O`zbekistonda soliq tizimining o`ziga xos xususiyatlari
O`zbekistonda soliq tizimining o`ziga xos xususiyatlari
Soliq (to`lov) elementlari
Soliq (to`lov) ob’yekti-bu
to`lovchida soliq yoki boshqa majburiy to`lov hisoblab chiqarish va to`lash yuzasidan majburiyat keltirib chiqaradigan narsa (daromad, mol-mulk, yer, harakat va ularning natijasi).
Soliq (to`lov) bazasi (soliq solinadigan baza)
soliq (to`lov) ob’yektining soliq (to`lov) summasi hisoblab chiqariladigan miqdori bo`lib, u qiymat (so`m) yoki natural (tonna, kg, litr va boshqa) ko`rsatkichlarda ifodalanadi. Soliq (to`lov) bazasi ikki usulda aniqlanishi mumkin: 1) kassa usuli bo`lib, haqiqatan kelib tushgan daromad, mol-mulk yoki boshqa boyliklar summasi va ular bilan bog`liq real xarajatlar summasi asosida aniqlanadi; 2) hisoblab yozish usuli bo`lib, soliq (to`lov) davrida haqiqatan kelib tushishi yoki tushmasligidan qat’iy nazar kelib tushishi kerak bo`lgan daromad, mol-mulk yoki boshqa boyliklar summasi asosida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |