19 -rasm. Vvodning o’rnatilishi:
1 – g’ilof; 2 – soplo; 3 – kran; 4 – to’siq; 5 – tiqin.
Bеrkitish moslamalarini o’rnatish joylari.
Quvur va armaturalarning ulangan joylari kuzatish mumkin bo’ladigan qilib joylashtirilishi kerak. Shuning uchun ulangan joylarni qavatlar aro yonmalar, devor va to’siqlar orasida qoldirishga ruxsat etilmaydi. Zgonlarni har bir qavatida yoki qavat oralatib tik quvurlarning asosida, shuningdek, tik quvurlar chiqqan har bir shoxobchada o’rnatilishi kerak. Qavatning o’rtasida tik quvur devorga xomutlar yoki ilmoqlar bilan mahkamlanadi.
Xomutlar devorga sement yoki alebastr bilan mahkamlanadi, ilmoqlar yog’och ponalarga qoqiladi; bu ponalar g’ishtin devorlarda oldindan tayyorlangan teshiklarga qoqiladi. Tik quvurlardan asbjblarga boradigan shaxobchalar troyniklar yoki krestovina vositasida o’rnatiladi.
Tik quvurni devordagi olib qo’yiladigan shchit bilan yopiladigan ariqchalarga o’rnatishga ham ruxsat etiladi.
Gaz quvurlar ichki tarmog’ining gorizontal uchastkalari sarf o’lchagichdan tik quvurga va asbolarga tomon hamda tik quvurdan kiritish quvuriga tomon 0,002 – 0,005 nishablik bilan to’g’ri chiziq bo’yicha o’rnatiladi. Gaz quvurlar ilmaklar, xomutlar va kronshteynlar vositasida mahkamlanadi. Diametri 25 mm gacha bo’lgan quvurlar har 3 m dan so’ng, diametri 25 mm dan ortiq quvurlar ko’pi bilan har 4 m da mahkamlanishi lozim. Quvurlar devor sirtidan 15 – 20 mm masofada o’rnatiladi. Ulangan joylarni devor ichida qoldirishga ruxsat etilmaydi, ular qarab turilishi mumkin bo’ladigan qilib joylashtirilishi lozim.
Agarda gaz quvurlar tarmog’ining to’g’ri ketgan uchastkasini talab etilgan nishablikda o’rnatish mumkin bo’lmasa, unda tik tagliklar qo’yiladi. Kondensatni chiqarib yuborish uchun taglik ostiga probkali troynik o’rnatiladi.
Jo’mrak va zulfinlar gorizontal chiziqda tik yo’naltirilgan shpindellar vositasida o’rnatiladi, tik chiziqli esa devorga nisbatan 45º burchak ostida yoki devorga parallel qilib o’rnatiladi.
Montaj qilishdan oldin jo’mraklar va zulfinlarning germetikligini tekshirib ko’rish lozim, ularni qismlarga ajratib, artib-surtish va mineral moy yoki tavot bilan moylash lozim.
Zulfinining germetikligiga ishonch hosil qilish uchun unga kerosin quyib tekshiriladi. Disklar kerosinni 10 daqiqa mobaynida chiqarmasligi kerak. Jo’mraklarning germetikligi yuqori bosimdagi havo bilan tekshiriladi.
Jo’mraklar birinchi marta moylanmasdan tekshiriladi. Bunda tiqinlar va jo’mrak korpusidagi tiqin teshiklari quruqlayin artilgan bo’lishi kerak. Havoning bosimi 700 mm suv ustuniga teng bo’lganda 5 daqiqa mobaynida bosim 10 mm suv ust. dan pasaymasligi kerak.
Ikkinchi marta jo’mraklar moylab tekshiriladi Bunda xuddi avvalgiday bosimda 5 daqiqa mobaynida bosim sira pasaymasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |