Qulmoq (xmel) yanchilmasidan xozircha sanoatda foydalanilmaydi. U
juda o’tkir ta’mga ega, xattoki uni qo’shimcha sifatida hayvonlar yemiga oz
miqdorda ham qo’shib bo’lmaydi. Qulmoq (xmel) yanchilmasini ba’zi bir
qishloq ho’jaliklarida hayvonlar uchun pastilka yoki kompost sifatida ishlatiladi.
Oqsil cho’kmasi susloni sovitish va shaffoflashtirish jarayonida tindirish
apparatida yoki susloli separatorda xosil bo’ladi. 100 kg solod va don
mahsulotlaridan 2-3 kg 80% namlikka ega bo’lgan oqsil cho’kmasi chiqadi. U
16
juda achchiq ta’mga ega bo’lgani uchun yemlarga qo’shilmaydi. Hozirgi kunda
uni kanalizasiyaga oqiziladi.