2.4.2.O’ZGARUVChAN TOK PAYVANDLASh YOYINING ENERGIYA
MANBALARI
Bir postli payvandlash transformatorlari
Payvandlash transformatorlari elektr tokining fazaligi jihatidan bir fazali
va uch fazali, postlarining soni jihatidan bir postli va ko‘p postli bo‘ladi. Bir
postli transformator birgina ish joyini payvandlash toki bilan ta‘minlashga
mo‘ljallangan va shunga mos tashqi xarakteristikaga ega bo‘ladi.
Ko‘p postli transformator bir necha payvandlash yoshGarini (payvandlash
postlarini) bir vaqtda tok bilan ta‘minlash uchun xizmat qiladi va qattiq
xarakteristikaga ega bo‘ladi. Payvandlash yoyining turg‘un yonishini ta‘minlash
uchun va tashqi xarakterIstikasini pasayuvchi bo‘lishiga erishish uchun yoy
zanjiriga drossel ulanadi. Yoy bilan payvandlash uchun payvandlash
transformatorlari konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra ikki asosiy gruppaga
bo‘linadi: normal magnit sochilishli transformatorlar, ular ikki alohida
apparatlardan .(transformator va drossel) yoki bir umumiy g‘ilofdan iborat;
yuqori magnit sochilishli transformatorlar, konstruktiv jihatidan ular rostlash
usuliga ko‘ra farq qiladi (harakatlanuvchi g‘altakli, magnit shuntli, bosqichli
rostlanuvchi transformatorlar).
SSSRda har ikki gruppa transformatorlar ishlatiladi, kyoyingi yillarda esa
yuqori magnit sochilishli va magnit shuntli bir korpusli qilib ishlangan
transformatorlar ko‘proq ishlatilmoqda.
Normal
magnit
sochilishli
transformatorlar.
Alohida
drosselli
transformatorlar. Bunday transformatorlarda magnit sochilishining juda kam
bo‘lishi va transformator chulg‘amlarining induktiv qarshiligi kam bo‘lishi
hisobiga qattiq tashqi xarakteristika olinadi. Pasayuvchi tashqi xarakteristika
induktiv qarshiligi katta bo‘lgan drossel yordamida hosil qilinadi. Drosselli
STE24U va STE34U transformatorlarining texnikaviy ma‘lumotlari 1 jadvalda
keltirilgan.
Drossel o‘rnatilgan STN tipidagi transformatorlar. Bu konstruktsiya
sxemasi bo‘yicha yasalgan va' elektr yoyi bilan dastaki payvandlashga
38
mo‘ljallangan STN500 va STN5001 transformatorlari va flyus ostida avtomatik
va yarim avtomatik payvandlashga mo‘ljallangai TSD500 va TSD20002,
TSD10003 va TSD10004 masofadan boshqariluvchi transformatorlar bor. Bu
transformatorlarning texnikaviy ma‘lumotlari 1jadvalda keltirilgan.
V.
P.
Nikitin
sistemasidagi
STN
tipidagi
transformatorlar
konstruktsiyasining sxemasi va uning tashqi sta£№ harakteristikasi 58 rasmda
ko‘rsatilgan. Transformator chulg‘amlarining magnit sochilishi va induktiv
qarshiligi katta emas, tashqi xarakteristikasi qattiq. Pasayuvchi xarakteristika
induktiv qarshilik hosil qiluvchi 3 reaktiv chulg‘am hisobiga vujudga keltiriladi.
Magnitoprovodning yuqori qismi ayni vaqtda drossel o‘zagining qismi ham
bo‘ladi.
Payvandlash toki kattaligi dasta yordamida vintli mexanizm bilan
siljitiladigan harakatlanuvchi paketni siljitish yo‘li bilan rostlanadi. Bu
transformatorlarda salt yurish kuchlanishi 60—70 v, nominal ish kuchlanishi
U
nom
— 30 v. Magnitoprovodi birlashgan bo‘lishiga qaramay, transformator va
drossel birbiridan mustaqil ishlaydi Elektrotexnikaviy ji hatidan STN tipidvgi
transformatorlar STE tipidagi alohida drosselli transformatorlardan farq
qilmaydi.
Avtomatik va yarim avtomatik payvandlash uchun TSD tipidagi
transformatorlar qo‘llaniladi. TSD tipidagi transformatorlarning salt yurish
kuchlanishi yuqori (78—85 v) bo‘ladi, bu flyus ostida avtomatiq payvandlashda
payvandlash yoyining stabil yoqilishi va yonib turishi uchun zarur.
Transformatorning pasayuvchi tashqi xarakteristikasi reaktiv chulg‘am
vositasida hosil qilinadi. TSD tipidagi transformatorning payvandlash tokini
rostlaidigan maxsus elektr yuritmasi bor. Pasaytiruvchi chervyakli reduktorli
yuritma sinxron uch fazali DP elektr dvigatelini qo‘shish uchun knopkalar bilan
boshqariladigan ikkita PMB va PMM magnit ishga tushirgichdan foydalaniladi.
Magnitoprovod paketi qo‘zg‘aluvchan qisminish siljishi VKB va VKM chetki
viklyuchatellari bilan cheklanadi.
39
Transformatorlarda radio xalaqitlarni yo‘qotuvchi filtrlar bor. TSD10003
va TSD20002 transformatorlari flyus ostida avtomatik va yarim avtomatik
payvandlashdan tashqari legirlangan va kam uglerodli po‘latlardan hosil
qilingan payvand birikmalarini termik ishlashda ham qo‘llaniladi.
Magnit sochilishi o‘suvchi transformatorlar. TS v a TSK tipidagi
transformatorlar induktiv sochilishi yuqori bo‘lgan sterjen tipidagi pasaytiruvchi
transformatorlardir. Ular yoy bilan dastaki payvandlash va eritib yopishtirishga
mo‘ljallangan, shuningdek ingichka simlar yordamida flyus ostnda
payvandlashda ishlatilishi ham mumkin. TSK tipidagi transformatorlarda
birlamchi chulg‘amga parallel holda quvvat koeffitsientini oshiruvchi
kondensator ulangan..
TS va TSQ tipidagi transformatorlarning vibratsiyalanadigan ko‘chma o‘zaklari
bo‘lmaydi, shuning uchun ular dyoyarli tovushsiz ishlaydi. I qo‘zg‘aluvchan va
II qo‘zg‘almas g‘altaklar orasidagi masofani o‘zgartirish bilan payvandlash toki.
Qo‘zg‘aluvchan g‘altakni qo‘zg‘almas g‘altakdan uzoqlashtirganda magnit
oqimlari sochilishi ortadi va chulg‘amlarning induktiv qarshiligi ko‘payadi.
Qo‘zg‘aluvchan g‘altakning har bir vaziyatiga o‘zining tashqi xarakteristikasi
mos keladi. G‘altaklar birbiridan qancha uzoq tursa, magnit kuch chiziqlarining
shuncha ko‘p miqdori ikkinchi chulg‘amni qamramagan holda havo fazosi
orqali tutashadi, tashqi xarakteristika shuncha tik bo‘ladi. G‘altaklar
surilganda bunday transformatorlarda salt yurish kuchlanishi nominal
qiymatdan (60—65 v dan) hamma vaqt 1,5—2 v katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |