VI. TEST SAVOLLARI
1. Turk xalqi qadimiy og‘zaki ijodini o‘rganish bo‘yicha qaysi manbalar asos bo‘ladi?
a) “Devoni lug‘atit turk” asari.
b) “O‘g‘uznoma”, “Kitobi dada Ko‘rqut”.
s) A, B.
d) “Go‘ro‘g‘li”, “Asli va Karim”, “Yusuf va Zulayho”.
2. Turk adabiyotida so‘fiyona g‘oyalar kimning ijodida ko‘proq uchraydi?
a) J.Rumiy
b) Ahmad Faqih
s) Yunus Emro
d) Oshiq Posho
3. Usmonli turk davlatini tashkil bo‘lishi turk xalqi tarixida qanday ahamiyat kasb etdi?
a) Turk adabiy tili qaror topdi
b) Tarjimonchilik maktabi paydo bo‘ldi
s) Islohotlar o‘tkazildi
d) A, B.
4. Turk Devon adabiyoti deganda nimani tushunasiz?
a) Devon tartib qilish
b) Saroy adabiyoti
s) Munshiylar adabiyoti
d) G‘azal, qasida, masnaviy majmuasi
5. Turk adabiyotida qahramonlik mavzusida yaratilgan dostonlar qaysilar?
a) “Battolnoma”, “Sari Saltik haqida doston”
b) “Charxnoma”, “Validnoma”.
s) “O‘g‘uznoma”, “Dada Ko‘rqut kitobi”
d) “Iskandarnoma”, “Suhayl va Navbahor”.
6. Turk adabiyoti ijodkorlariga qaysi mumtoz o‘zbek shoirini ta’siri katta bo‘lgan?
a) Lutfiy
b) A.Navoiy
s) Ogahiy
d) Mashrab
7. Turk adabiyotida xotin-qizlar erki masalasi qaysi ijodkorning ijodida ko‘proq uchraydi?
a) Shayhiy
b) Ahmad Posho
s) Mehri Xotun
d) Umar Nafiy
8. Ilk sahna san’atida qaysi teatrning xizmati katta bo‘lgan?
a) “Globus” teatri
b) “Qorako‘z” teatri
s) “Hurriyat” teatri
d) “O‘rta o‘yin” teatri
9. Tukr xalqi hayotida Tanzimot davrini o‘rni qanday bo‘lgan?
a) Islohatlar davri
b) Ovropadagi ilg‘or turmush g‘oyalarini qabul qilish davri
s) Ma’rifatchilik davri
d) A,B,S.
10. Turk adabiyotidagi ma’rifatparvarlik g‘oyalarini qaysi vaqtli matbuot keng yoritgan?
a) “Tasviri efkyar”
b) “Tarjumani ahvol”, “Muxbir”
s) “Ibrat”, “Hurriyat”
d) Barchasi
11. Turk adabiyotida tarjimashunoslik ravnaqini o‘sishida qaysi Ovropa adabiyoti vakillari katta rol o‘ynadi?
a) Volter, Russo, Montesko
b) Shekspir, Gyote, Geyne
s) Hofiz Sheroziy, Hayyom
d) Pushkin, Gogol, Turgenev
12. Turk adabiyotida ramonchilik janrini kim boshlab bergan?
a) Ahmad Midhat
b) Abdulhaq Hamid Tarxon
s) Namiq Kamol
d) Tofiq Fikrat
13. Turk she’riyati ravnaqida kimning hissalari katta?
a) Xomid Ziyo Ushaqlagil
b) Ahmad Midhat
s) Tofiq Fikrat
d) Namiq Kamol
14. Turk realistik hikoyachiligiga qaysi ijodkor katta hissa qo‘shgan?
a) Ziyo Ko‘kalp
b) Umar Sayfiddin
s) Ahmad Hoshim
d) Mehmed Emin Yurdaqul
15. Turk adabiyotida miliiy ozodlik harakati voqealari qaysi ijodkorning ijodida keng ifodalangan?
a) Yoqub Qodriy Qorausmon o‘g‘li
b) Rashod Nuri Guntegin
s) Xolida Edip Adivar
d) Sabohidin Ali
16. O‘zbek she’riyatida sarbast, erkin, oq she’r shakllarini paydo bo‘lishida qaysi turk shoirining xizmati katta bo‘ldi?
a) O‘rxon Veli
b) Melik Javdat Onday
s) O‘qtoy Rifat
d) Nozim Hikmat
17. Nozim Hikmatning qaysi asarlarida inqilobchi obrazi aks ettirilgan?
a) “Inson manzaralari”
b) “Quyoshni ichganlar qo‘shig‘i”
s) “Yashamoq go‘zal”
d) “Qon gapirmas”
18. Usta Nuri Nozim Hikmatning qaysi asari qahramonlaridan sanaladi?
a) “Yashamoq go‘zal”
b) “Inson manzaralari”
s) “Quyoshni ichganlar qo‘shig‘i”
d) “Qon gapirmas”
19. Turk she’riyatida tinchlik mavzusi qaysi shoirlar ijodida yetakchilik qiladi?
a) O‘rxon Veli, Rifat Ilgaz
b) Melik Javdat Onday
s) Uqtoy Rifat, Fozil Hyusiyu Dog‘larja
d) Rifat Ilgaz, Nevzat Ustyun
20. 40-90 yillar turk adabiyotiga xos xususiyatlar nimadan iborat?
a) vatanparvarlik, millatparvarlik ilgari surilgan g‘oya
b) tinchlik mavzusi ilgari sirilgan g‘oya
s) maishiy hayot mavzusi ilgari surilgan
d) sevgi, ijtimoiy hayot ilgari surilgan
21. Quyidagi qaysi asarlar O‘rxon Komol qalamiga mansub?
a) “Ichimizdagi shayton”
b) “Mo‘yna po‘stinli madonna”
s) “Jamila”, “Murtozo”
d) “Ilonni o‘ldirsalar”, “Inja Mamad”
22. Qaysi turk adibi ijodida kulgi, satira keng o‘rin tutadi?
a) Yashar Komol
b) Rashod Nuri Guntegin
s) Nozim Hikmat
d) Aziz Nesin
23. Faqir Boyqurt qalamiga mansub bo‘lgan asarlar qatorini toping?
a) “Futbol qiroli”, “Keyin xursand bo‘lasiz”
b) “Ilonlar o‘chi”, “Irozjaning qismati”
s) “Ilonni o‘ldirsalar”, “Tog‘lar afsonasi”
d) “Yashamoq go‘zal”, “Qon gapirmas”
24. Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan turk adibi kim?
a) Nozim Hikmat
b) Aziz Nesin
s) Guntegin
d) O‘rxon Pomuk
25. Aziz Nesinning haqiqiy ismi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
a) Sulton Fotih
b) Vedim Nesim
s) Sobir Banarli
d) Mahmud Nusrat
Do'stlaringiz bilan baham: |