O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
5111700-boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi
9-5 BTUS-19 GURUH TALABASI
XUDOYEVA SHALOLAXONNING
Matematika o'qitish metodikasi
FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM ISHI
MAVZU: Yuz ichidagi sonlarni raqamlashga o’rgatish
REJA:
KIRISH
I.BOB. BOSHLANG`ICH TA`LIMDA SONLARNI RAQAMLASHGA O`RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI
Sonlar haqida umumiy tushuncha
Sonlar ustida amallar bajarishning ilmiy asoslari
II BOB. SONLARNI RAQAMLASH METODIKASI
Birinchi va ikkinchi o‘nlikda raqamlash metodikasi
Yuzlik ichida raqamlash metodikasi
Minglik ichida raqamlash metodikasi
Ko‘p xonali sonlarni raqamlash metodikasi
Mavzuga doir dars ishlanmalaridan namunalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Ma’lumki, fundamental fanlarning yutuqlari, tadqiqot darajasi va ularni amaliyotga joriy etish sur’atlari mamlakat rivojining asosini tashkil etadi. Shu munosabat bilan matematika ta’limining republikamizdagi holati va uni takomillashtirish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan masala hisoblanadi.
Matematika bolalarni tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi shuningdek, matematika o`quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi ularning o`z fikrlarini aniq to`g`ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi.
Respublikamiz birinchi Prеzidеnti I.А.Kаrimоvning yosh аvlоdni bilimli kоmil insоn qilib tаrbiyalаsh to’g’risidаgi, kеlаjаk yosh аvlоd qo’lidа ekаnligi ular bir necha jihatga ega bo`lish lozimligini ta`kidlaydi, ya`ni: “ - o`z haq-huquqini taniydigan bo`lsin, buning uchun kurashsin; - o`z kuchi va inkoniyatlariga tayanadigan bo`lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko`rsin…”. degan fikrlarni aytib o`tgan.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir!
Barkamol inson tarbiyasida boshlang`ich sinf o`qituvchilariga katta ma`sulyat yuklaydi.
Boshlang ‘ ich sinf matematika darslarini fanning oxirgi yutuqlaridan foydalanib tashkil etishda, kam vaqt va kam kuch sarflagan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o ‘ zlashtirish imkonini beruvchi bu jarayonda o ‘
qituvchi va o‘quvchi faol sub’ekt sifatida qatnashadilar. Dars jarayonida o‘ qituvchi muammoli vaziyatlardan, didaktik o‘yinlardan, darsning samarali yangi usullaridan hamda axborot va kompyuter texnologiyalaridan etarli darajada foydalanmas ekan, o‘quvchi uchun uning darsi zerikarli bo‘lib qolaveradi.
6-10 yosh- bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas’ul
davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Shu sababli boshlang ‘ ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang ‘ ich ta’lim metodikasining vazifalaridan biri o‘qitishning etarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o‘qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlagan holda Respublikamiz Prеzidеnti Sh. Mirziyoyev shunday fikr bildiradi “Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo`lgan, bugungi ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g`urur va iftixor bag`ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqiyosli ishlarimizni, xususan ta`lim-tarbiya bo`yicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlaridan biri maktab oldiga qo‘yilgan “ O‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish, ularda yuqori darajada ijtimoiy onglilikni shakllantirish, turmushga, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish kabi vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iboratdir. Shunday qilib boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi, matematikaning boshlang ‘ich kursi ham ta’limiy, ham amaliy vazifalarni hal qilishi kerak.
Shu munosabat bilan biz bitiruv ishimizni umumta’lim maktabi va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning hozirgi davrdagi dolzarb masalalardan bo ‘ lgan boshlang ‘ ich sinflarda son tushunchasini shakllantirishda o‘qitishni uslubiy jihatdan takomillashtirishga bag‘ishladik.
Bolalarni 6-7 yoshdan o‘qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o‘rganish, qo‘shish va ayirishni birinchi bosqichda o ‘ rgatish (yuz ichida)-boshlang ‘ ich ta’limning asosiy vazifasi bo`lib kelgan. Biroq bu yagona vazifa bo ‘ lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama sanoqqa tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘ lib qoladi. U uchta asosiy yo‘ l bilan belgilanadi:
pedagogik yo ‘ l, ya’ni bolalar fikrlashini qo ‘ llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash
matematika yo‘li, ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni , eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‘rganishga tayyorlash orqali.
v ) Bolalarni matematikani o ‘ rganishga tayyorlashda, ishni boshlashda yangicha yechim orqali.
Bugungi kunda asoslanishi lozim bo`lgan holat-o`quvchiga pedagogik yordam ko`rsatish va o`quv biluv jarayonida uni pedagogik qo`llab quvvatlashning qulay shakl va imkoniyatlarini izlab topishdan iboratdir. [II. 2. 31]
Do'stlaringiz bilan baham: |