O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti



Download 399,17 Kb.
bet1/16
Sana29.05.2022
Hajmi399,17 Kb.
#616684
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mirjalol bank tizimlari-2




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

___________________________________________kafedrasi

___________________________________ fanidan


__________________________________________________mavzusida

KURS ISHI


Bajardi:___________________________
Rahbar:__________________________

BUXORO – 2022

Mundarija:

Kirish……………………………………………………………………………..1BOB To’lov tizimini tashkil etishda banklarning ishtiroki va vazifalarining nazariy asoslari……………………………………………………………………


    1. To'lov tizimi va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati……………………………....

    2. To'lov tizimini tashkil etishda banklarning ishtiroki…………………………..

    3. Banklarda to'lov tizimini tashkil etish va ular bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish………………………………………………………………….

2BOB O’zbekiston Respublikasida to’lov tizimini tashkil etishda olib borilayotgan amaliy ishlar…………………………………………………………
2.1 O’zbekiston Respublikasida to’lov tizimining rivojlanish bosqichlari…………..
2.2 O’zbekiston Respublikasida bank tizimi va boshqa kredit muassasalari…………
Xulosa…………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………..

Kirish.


Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Gap shundaki, hozirgi davrda banklar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib turlicha bo‘lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi. Masalan, birinchi darajali toifaga kiruvchi chet el banklari o‘z mijozlariga 300 dan ortiq turli xil xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu operatsiyalarning va xizmatlarning barchasi bir vaqt va bir joyda paydo bo‘lmaganligi sababli ham bank ishining “boshlang‘ich” nuqtasini aniqlash aniq tadqiqotlar olib borishni va ular asosida ma’lum bir fikrlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Banklarning paydo bo‘lishi tarixi bo‘yicha ba’zi bir fikrlar to‘g‘risida siz tushunchaga egasiz.
Banklar faoliyatining eng “qadimgi” operatsiyalari bo‘lib, pullarni saqlab berish bo‘yicha operatsiyalar hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan ma’lum obro‘ga va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Evropa mamlakatlarida cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari (masalan, Delfiya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida o‘ziga xos bank muassasalari bo‘lib xizmat qilgan. Yillar o‘tishi bilan o‘sha qadimgi davrlardan boshlab, ayrim hollarda qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan. Banklarning kelib chiqishiga bag‘ishlangan mavjud adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, banklarning paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich zamini birinchidan, pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan, pul mablag‘larini almashtirib berishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Pul ayrboshlash bo‘yicha ehtiyoj alohida paydo bo‘lgan. Bunda Evropani yorqin misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘rta asrlarda tangalarning yagona tizimi mavjud bo‘lmagan. Savdo turli mamlakatlar, shaharlar, hatto alohida shaxslarning tangalari orqali olib borilgan. Barcha tangalar turli vazn, shakl va nominalga ega edilar. SHuning uchun tangalar bilan shug‘ullanuvchi va ayirboshlashni olib bora oladigan mutaxassislar o‘z ayirboshlash stollari bilan qizg‘in savdo ketayotgan joylarga joylashishgan. SHu bois, “bank” so‘zi italyancha “banco” - ayirboshlovchining oldidagi stol degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bunga o‘xshash operatsiyalar bundan ancha avvalgi davrlarda qadimgi Gretsiya, Rim, SHarqda amalga oshirilar edi.
Pulni saqlash va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yig‘ilgan boyliklar - pullar samarasiz, harakatsiz yotganini tushunishar va agar mavjud mablag‘larning hech bo‘lmaganda bir qismini bo‘lsa ham vaqtinchalik foydalanishga berilsa, sezilarli foyda olish mumkinligini bilishar edi. SHunday qilib, garov asosida pullarni ma’lum muddatga qaytarish va foiz to‘lash shartlari bilan berishayotgan ssuda (kredit) operatsiyalari paydo bo‘lgan. Bunda garov sifatida uylar, kemalar, qimmatbaho buyumlar, chorva mollari, qullar qabul qilingan.
Bir bank, aniqrog‘i pulni saqlab beruvchi xizmatlaridan bir-biri bilan o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘langan bir necha shaxslar foydalanish mumkin bo‘lgani uchun, asta-sekin mijozlarga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish operatsiyalariga ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. Dastavval ular quyidagicha amalga oshirilar edi. Har bir omonatchi pulni saqlab beruvchida uning ismi yozilgan jadval shaklidagi o‘z hisob varaqasiga ega bo‘lgan. Bu jadvalda pullarning harakati (kirim yoki chiqim) aks ettirilar edi. Butun operatsiyani pulni saqlab beruvchi-bankir omonatchining og‘zaki yoki yozma buyrug‘i bilan amalga oshirar edi. Bunda mos o‘zgarishlar o‘zaro hisob- kitoblarda ishtirok etuvchi shaxslar jadvallariga kiritilar edi. Bu eng sodda xizmatlar naqd pulsiz hisob-kitoblarning dastlabki shakllarini tashkil qilgan.
Barcha yuqoridagi operatsiyalar dastlab alohida mavjud bo‘lgan va keyinchalik ular biz bank deb nomlashga odatlangan bir xil tashkilotlar chegaralarida birlashganlar. G‘arbiy Evropada oddiy ayirboshlash idoralaridan bank uylariga o‘tish jarayoni XVI-XVII asrlarda ro‘y berdi.
Ko‘pchilik iqtisodchilar bank mohiyatini ssuda (kredit) operatsiyalarida ko‘rishga moyildirlar.
SHuni hisobga olish kerakki, har bir davlatda bank faoliyatining qonuniy tariflarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. SHunday qilib, bank ishining asrlik an’analariga ega Angliyada 1979 yilda banklar to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Unda “bank” atamasining ta’rifiga alohida e’tibor berilgan. Britaniyalik qonun chiqaruvchilar bank ta’rifini ancha soddalashtirganlar, ya’ni ular bank deganda Angliya Davlat Banki bank deb tan olgan har qanday kompaniya tushunilishi mumkinligini qayd etganlar. To‘g‘ri, o‘z navbatida Angliya Banki Jahon tajribasi nuqtai nazaridan umum tan olingan bank xususiyatlariga ega bo‘lgan mezonlarni o‘rnatgan. Xususan, bank maqomiga da’vo qiluvchi kompaniya omonatlar qabul qilayotgani, kreditlar berayotgani, eksport-import moliya operatsiyalarini amalga oshirayotganligi, valyuta ayirboshlayotganligi, investitsion xizmat ko‘rsatayotganligi va moliya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlar berayotganligini isbot qilishlari ham kerak.

Respublikamizda bank tizimi va uning faoliyati jahon andozalariga tobora yaqinlashib bormoqda. Bank tizimini erkinlashtirish va erkin raqobat sharoitiga moslashtirish ko'zda tutilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va uni isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risidagi» Farmoni chiqarilib, unda «Moliya-bank tizimini isloh qilish siyosatini takomillashtirish, uning ko'proq aniq-oydinligini ta'minlash, iqtisodiyotda to'lovlar va xisob-kitoblar mexanizmini mustaxkamlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishi» lozimligi belgilab berilgan edi. Bu vazifaning bajarilishi aynan to'lov tizimi bilan bog'liqdir. Shuning uchun, avvalo, to'lov tizimi tushunchasini ko'rib chiqamiz.


Iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllariga tegishli bo'lgan kompaniya va firmalar faoliyat ko'rsatib, ular doimo bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.
Chunki korxona va tashkilotlar bir-birlari bilan oldi-sotti munosabatlarini o'rnatadilar, bu munosabatlar o'zaro hisob-kitoblar orqali hal qilinadi. Bu hisob-kitoblarni o'tkazish uchun ma'lum bir tizim mavjud bo'lishi lozim. Agar o'zaro hisob-kitob qilayotgan firmaga bitta bank xizmat ko'rsatsa, to'lovlar juda tez va sodda sxemada o'tkaziladi, ya'ni hisob-kitoblar bir bankning ichida bajarilib, bir korxona hisobvarag'idan ikkinchi korxona hisobvarag'iga ma'lum bir summani o'tkazish orqali bajariladi. Agar hisob-kitob qilayotgan firmalar turli bank xizmatidan foydalansalar, u holda to'lovni bir bankdan ikkinchi bankka o'tkazish uchun ma'lum bir to'lov tizimidai foydalanishga to'g'ri keladi. Bu to'lov tizimi arzon, qulay shu bilan birga xavfsiz ham bo'lishi lozim. Agar to'lov tizimi rivojlangan bo'lsa, undan foydalanish sur'ati ham oshib boradi.

To'lov tizimlari turli shakllarda tashkil etiladi, lekin ularning maqsadi doimo bitta, ya'ni aholiga va xo'jalik sub'ektlariga o'z pul mablag'larini bir bankdagi hisobvaraqdan boshqa bank hisobvarag'iga tez o'tkazib berishni ta'minlashdir. To'lovchi va to'lovni oluvchi uchun muqobil yo'l bo'lib naqd pul orqali hisob-kitob qilish yoki barter bo'lishi mumkin. Lekin bunday hisob-kitoblar ko'p hollarda cheklangan bo'ladi.



Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish