Gaz quvurlarni ishlatishdan oldin sinovdan o’tkazish tartibi.
Qurilish jarayonida yer osti gaz quvurlari ayrim po’lat quvurlarni payvand qilish bilan bir-biriga ulanib yig’iladi. Po’lat quvurlar qurilish joyiga keltirishdan oldin izolyatsiya bazalarida korroziyaga qarshi izolyatsiya bilan qoplanadi. Gaz quvurlarini qurishda alohida quvurlarni xandakdan tashqarida bir-biriga payvand qilib, keyin xandakka tushirish mumkin. Ulangan gaz quvurlarining payvandlangan joylari vaqtincha izolyatsiya qilinmagan bo’ladi. Quvur xandakka tushirmasdan oldin xandak tagining tekisligi, uning chuqurligi va nishabligi loyiha bo’yicha tekshiriladi. Agarda loyihaga nisbatan noto’g’ri joylar bo’lsa to’g’rilanadi.
Gaz quvurlarini sinash ikki xil bo’ladi: birinchi sinov mustahkamlikka sinash bo’lib, ulangan quvurlarning ikkita oxirgi boshi payvandlab berkitiladi va quvurlarning ustiga 25 sm tuproq tashlanadi. Lekin payvand qilingan joylar izolyatsiya qilinmagan va ochiq holda qolishi kerak. So’ng, gaz quvuriga compressor yordamida siqilgan havo haydaladi. Berilayotgan havoning bosimi gaz quvuri qanday bosimga mo’ljallanganligiga bog’liq.
Quvurga havo berilib shunday bosimda quvur 3 soat ushlab turiladi. Shundan so’ng, havoning bosimi gazning ishchi bosimigacha pasaytiriladi va payvand joylar, zadvijka va boshqa uskunalar ulangan joylari sovun ko’pigi surtib havoning chiqayotgan yoki chiqmayotganligi aniqlanadi. Havo chiqayotgan joylar havo bosimi pasaytirilgandan so’ng tuzatiladi. Bu ishlar tuzatilgandan so’ng, quvurlarning ulangan joylari izolyatsiya qilinadi va xandak to’liq ko’milib, sinovning ikkinchi turiga-zichlikka sinash o’tiladi. Zichlikka sinov qilishdan oldin gaz quvurlarining ulangan payvand joylari korroziyaga qarshi izolyatsiya bilan qoplanib, quvur to’la ko’milgan bo’lishi kerak. Shundan so’ng, gaz quvuriga siqilgan havo berilib, manometer ulanadi va ma’lum vaqtdan so’ng manometrga qarab qanchaga bosim pasayganligi aniqlanadi. Sinovlar davrida siqilgan havoning bosimi gaz quvurining turiga bog’liq bo’lib, quyidagicha bo’lishi kerak:
-
Gaz quvurlarining turi
|
Sinov bosimi MPa
|
mustahkamlikka
|
zichlikka
|
Past bosimli (5000 Pa gacha):
Taqsimlash gaz quvuri
|
0,6
|
0,1
|
Xovli gaz quvurlari va binolarga kirish gaz quvurlari
|
|
|
Diametri 100 mm gacha bo’lsa
|
0,3
|
0,1
|
O’rta bosimli (5000 Pa dan 0,3 MPa gacha)
|
0,6
|
0,3
|
Yuqori bosimli (0,3÷0,6 MPa)
|
0,75
|
0,6
|
O’ta yuqori bosimli (0,6÷1,2 MPa)
|
1,5
|
1,2
|
Zichlikka sinash quvurga havo qamalgandan so’ng 24 soat dan keyin boshlanadi. Chunki bu davr ichida quvurga qamalgan sinovchi havoning harorati quruq ko’milgan yerning harorati bilan tenglashishi uchun beriladi. Zichlikka sinash davrida qamalgan havoning boshlang’ich bosimi va bir ikki soatdan keying manometrning ikkinchi ko’rsatkichi aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlar farqi zichlikka sinov davridagi bosim pasayishini ko’rsatadi.
Zichlikka sinash 3 soatdan 48 soatgacha davom etishi mumkin. Ruhsat etilgan bosim pasayishi quvur diametriga va sinov davrining muddatiga bog’liq bo’lib quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bir xil diametrdagi quvurlardan tashkil topgan gaz quvuri uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |