25 - rasm. Gaz quvurlarni o’rnatish balandligi:
1 – mo’rini tozalash tuynugi; 2 – stoyak; 3 - kran; 4 – soplo.
Tik quvurlar devordan 10 – 20 mm masofada qat’iy tik o’rnatilishi kerak. Gaz quvurlar payvandlanadi yoki rezbali biriktirish qismlari vositasida yig’iladi. Rezbali biriktirish qismlari vositasida yig’ishda zichlovchi material sifatida zig’ir tola bilan qo’rg’oshin surikli zamaska ishlatiladi. U tabiiy alif moyi yoki ruxli oq buyoqqa aralashtirilgan bo’ladi.
Maishiy gaz asboblaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari.
Gaz quvurlari yig’ilgandan keyin va gaz asboblari o’rnatilgandan keyin uning germetikligi tekshiriladi.
Ichki tarmoq (kiritish quvuridagi jo’mrakdan to gaz asboblari quvurlaridagi jo’mraklargacha ) havo bosimi bilan sinaladi; bosim qo’l havo nasosi yoki siqilgan gaz balloni vositasida hosil qilinadi.
Zichlikni aniqlash uchun avval gaz asboblarni ajratib qo’yib, tarmoqlarning o’zi 15 daq mobaynida 1 atm bosim ta’sirida sinaladi.
Sinovga qadar keltirish quvurlarining uchlari schetchikka inventar kashak bilan (bo’yincha usulda ) ulanadi. Bosim prujinali manometer bilan o’lchanadi.
Tarmoq ikki marta uzilkesil sinaladi. Birinchi gal sinashni kiritish quvursidagi jo’mrakdan boshlab (asboblar oldidagi jo’mraklarni olib qo’ygan holda ) asboblar oldidagi jo’mraklargacha bo’lgan uchastka tekshiriladi.Tarmoq 700 mm suv ustuni bosimiga teng bosim ta’sirida U - simon suv manometri bilan tekshiriladi. Bosim 10 daqiqa mobaynida 20 mm suv ustuni bosimdan ortiq pasaymasligi kerak. Ikkinchi marta schetchiklar o’rnatilgandan so’ng gaz asboblarni ajratib qo’yib, 300 mm suv ustuni bosimiga teng bosim ta’sirida sinaladi.
Bunda bosim pasayishi 5 daqiqa mobaynida 20 mm suv ustuni bosimidan oshib ketmasligi kerak.
Bosim pasaysa, ulangan joylarga sovun ko’pigi suriladi. Zichlanmagan joylarda sovun pufakchalari paydo bo’ladi.
Agar rezbali biriktirilgan joylarda joylar darajada zichlanmagan yerlar topilsa, bunday joylar qattiqroq buraladi yoki ochib qaytadan o’rnatiladi. Darz ketgan quvurlar va teshik fason qismlar yangi quvur yoki fason qism bilan almashtiriladi yoki gaz, yo bo’lmasa, elektr payvandlagich bilan payvandlanadi. Yoriq, teshik va rakovinalarni suvash, zamazkalash yoki chekanka qilish man etiladi.
Gazni kiritish quvurlari gaz tarmog’idan alohida sinaladi.
Past bosim hovli gaz quvurlari ishonchligi quvurlar ko’milmasdan oldin 3 atm li siqilgan havo bilan sinaladi. Ulangan joylarga sovun ko’pigi surtib tekshiriladi.
Zovurlarga tuproq tortilgandan so’ng, gazoprovodning zichligi ikkinchi marta 1 soat mobaynida 1 atm bosim ta’sirida sinaladi. Bosim yo’l qo’yilgan miqdordan ortiq pasaymasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |