O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti


BOB O’zbekiston Respublikasida to’lov tizimini tashkil etishda olib borilayotgan amaliy ishlar



Download 399,17 Kb.
bet4/16
Sana29.05.2022
Hajmi399,17 Kb.
#616684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mirjalol bank tizimlari-2

2BOB O’zbekiston Respublikasida to’lov tizimini tashkil etishda olib borilayotgan amaliy ishlar
2.1 O’zbekiston Respublikasida to’lov tizimining rivojlanish bosqichlari
Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng samarali va jahon talablari darajasida deb hisoblangan respublika to‘lov tizimining rivojlanishi to‘rt bosqichga bo‘linadi:
1-bosqich
1991 yil
Viloyatlar ichida hisob-kitoblar pochta va tashuvchilar orqali yagona hisoblash markazida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir haftani tashkil etar edi. Viloyatlararo hisob-kitoblar ham pochta orqali avizo hujjatlari asosida amalga oshirilgan. Bunda mablag‘lar bir mijozning hisobvarag‘idan ikkinchi mijozning hisobvarag‘iga bir oydan ikki oygacha bo‘lgan muddat mobaynida kelib tushar edi.
1992 yil
Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazida banklararo hisob-kitoblarda elektron pochta usuli yaratish ustida ishlandi. Shuningdek bank amaliy ish kunini kompyuterlar vositasida bajarish amaliy dasturini yaratish va ularni banklarda tadbiq etish bo‘yicha ish olib borildi.
1993 yil
Shu yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish yuzasidan Markaziy bankda va uning hududiy Bosh boshqarmalarida axborotlashtirish boshqarmasi va bo‘limlari tashkil etildi. Banklararo maxsus ajratilgan aloqa kanallari vazifasida elektron to‘lov tizimini ishga tushirish borasida ish olib borildi. Respublika bank tizimini axborotlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Sobiq Ittifoq respublikalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va ularga xizmat ko‘rsatish amaliy dasturi yaratildi. Markaziy bankning hududiy boshqarmalari to‘liq kompyuterlashtirildi. Ya’ni bir paytda respublika elektron to‘lov tizimini zamini yaratila boshlandi. Shu yilning dekabr oyidan boshlab juda qisqa muddat uch oy mobaynida Sobiq Ittifoq respublikalari bilan 1991, 1992 hamda 1993 yillardagi yig‘ilib qolgan o‘zaro hisob-kitoblar, qarzlar hisoblab chiqildi va 1994 yilning mart oyiga kelib bu borada aniq ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
1994 yil
18 mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 146-sonli “Bank tizimini takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Markaziy bank tizimida elektron pochtalarni joriy etishni oktabrga qadar tugallash vazifasi yuklatildi. Shuningdek, Qarorda respublika bank kompyuter tizimini yaratish uchun zarur valyuta mablag‘larini ajratish ham ko‘rsatildi.
13 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi. Unga asosan banklar qator soliqlardan ozod qilindi va bo‘shagan mablag‘larni o‘z faoliyatini kompyuterlashtirishga sarflash shart qilib qo‘yildi. Mazkur Qarorlarga binoan tijorat banklarining bo‘limlari kompyuterlashtirila boshlandi va ular elektron to‘lov tizimiga qo‘shib borildi.
Avgust oyi oxiriga kelib mustaqillikning uch yilligi sharafiga elektron to‘lovlar vaqtinchalik Nizomi yaratildi.
Oktabr oyidan boshlab esa elektron pochta respublika bank tizimida ishga tushirildi.
Respublika bank tizimida buxgalteriya hisob-kitoblarni va bank amaliy ish kunini umumiy bir ko‘rinishga keltirish uchun zarur ishlar amalga oshirildi.
Markaziy bank qilingan bu ishlar bilan cheklanib qolmasdan o‘zining mutaxassislari kuchi bilan elektron to‘lov tizimi amaliy dasturini respublika miqiyosida tadbiq etish ustida ham tinimsiz ish olib bordi va 1995 yil uchun zamin yaratdi.

Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish