasi vafot etgan shaxslardir. Ijtimoiy etim – bu biologik ota-onalari bor bola, lekin ular qandaydir sabablarga ko’ra bola tarbiyasi bilan shug`ullanmaydilar va unga g`amxo’rlik ko’rsatmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |