O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi d. Q. Maksumova g’. U. Qobilov



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#214120
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
ekologik biotexnologiya

Pivo qoldiq  achitqilari   yuqori sifatli oziq mahsulotlari hisoblanadi. Uning 
tarkibi  oqsil, uglerodlar, yog’ va qimmatli vitaminlardan iborat. Ular V vitamini 
mavjud  bo’lgan  tabiiy  zahiralardan  hisoblanadi.  Antinevrit  vitamin  V 
achitqilarda  shpinat  salat  barglariga  qaraganda  oltmish  marta  ko’proq.    V
2
 
vitamini  esa  sutdagidan  ikki  marta  ko’proq.  Shuning  uchun  fiziologik  jihatdan 
qimmatli, davolash uchun samarali hisoblanadi.          
     Uzum  xom  ashyo  sifatida  xar  xil  maxsulotlar  ishlab  chiqarish  uchun  keng 
qo’llaniladi.  Bularga uzum sharbati, uzum shinnisi (vakuum susla) sharob, 
konyak va magiz kiradi.    Uzum voshlarini mexanik tarkibi sharob ishlab 
chiqarishda katta ahamiyatga ega.    Uzum g’ujumi (mevasi) po’stloqdan, uzum 
etidan va urug’dan iborat. Sharbat va sharob sifatiga uzum voshining qattiq 
qismlari (mevapoyalari, po’sti, urug’i) katta ta’sir ko’rsatadi. 
     Uzum voshidagi g’ujumlar va mevapoyalarning o’zaro vazniy nisbati turli 
navlarda turlicha bo’ladi.  Uzum  boshlarining qattiq qismlarining kimyoviy 
tarkibi, sharob ishlab chiqarishda kata axamiyatga ega, chunki sharbatni turpida 
(po’st qismi bilan) bijg’itishda, mevaroyani, urug’larni va po’stini kimyoviy 
tarkibini bilish texnologik jarayonlarni boshqarishda muxim o’rinni egallaydi.  
Uzum g’ujumi ustida upadek joylashgan pruin moddasi bor. U g’ujumga mayin 
nafislikni baxsh etadi.  G’ujum ustida nixoyatda yupqa joylashgan mum qavati 
uni tashqi ta’siridan, namlik, turli mikroorganizmlardan saqlaydi. Pruin 
moddalarining 2/3 qismi olein kislotasidan, 1/3 qismi esa turli birikmalar – 
spirtlar, efirlar,  aldegidlar, yog’li kislotalardan iborat. G’ujumning asosiy va 
ahamiyatli qismi g’ujumni etidir. Yaxshi pishib yetilgan uzumlarda uning 
miqdori umumiy vaznini 75-85%  ni tashkil etadi. Uzum g’ujumlarini tarkibi 
qandli, azotli moddalardan, fenolli birikmalardan, fermentlar, vitaminlar, efir 
moylari, mikroelementlar va boshqa inson salomatligi uchun zarur bo’lgan 
moddalarga boy. Qishloq xo’jalik xom-ashyolarini kayta ishlanganda ikkilamchi 


17 
 
maxsulotlar  va  ishlab  chiqarish  chiqindilari  hosil  bo’ladi.  Bular  ikkilamchi 
maxsulot  resurslari  (IMR)  hisoblanib,  ular  maksimal  darajada  ishlab  chiqarish 
jarayoniga jalb etiladi. Uzumni qayta ishlash natijasida ikkilamchi maxsulotlar: 
uzum  turpisi,  bandi,  urug’i  va  uzumdan  olingan  sharbat  bijgitishi  natijasida 
achitqilar, cho’kmalar va boshqa chiqindilar hosil bo’ladi. Bu chiqindilar kayta 
ishlangan  uzum  hajmining  20%  ni  tashkil  qiladi.Ikkilamchi  maxsulotlrni 
rasional ishlatishi buyicha xar yili 5 mln. dal gacha etil spirt, 6 ming.t. xashaki 
unlar  va  boshka  yemlar  olinadi.Uzumning  ikkilamchi  maxsulotlari  shingilning 
qattiq  elementlarida  joylashgan.  Ammo  achitqilar,  neytral  kislotalar 
cho’kmalari,  etil  spirti.  Uglerod  to’rt  oksidi,  aromatik  moddalar  va  boshka 
maxsulotlar foydali ozuqa chiqindilari deb e’tirof etiladi.   

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish