O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti


Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari



Download 399,17 Kb.
bet15/16
Sana29.05.2022
Hajmi399,17 Kb.
#616684
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mirjalol bank tizimlari-2

Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda hozirgi vaqtda, respublikada to'lov tizimini mukammallashtirish, to'lov vositalarini rivojlantirish va mijozlarga qulay bo'lgan to'liq avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish asosiy maqsad qilib belgilangan. «Elektron hamyon» sifatida mashhur bo'lgan plastik kartochkalar to'lovlarning barcha turidan xam eng qulay to'lov vositasi sifatida tan olingan. Shuning uchun respublikada bir qator yirik banklar plastik kartochkalar bozorini shakllantirishda aktiv faoliyat ko'rsatmoqdalar. Plastik kartochkalar bozorini rivojlantirishda bir qancha bankomatlar o'rnatilishi, milliy valyuta barqarorligi va mustahkam muhofaza tizimi kabi murakkab ishlar amalga oshirilgandan keyingina ma'lum ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Hozirgi kunda respublikada bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimi amaliyotga keng tadbiq etilmoqda. Bu tizimda bank mijozlari to'g'ridan-to'g'ri ofis yoki uyidan turib to'lovlarni amalga oshirilishi ko'zlangan. Bank xizmatining bu yangi ko'rinishi pul-mablag'larining boshqarilishini faollashtirish bilan birga bank mijozlari sonining oshishiga, bank va mijoz o'rtasidagi moliyaviy faoliyatni yanada rivojlantirishga olib keladi. Umaman olganda elektron to'lovlar amalga oshirilayotganda to'lov tizimining sub'ektlari o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmui to'lov tizimidir.Hozirgi kunda to'lov tizimining quyidagi turlari mavjud: banklararo to'lov tizimi; bankning ichki to'lov tizimi; chakana to'lovlar tizimi.Banklararo to'lov tizimi banklar o'rtasidagi elektron to'lovlarni banklarning O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo'ljallangan.Banklararo to'lov tizimining qoidalari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Bankning ichki to'lov tizimi bank filiallari va mijozlari o'rtasida elektron to'lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to'lov tizimi bilan o'zaro harakatda bo'lish uchun mo'ljallangan.Bankning ichki to'lov tizimi qoidalari to'lov tizimining a'zosi – bank tomonidan belgilanadi.Chakana to'lovlar tizimi bank kartalari va boshqa elektron to'lov vositalari (bundan buyon matnda elektron to'lov vositalari deb yuritiladi) qo'llanilgan holda elektron to'lovlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan. Elektron to'lov vositasi uning mazkur chakana to'lovlar tizimiga mansubligini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan farqlovchi belgilarga (tovar belgisiga, xizmat ko'rsatish belgilariga) ega bo'lishi kerak.
Chakana to'lovlar tizimining qoidalari mazkur chakana to'lovlar tizimini tuzgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining elektron to'lovlarni tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlari to'lov tizimining barcha sub'ektlari uchun majburiydir.
Shunday qilib, O'zbekistonda jahon talablariga javob beradigan elektron usulda to'lovlarni amalga oshiradigan milliy to'lov tizimi yaratildi va kundan-kunga rivojlanib bormoqda.


Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish