3.2. Maishiy gaz asboblari.
Gaz plitalar
Gaz plitalar yonish mahsulotlarning konforkasidagi gaz sarfi tabiiy gaz uchun 0,2 m3/soat, duxovka yondirgich sarfi 0,5 m3/soat. Gaz plitalarda chala yonish mahsuloti CO<0,03% bo’lishi kerak.
Gaz alangasi tekis zangori bo’lib, sariq – qizil tusda bo’lmasligi kerak. Gaz plitalari tabiiy gaz yoki suyultirilgan gazga mo’ljallanishi faqat ularning yondirgichga gaz beruvchi soplo tegishi bilan farq qilinadi.
Tabiiy gaz uchun soplo diametri 1,2 mm, suyultirilgan gaz uchun esa 0,75 mm ga teng. Bunga sabab, suyultirilgan gazning issiqlik berish qobiliyati kattaligidir. Gaz plitalari 9 qavatdan baland bo’lmagan turar joy binolarida o’rnatilishi mumkin. Undan baland bo’lsa, elektr plitalari qo’llaniladi. Bu chegaralanish texnika xavfsizligi bo’yicha qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |