O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

3. Antonim affikslar
bir-biriga zid ma’noli qo‘shimchalardir. O‘zbek tilida qo‘shimchalarning 
zid ma’noligi boshqa yondosh hodisalarga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular ko‘proq sifat
yasalishida ko‘zga tashlanadi. Masalan: 
kuchli- kuchsiz, mazali – bemaza, g‘ayratli-serg‘ayrat.
4. Ko‘p ma’noli affikslar
birdan ortiq leksik va grammatik ma’noni shakllantiruvchi 
qo‘shimchalardir. Masalan, 
- chi 
qo‘shimchasi:
 temirchi (asosdan anglashilgan kasbga ega bo‘lgan 
shaxs oti), hasharchi, ijarachi, pudratchi (o‘zakdan anglashilgan faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan 
shaxs oti)
kabi yasama so‘zlardagi 
- chi
ko‘p ma’nolidir. Affikslarning ko‘p ma’noligi shakl 
yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilarga ham xos hodisadir. Xususan,-
lar 
affiksining 
bolalar 
– sof ko‘plik 
ma’nosida, 
unlar
- tur, nav ma’nosida, 
dadamlar 
- hurmat ma’nosida ishlatilishi, ularning nutqiy ko‘p 
ma’noligidan dalolat beradi. 
8-§. O‘zak va affikslarning qo‘shilish tartibi.
Affikslarning o‘zakka qo‘shilish tartibi ham 
o‘ziga xoslikka ega. Xususan, so‘z tarkibida ma’noli qismlar joylashishining odatdagi tartibi asosan, 
o‘zak yoki negiz+ so‘z yasovchi+shakl yasovchi+so‘z o‘zgartuvchi
shaklida bo‘ladi. Masalan: 
qishloq+dosh+lar+imiz, qo‘riqla+di+k.
O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan 
negiz
hosil bo‘ladi. Masalan: 
ter+im, quri+q, tinch+i (moq
) kabilar negizdir. Agar so‘z tarkibida birdan 
ortiq so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etsa, u holda negizning chegarasi oxirgi so‘z yasovchi 
qo‘shimcha bilan belgilanadi. Masalan: 
bil+im+don+lik 
yasalmasida 
bilimdonlik
negizdir. Demak, 
odatdagi tartibga ko‘ra shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar so‘zning o‘zak qismiga 
(bil+di+m) yoki negiziga (
bil+im+lar+dan // bil+im+don +lig+i+ni
) qo‘shilishi mumkin.
Ba’zan, affiks morfemalarning odatdagi tartibida o‘zgarishlar yuz berishi ham mumkin. Bunday 
o‘zgarishlar ko‘pincha uslubiy talablar yoki sheva ta’sirida yuzaga keladi: 
aka+m+lar - 
aka+lar+i+im, ko‘r+di+ng+lar - ko‘r+di+lar+ing.
Ayrim hollarda yasovchi qo‘shimcha shakl 
yasovchi va so‘z o‘zgartuvchidan keyin qo‘shilib yangi ma’noli so‘z hosil qilishi mumkin: 
uka+lar+im+cha
(bo‘lolmaysan), 
tort+in+choq, kuy+in+chak
(kishi) kabi. Bunday holat affiks 
shaklidagi yuklamalar va qo‘shimchalarning o‘zakka qo‘shilishida ham kuzatiladi. Masalan, 
bola+m+gina
so‘zida 
–gina
urg‘usiz bo‘lib, ajratish ma’nosini anglatadi, mazkur yuklama bilan 
shakldosh bo‘lgan otlardagi erkalash qo‘shimchasi 
–gina
esa o‘zakka odatdagi tartibda qo‘shiladi: 
bola+gina+m
. Qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar, odatda, barcha turdagi affiks morfemalardan 
keyin qo‘shiladi: 
kitob+mi, kitob+dan-chi, kitob+lar+da+gina, bog‘+cha+lar+dan+
a kabi. Biroq, 
-
mi
yuklamasi fe’llarga qo‘shilganda odatdagi tartib o‘zgarishi mumkin: 
ko‘r+gan+di+ng+mi// 
ko‘r+gan+mi+di+ng
.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish