O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti “Iqtisodiyot va turizm ” fakulteti


O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetida soliqlarning hissasi (foizda)



Download 96,3 Kb.
bet18/18
Sana31.12.2021
Hajmi96,3 Kb.
#206559
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetida
soliqlarning hissasi (foizda)


T/r

Ko`rsatkichlar

Y i l l a r

2014

2015

2016

2017

2018

2019

1.

Davlat byudjeti daromadlari jami

100

100

100

100

100

100

2.

Shu jumladan:






















Soliq tushumlari

91,4

95,3

95,7

96,9

93,3

92,2




Ulardan bevosita soliqlar

36,8

37,5

39,7

49,5

46,3

44,8




bilvosita soliqlar

54,6

57,8

56,0

46,4

47,0

47,4

3.

Boshqa tushumlar

8,6

4,7

4,3

3,1

6,7

7,8



Soliqlar davlat byudjetini to`ldirishdan tashqari

Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda ham muhim rol o`ynaydi. Qadim zamonlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va jarayonlarni tartibga solishda soliqlardan foydalanib kelingan, hatto davlatchilikning shakllanishida ham soliqlar ma’lum rol o`ynagan. Chunki davlatchilikning shakllanishi mukammal, barqaror bo`lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayangan. Shuning uchun davlat paydo bo`lishining dastlabki bosqichlarida moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarni jonlantirishda davlat hukmdorlari har xil soliq to`lovlaridan foydalanib, o`z oldilariga turgan muammolarni yechishga harakat qilishgan.

Davlat soliqlarning ayrim turlarini bekor qilish, yangilarini joriy etish, soliq stavkalari va imtiyozlarini, soliq solish shart-sharoitlarini o`zgartirish orqali muayyan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish, jamiyat uchun dolzarb muammolarni hal etishga imkoniyatlar yaratadi. Masalan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo`jaliklarini rivojlanishini qo`llab-quvvatlash, mahalliy xom ashyodan iste’mol tovarlari va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish uchun bir qancha soliq imtiyozlari berilgan. Asosiy vositalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo`llash foydaning bir qismini qayta jihozlash va ta’mirlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo`naltirib, ular bilan bog`liq xarajatlarni soliqqa tortiladigan bazadan chegirib tashlash orqali ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir etib kelinmoqda

Soliqlarning funksiyalari va soliqqa tortish tamoyillari

Soliqlarning mohiyati, ahamiyati, roli ular bajaradigan funksiyalar orqali yaqqolroq namoyon bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikricha, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo`lib qoladi1. Soliqlar soliq stavkalari, imtiyozlari, jarimalari orqali byudjet munosabatlari va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etuvchi asosiy kuch sifatida ishlatiladi. Soliqlarning asosiy funksiyalari quyidagilar


1Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т., Ўзбекистон, 1995, 204 б.


Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili har bir soliq to`lovchining davlat xarajatlarini qoplashda o`zining daromadi, mulki, to`lash qobiliyatiga qarab ishtirok etishini taqozo etadi.

 Joriy yilning 25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

DSQ matbuot xizmatining yozishicha,

birinchidan,farmonning asosiy maqsadi – iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish va soliq rejimlarini birxillashtirish hisobiga teng raqobat sharoitini yaratishga qaratilgan. Jumladan, 2000 yildan buyon respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida amal qilib, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari orasida eng yuqorilaridan biri edi. Yevropa ittifoqi davlatlarida esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i hanuzgacha baland bo‘lib, Vengriyada 27 foizni, Daniyada 25 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Fransiyada 20 foizni va Rossiya Federatsiyasida 20 foizni tashkil etadi. Farmon bilan respublikada qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, 20 foizdan 15 foiz qilib belgilandi, ya'ni 25 foizga pasaytirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti daromadlaridagi ulushi 30 foizdan ortiq. Shu inobatga olinadigan bo‘lsa, bu juda keskin qadam ekanligi anglashiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlari albatta kamayadi. Lekin, iqtisodiy nazariyadan kelib chiqilsa, biznes sub'yektlari yengilliklarni ijobiy qabul qilib, shaffof va ochiq faoliyat yuritishga o‘tadi. Bu esa, eng muhim maqsad.

Ikkinchidan, farmon bilan tadbirkorlik sub'yektlarini to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishlari uchun qiyinchiliklarga sabab bo‘lgan, soliq organlari tomonidan bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha amaldagi tartib bekor qilindi.

 Joriy yilning 1 sentabr holatiga18,6 mingta ishlab turgan tadbirkorlik sub'yektlarining bank operatsiyalari to‘xtatilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida, ularga ishlab chiqarishda zarur xomashyo sotib olish yoki muhim texnologik dastgoh uchun pul o‘tkazish, ish haqini to‘lab berish imkoniyatini cheklab qo‘yayotgan edi.

Endilikda, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamlarini “xavfni tahlil qilish” (risk-analiz) va ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llagan holda,

30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish tartibini ishlab chiqish va bu me'yorlarni yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga kiritiladi.

 Uchinchidan, ish haqi jamg‘armasiga soliq solishdagi farqlashlarga barham berildi.

 Jumladan, 2020 yildan budjet va ayrim darajadagi soliq to‘lovchilardan tashqari, barcha sub'yektlar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 4609 ta bunday korxonalarda mehnat qilayotgan 664871 ta fuqarolarning ish haqi jamg‘armasidan kelgusi yili o‘rta hisobda 3 trillion so‘mni tejab qolgan holda, ishlovchilarning real daromadlarini oshirishga yo‘naltirish imkoniyati yuzaga keladi.

Prezidentning ushbu farmoni tadbirkorlik sub'yektlari uchun yanada yengilliklar yaratib, mamlakatimizda biznes jarayonlarining jadallashuvi, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va aholining daromadlarini oshishida muhim omil bo‘ladi.

Tadbirkorlik sub'yektlari uchun to‘laqonli ravishda teng raqobat sharoitini yaratish uchun keyingi qadam, yaqin kunlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha mavjud imtiyozlarni bekor qilinishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, soliq organlari tomonidan soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish uchun zamonaviy IT-texnologiyalaridan keng foydalangan holda, ko‘proq ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va samarali (aqlli) soliq yig‘ishga o‘tish talab etiladi.

Xulosa

Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi.

Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.

Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.

Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:

Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqikiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik daromaddir.



Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, soliqqa tortish uslublari ham o'zgarib boradi, soliq ob'ektlarini aniqlash, soliq to'lovchilami hisobga olish ishlari doimo nazorat sifatini rivojlanishi talab qiladi.Jarima va jazo choralari, soliq idoralari tomonidan qonunda belgilangan moddalarga binoan amalga oshiriladi.

Soliq to'lovchilaming qilgan xato va kamchiliklarini nafaqat jazolash, balki soliq qonunlami ularga bo'lgan ta'sirlarini qrganish orqali kelib chiqishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni ham tahlil qilish lozimdir.Korxona va tashkilot awalo ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchidir, sqngra esa soliq to'lovchilar bo'lib hisoblanadilar.

Davlat o'zining fiskal siyosatini amalga oshirishda asosiy bir soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlariga ro'baro' bo'ladi.Soliq to'lashdan bo'yin tovlash deyilganda keng ma'noda quyidagilar tushuniladi.

  • olingan daromad va foyda yashirish;

  • hisoblangan soliqlarni o'z vaqtida to'lamaslik yoki umuman
    to'lamaslik;

  • imtiyozlardan noto'g'ri foydalanish;

  • tegishli hisobotlarni o'z vaqtida to'lamaslik va umuman
    topshirmaslik;

  • boshqa qoidalardan va taqiqlangan metodlardan bevosita va
    bilvosita foydalanish kabilardir.

Soliqqa oid huquq buzilishi - huquqqa zid bo'lgan, aybli harakat yoki harakatsizlik bo'lib, bu bilan majburiyatlar bajarilmaydi yoki tegishlicha bajarilmaydi, soliq munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buziladi hamda ular uchun yuridik javobgarlik belgilangan.

Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka ta'siri juda ham salbiyki, uning natijasida quyidagilarni kelib chiqaradi:

  • davlat byudjeti defitsiti paydo bo'ladi;

  • davlat soliq stavkalarini ko'tara boshlaydi, davlat byudjetini
    to'ldirish maqsadida yangi soliq va to'lovlar qylab chiqiladi;

  • inflyatsiya darajasi ko'tarila boshlaydi;

• davlatning ichki va tashqi qarzlari orta boshlaydi. Yuqorida qayd qilingan sabablarni inobatga olib, soliq to'lovchilarning soliq to'lashdan bo'yin tovlash va uni keltirib chiqaradigan sabablarni soliq xizmati xodimlari doimiy ravishda qrganishlari va bunday holatlarga olib kelmaslik uchun tegishli tashkiliy ishlar, chora va tadbirlarni ко'rib borishlari lozim.

Soliq to'lashdan bo'yin tovlash kabi munosabatlarning kelib chiqish sabablariga quyidagi omillar ta'sir qiladi.

Ma'naviy omillar - bu faktorlar soliq qonunlarini ijtimoiy, doimiylik va daxlsizlik printsiplariga to'g'ri kelmaslik bo'lib, qonunlarning obro'sini va ta'sirini pasaytiradi.

Bundan tashqari soliq stavkalarining yuqori bo'lishi, o'z navbatida, soliq to'lovchilar tomonidan unga nisbatan ichki qarshilik hissini uyg'otadi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash to'g'risidagi turli xil fikrlarga olib keladi.

Masalan; foyda solig'ining stavkasini yuqoriligi, korxonadan foyda olishga bo'lgan ishtiyoqini pasaytirib yuboradi yoki qandaydir yo'llar bilan soliqqa tortiladigan foyda hajmini kamaytirish harakat qiladi. g'ki bo'lmasa, bizning qonunlarimizga asosan soliqlarni realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun emas, balki yuklab jqnatilgan va hali puli to'lanmagan paytdan boshlab hisobga olinishi va boshqalar.

Iqtisodiy omillar - bunda soliq to'lovchilar soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida unga bo'ladigan ta'sirlarni qrganadilar.

Agarda, soliq stavkasi qanchalik yuqori va qo'llaniladigan jarima summalari qanchalik past bo'lsa, soliq to'lovchi uchun shunchalik soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasi samarali bo'ladi.

Albatta, bunday holatlarda soliq soliq to'lovchilar soliq to'lamaslik har qanday yo'llar bilan harakat qilishadi, chunki birinchi tomondan joriy etilgan barcha turdagi soliq va to'lovlarni to'lanishi soliq to'lovchining iqtisodiy holatiga katta ta'sir qilib, uni ahvolini og'irlashtirishiga olib kelishiga ta'sir qilsa, soliq to'lamaslik esa unga o'z iqtisodiy potentsialini saqlab qolishi uchun yagona iqtisodiy yo'l bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Soliq huquqining huquq tizimidagi tabiatini aniqlovchi me'zonlardan biri huquqiy tartibga solish metodidir, ya'ni bu degani ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta'sir etuvchi usul va turlarining yig'indisidir.

Huquqiy tartibga solish metodlarining har biri o'ziga xos xususiyatga ega va ularni umumlashtirgan vaqtdagina huquqiy tartibga solishning maqsad va vazifalari amalga oshadi.

Soliq tizimini huquqiy tartibga solish - soliq munosabatlarini tartibga solishni shunday shaklidirki, uning vositasida ular ishtirokchilarining xatti-harakatlari, ya'ni soliq huquqiy sohadagi qonun me'yorlarini ko'zda tutilgan talablariga majburiy talablari va huquqqa yo'l qo'yishlari ko'rinishida namoyon bo'ladigan davlat idorasi o'z ifodasini topadigan o'z huquqi va majburiyatlarining soliq huquqi sub'ektlari tomonidan bajarilishiga muvofiqlashtirdi. Soliq munosabatlarini huquqiy tartibga solish o'z ichiga huquq me'yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik ma'suliyat, huquqiy ong va boshqa shu kabi tarkibiy unsurlarni oladi.

Ikkinchi tomondan moliyaviy jarimalarni iqtisodiy jihatdan kuchsiz bo'lgan sub'ektlarga qo'llanilishi, nafaqat uni rivojlanishdan balki undan keyin umuman faoliyat ko'rsata olmaslikka olib kelishi mumkin. Chunki barcha foydasini qarzlarni to'lashga sarflamasa, unga hisoblanayotgan ustama foiz summalar ham tobora oshib boraveradi.

Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, soliq to'lashdan bo'yin tovlashning barcha formalari, iqtisodiy qsish sur'ati pasayayotgan hamda tanazzulga uchrayotgan mamlakatlarda yuqori darajada bo'ladi.

Foydalannilgan adabiyotlar

Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1- tom, Toshkent, «O`zbekiston», 1996.

Karimov I. A. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XIII sessiyasida so`zlangan nutq, Toshkent , O`zbekiston , 2- tom, 1995

Karimov I. A. O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma`ruza. T.: O`zbekiston, 3- tom, 1995

Karimov I. A. O`zbekiston: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: O`zbekiston, 3- tom, 1995

Karimov I. A. Mulkdorlar sinfini shakllantirish islohotlarning bosh mezoni. . T.: O`zbekiston, 5- tom, 1997

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. «O‘zbekiston» nashriyoti 1992 yil

O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. Adliya vazirligi «Adolat» nashriyoti 2008 yil

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Adliya vazirligi «Adolat» nashriyoti 2008 yil

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1997 yil.

O‘zbekiston Respublikasining «Soliq maslahati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 2006 yil.

O‘zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlari to‘g‘pisida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1999 yil.

.O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 2000 yil.

O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat nazorati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1998 yil.

Vahobov A. va boshqalar. Budjet - soliq siyosati yaxlitligi. O‘quv qo‘llanma. - T.: Iqtisod va moliya. 2005.285 b.

Vahobov A. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: Sharq 2005. 220 b.

Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.

Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.

Malikov T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.

Yo‘ldoshev Z., Malikov T. Uy xo‘jaligi moliyasi. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.

Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.

Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.
S. Rahmonov "Soliq imtiyozi - rivojlanish kafolati" Xalq so'zi 2009 - yil 28 -yanvar

Qudratov Botir "Soliq va axborot texnologiyalari" Xabar 2010 - yil 16 - aprel

A. Boliyev "Soliq sohasidagi dolzarb vazifalar" Xalq so'zi 2010 - yil 17 - fevral

A. Altiyev "Soliq qommchiligi yanada takomillashtirildi" Xalq so'zi 2010 - yil 15 - yanvar

D. Ulug'murodov "Soliq imtiyozi - manfaatdorlik garovi" Hayot maktabi 2009 -yil 5 - mart

I. Karimov Soliq to'lovchining jurnali 2010 -yil iyul 7-son

F. Bozorov "Soliq tizimi orqali tadbirkorlik tuzilmalarining innovatsion -investitsion faolligini rag'batlantirish" B.P.K. jurnali 2010 - yil 9 - son

Sherzod Jalilov "Yoqilg'i - energetika korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini rivojlantirish yo'llari" B.P.K. jurnali 2010 - yil 11-son

Odiljon Kamolov "Moliyaviy innovatsionlar: soliq tizimidagi interaktiv xizmatlaf' B.P.K. jurnali 2010 - yil 11- son

E. Gadoyev "Inqirozga qarshi choralar: soliq imtiyozlarining maqsadi" B.P.K. jurnali 2010 - yil 12 - son

A. Shamsiyev "E'tiroz va unga asos" Soliq to'lovchining jurnali 2011 - yil iyul

U. Hotamov "Turar joyni ijaraga berish, daromad va soliq" Hurriyat gazetasi 2012 -yil 28-fevral

Ilyos Rahmatov "Yangi amaliyotning afzalliklari" O'zbekiston ovozi gazetasi" 2012-yil 16-aprel

A. Husainov "Soliq-iqtisodiyotning yuragi" Qonun himoyasida jurnali 2004 - yil 1-son

B. Isroilov "Soliq nazorati va uni tashkil etish" Soliq va bojxona xabarlari 2005 -yil 31-oktabr

A. Amonov "Soliqlar va bozor muvozanati" O'zbekiston ovozi 2005 - yil 25 -oktabr



B. Isroilov "Yagona soliq to'lovchining nozik jihatlari" Soliq va bojxona xabarlari 2005 - yil 25-oktabr
Download 96,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish