O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Buxoro Davlat Universiteti “ Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Turizm (faoliyat yo`nalishlari bo`yicha)” yo`nalishi 3-3 Tur 21-guruh talabasi
Rasulov Ro`zmatjonning
KURS ISHI
Mavzu: O`zbekistonda turizmni rivojlantirishda urf-odatlar va an`analarning o`rni
REJA:
Kirish
I bob.O’zbekistonda milliy urf-odat va an’analarning turizmda tutgan o’rni va turlari.
1.1 Xalqimizning milliy urf-odat va an’analarining tavsifi va tasnifi
1.2 Xalqimizning miiliy an’analari va urf-odatlarining turlari
1.3 Mamlakatimizda xalqaro turizmni rivojlanririshda urf-odatlar va an’anlarning o’rni
II bob.O’zbekistonda urf-odatlar va an’analardan turizmda foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamyati.
2.1 Milliy urf odatlar va hunarmandchilik turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
2.2 Milliy urf-odatlar, an’analar turizmini rivojlantirishda turistik marshrut ishlab chiqishda xizmatlar ko‘rsatish talabi.
2.3 O`zbekistonda milliy urf-odatlar turizmini rivojlantirishning dasturini ishlab chiqish.
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Turizm sohasini rivojlantirish turizm industriyasining tarkibi bo‘lgan ovqatlanish xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lib, bunda ovqatlanish jarayoni u yoki bu jamiyat qaysi tizimda rivojlanishidan qat’iy nazar, iqtisodiyotda mavjud bo‘lishi va aholini ma’lum bir iste’mol tovarlariga talabini qondirishda ishtirok etadi. Shuning uchun ham, ovqatlanish tarmog‘ida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar iqtisodiyot, marketing va menejment kabi muhim unsurlar orqali o‘zining kerakli soha ekanligini namoyon qiladi. Avvalo, ovqatlanish bu ijtimoiy yo‘nalishdagi birlamchi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hamda mehmonlarning ovqat iste’mol qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi faoliyat bo‘lib, ushbu faoliyatni bevosita respublikamiz hududlarida ovqatlanish tashkilotlari amalga oshiradilar hamda to‘liq bajarilishini ta’minlashda faol qatnashadilar.
Demak, ovqatlanish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ovqatlanish bu oziq-ovqatlarni iste’mol qilish jarayoni bo‘lib, ushbu jarayon tashkil etilishi nuqtai nazaridan individual, oilaviy va jamoaviy bo‘lishi mumkin. Ovqatlanish bu xizmat turi sifatida mehmonxonalarda amalga oshiriladigan xizmatlarning muhim bir turi hisoblanadi. Ana shu xizmatlarni keng taraqqiy qildirish uchun iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilig lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida to‘xtalib “... bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to‘lashni yanada oshirish, xizmat ko‘rsatish sektori, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”1, deb ta’kidlab o‘tgan.
Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.
Shu tufayli «Turizm va sayohat Jahon Kengashining ko‘rsatgichi bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi 2013 yilda turizm sohasida eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakatlar qatoriga qo‘shildi2.
Bugungi kunda turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim bo‘ladi.
Hozirgi zamonda o‘zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo‘yi o‘zbek millatining tashkil topishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlaming madaniy malakalari va an’analarining uyg‘unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o‘ta o‘ziga xos, yorqin va turli-tuman bo‘lib, urug‘chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko‘pchiligi oilaviy hayotga oid bo‘lib, bolaning tug‘ilishi va tarbiyasi (beshik to‘yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to‘yi, to‘y) bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha ular islom urf- odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Xalqaro turistlami mamlakatga jalb qiladi, balki uni jahonga tanitishga ham yordam beradi. Aynan mana shu sabablar bitiruv malakaviy islming dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |