Pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilar va ularni qayta ishlash
Solod don mahsulotlari suslosidan va pivo olishda bir qancha chiqindilar
chiqadi. Ular: 1) pivo yanchilmasi;
2) qulmoq (xmel) yanchilmasi;
3) oqsil cho’kmasi;
4) qoldiq pivo achitqilari;
5) uglerod dioksidi.
Pivo yanchilmasi pishirish bo’limining chiqindisi hisoblanadi. 100 kg don
mahsulotlaridan 125-130 kg xom yanchilma (q.m.m.20-25%) yoki 27 kg quruq
yanchilmasi (namligi 12%) chiqadi. U qora mol uchun qimmatli ozuqa
mahsuloti hisoblanadi. Chunki uning tarkibida azotsiz ekstrakt moddalar –41% ;
oqsil –28% ; yog’ – 8,2% ; klechatka – 17,5% va kul miqdori – 5,2%ni tashkil
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |