O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


 Tegirmonda donning yuzasiga quruq ishlov berish jarayonining



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/184
Sana31.10.2020
Hajmi1,8 Mb.
#50679
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184
Bog'liq
un va yorma texnologiyasi

3. Tegirmonda donning yuzasiga quruq ishlov berish jarayonining 
ahamiyati. 
 
Tegirmonning  tayyorlov  bo`limida  har  xil  chiqindilardan  ajratib 
tozalangan  don  yana  qo`shimcha  ishlov  berishni  talab  qiladi.  Donni 
transportirovka qilishda va saqlashda donning yuzasida yig’ilib qolgan chang 
va  qotib  qolgan  loylar  quruq  ishlov  berish  jarayonida  ajratiladi.  Bundan 
tashqari  donlar  travma  olishi  natijasida  qobiqlari  zararlanadi  va  qisman 
qo`poriladi. Bu donlar noqulay sharoitda saqlangan bo`lsa, donning yuzasida 
mogorli griblar rivojlanadi. Bunday ifloslikni yo`qotish uchun donni yuzasiga 
quruq yoki ho`l usulda ishlov beriladi. Quruq usulda ishlov berish kamchinli 


 
30 
va shutkali mashinalarda yoki A1-ZSHN rusumli qobiq ajatuvchi mashinasi-
da  bajariladi.  Namlab  ishlov  berish  usulida  donni  yuzasiga  ishlov  berish 
uchun  yuvadigan  mashinalar  yoki  namlab  qayroqlaydigan  (A1-BMSH 
rusumli) mashinalar qo`llanadi. 
Tegirmonda  donni  oddiy  un  tortishga  tayyorlash  sxemasida  va  javdar 
donidan  navli  un  tortishda  qobiq  ajratuvchi  qamchinli  mashinalar  donga 
gidotermik  ishlov  berishdan  oldin  o`rnatiladi.  Bug’doy  donidan  navli  un 
tortishda  qamchinli  mashinalar  gidrotermik  ishlov  berishdan  oldin  va  keyin 
ham o`rnatiladi. 
Donning  yuzasiga  quruq  ishlov  berganda  qamchinli  mashinalarda  don 
massasi  tarkibida  qotgan  tuproq  bo`lakchalari  bo`lsa  ular  maydalanadi, 
donning yuzasi changlardan tozalanadi, qisman donning qobiqlari va murtagi 
ajratib olinadi. 
Donning  yuzasiga  ho`l  usulda  ishlov  berishda  yuvuvchi  mashinalar 
qo`llanilsa  don  intensiv  yuviladi  -  donning  nafaqat  yuzasidan  balki  uning 
jo`yakchasidan  ham  chang  va  mikroorganizmlar  olib  tashlanadi.  YUvuvchi 
mashinalarda  donning  yuzasini  tozalash  bilan  birgalikda  yana  don 
massasidan  gidrodinamiq  yengil  (boshoq  qismlari,  poyasi,  barglar,  puch 
donlar  va  boshqalar)  va  og’ir  chiqindilar  (nomagnit  metal  bo`lakchalari, 
shisha va boshqalar) olib tashlanadi. 
YUvuvchi  mashinalarda  donni  yuvish  uchun  faqat  odam  ichadigan  suv 
ishlatiladi. Bir tonna donni yuvish uchun 2 metr kub suv sarf qilinadi. Donni 
yuvilgan  suvida  ko`p  miqdorda  iflosliklar  va  mikroorganizmlar  bo`ladi.  Bu 
suv kanalizatsiyaga yuborilishidan oldin tozalanishi kerak. 
Namlab qayroqlovchi mashinalarda don namlanadi va qayroqlanadi. Bu 
mashinalarda yuvuvchi mashinalarga nisbatan 5-10 barobar suv miqdori kam 
talab qilinadi. 
Donlarning yuzasiga quruq ishlov berishda donning strukturali-mexaniq, 
fizik-kimyoviy  va  texnologik  xossalari  o`zgaradi.  YUqoridagi  meva 
qobiqlarni qisman olib tashlash natijasida donning mustahkamligi kamayadi, 
bu  donni  maydalashga  ketadigan  elektr  energiyasi  sarfini  kamaytiradi. 
Qobiqdan  ajratilgan  donga  suv  tezda  singadi  va  endospermda  gidrotermik 
ishlov berish jarayoni jadal boradi. 
Ishlab chiqarish sharoitida donning yuzasiga ishlov berish samaradorligi 
donning  kuldorligini  kamayishi  bilan  baholanadi.  Bunda  qo`shimcha  singan 
donlarning  miqdorini  oshishi  ham  hisobga  olinadi.  Ho`l  usulda  donlarga 
ishlov berilganda donning namligini oshishi ham aniqlanadi. 


 
31 
Donlarni  yuzasiga  ishlov  berganda  donning  kuldorligi  quyidagicha 
kamayishi shart: 
1. Kamchinli mashinalarda 
- 0,03 - 0,05 %; 
2. YUvuvchi mashinalarda yoki namlab 
qayroqlovchi mashinalarda 
- 0,03 - 0,05 %; 
3. A1-ZSHN rksumli mashinalarda  - 0,08 - 0,12 %; 
Singan  donlarning  miqdori  ko`payishi  2  %  dan  oshmasligi  kerak. 
Donlarni  yuvganda  yoki  namlab  qayroqlaganda  donni    mikroorganizmlar 
soni  4-5  barobar  kamayadi,  don  A1-ZSHN-3  rusumli  mashinalarda 
qayroqlanganda mikroorganizmlar soni yanada ko`proq kamayadi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish