Agarda chet eltajribalariga murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko’rsatish mumkin:
Ota-onalarda ma`lum professional malakalari bo’lishi kerak;
Oila kerakli professional-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak.
Bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi to’lanadi.
Bolaning oilada bo’lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga olinadi.
Asrab olgan ota-onalarning ish vaqtlari o’z shaxsiy uylarida o’tadi. Vaqtinchalik asrab olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal etilgunga qadar bolaning oilada bo’lishini ko’zda tutadi: o’z oilasiga qaytishi; bolalar uyiga jo’natilishi, internat yoki boshqa muassasalarga yuborilishi.
Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |