O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


 Tegirmon va yorma zavodida donga gidrotermik ishlov berish



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/184
Sana31.10.2020
Hajmi1,8 Mb.
#50679
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184
Bog'liq
un va yorma texnologiyasi

6. Tegirmon va yorma zavodida donga gidrotermik ishlov berish 
jarayoni. 
Tegirmon  va  yorma  zavodlarida  donga  gidrotermik  ishlov  berish 
avtomatik  ravishda  nazorat  qilish  va  sozlash  sistemalariga  ega  bo`lgan 
murakkab  mashina  va  apparatlar  bilan  bir  qatorda,  yana  oddiy  namlovchi 
mashina  va  namiqtiruvchi  bunkerlarda  olib  boriladi.  Bularning  hammasi 
texnologik sxema orqali bog’langan bo`lib, donning xossalariga ta’sir qilishni 
ketma- ketligini belgilaydi. 
Gidrotermik  ishlov  berish  jarayonida  donga  suv  va  issiqlik  bilan  ta`sir 
qilinadi.  Bu  jarayonni  rejimlarini  aniqlovchi  o`lchamlarga  (parametrlarga) 
quyidagilar  kiradi:    namlik,  temperatura,  bosim  va  jarayonni  davom  etish 
vaqti. 
Tegirmonda  donga  gidrotermik  ishlov  berishning  quyidagi  usullari 
qo`llanadi: 
1. Sovuq konditsionerlash usulida; 
2. Tezlashtirilgan konditsionerlash usulida; 
3. Issiq konditsionerlash usulida. 
Sovuq  usulda  don  temperaturasi  14-20  S
0
  bo`lgan  suv  bilan  namlanadi 
va bunkerlarda namiqtiriladi. Bu usulda don qizdirilmaydi. 
Tezlashtirilgan  usulda  don  to`yintirilgan  bug’  bilan  bug’lantiriladi  va 
keyin sovuq suvda yuviladi. 
Issiq konditsionerlash usulida don sovuq suv bilan namlanadi va har xil 
isitgichlarda  (ul’tratovush,  yuqori  chastotali  toklar,  infraqizil  nurlar  va 
boshqalar) qizdiriladi. 
Donni  maydalovchi  mashinaga  (I-Yormalash  sistemasini  valli  dast-
gohiga) yuborishdan oldin qo`shimcha 0,3-0,5 % ga namlash va 20-40 minut 
davomida  namiqtirish  bu  gidrotermik  ishlov  berish  usullari  uchun 
majburiydir.  Bu  donni  yuqori  qobiqlarini  (meva  va  urug`’  qobig’i,  aleyron 
qatlami)  namlash  uchun  kerak  bo`lib,  qobiqlarning  eguluvchanligini 
(elastikligini)  oshiradi,  qobiqlarni  juda  ham  maydalanmaydi,  kepakni  katta 
bo`lakchalarini hosil qiladi va g’alvirlarda undan oson ajraladi. 
O`zbekiston  Respublikasidagi  tegirmonlarida  donga  gidrotermik  ishlov 
berishning sovuq konditsionerlash usuli qo`llanadi. Bu usulni tashkil qilinishi 
va  boshqarilishi  oddiy,  lekin  namlangan  donni  namiqtirish  uchun  ko`proq 
bunkerlar hajmi talab qilinadi. 


 
33 
Sovuq  usulda  donga  gidrotermik  ishlov  berish  quyidagi  tartibda 
bajariladi (2-rasm): tozalangan donga namlab qayroqlovchi mashinada ishlov 
beriladi,  qo`shimcha  namlanadi  va  namiqtiriladi.  YUqori  shaffofli  don  ikki 
marta namlanadi va ikki marta namiqtiriladi.  
Navli  un  tortishda  bug’doy  doniga  sovuq  usulda  gidrotermik  ishlov 
berish rejimlarining taxminiy ko`rsatkichlari 5-jadvalda keltirilgan. 
Navli  un  tortishda  bug’doy  doniga  sovuq  usulda  gidrotermik  ishlov 
berish  rejimlarini  ko`rsatkichlari  taxminiydir,  chunki  har  bir  don  partiyasi 
o`zini  boshlang’ich  xossalarini  har  xilligi  bilan  va  namlikni  o`zgarishiga 
individual  reaktsiyalari  bilan  tavsiflanadi.  Tegirmonlarda  texnologik 
jarayonlarni  tashkil  qilish  va  olib  borish  qoidalari  asosida  injener-texnolog 
tanlagan  gidrotermik  ishlov  berish  rejimlarini  laboratoriyada  va  ishlab 
chiqarishda un tortish yo`li bilan bilan tekshirib ko`rishi shart. 
5-jadval  
Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berish 
rejimlarining taxminiy ko`rsatkichlari 
Bug’doy 
tipi 
Bug’doyni umumiy shaffofligiga 
(%) qarab namiqtirish vaqti, soat 
I Yormalash sistemasiga 
yuboriladigan bug’doyni 
namligi, % 
 
60 
60...40 
40 

II 
III 
IV 
8...15 
16...24 
8...16 
16...20 
6...12 

6...12 
12...16 
4...8 

4...8 
6...12 
14,5...16,0 
15,5...16,5 
14,0...15,0 
15,0...16,5 
 
Donga  tezlashtirilgan  konditsionerlash  usulida  ishlov  berish  quyidagi 
tartibda  bajariladi  (3-rasm):  don  ASK  rusumli  bug’lovchi  apparatda  qisqa 
vaqt (20-40 sekund) bug’langandan so`ng bir necha minut issiqlik bunkerida 
saqlanadi.  Keyin  issiq  don  yuvuvchi  mashinada  sovuq  suvda  yuviladi  va 
namlikni  oluvchi  mashinaga  yuboriladi.  Don  qo`shimcha  namlanadi  va 
namiqtirish  uchun  bunkerlarga  yuboriladi.  Agar  donning  boshlang’ich 
namligi past bo`lsa, donni namlikni oluvchi mashinaga yuborish shart emas. 
Don  bunda  tugridan  to`g’ri  namlovchi  mashinaga  yuboriladi.  Agar  donni 
qo`shimcha  namlashga  hojat  bo`lmasa,  namlovchi  mashina  sxemadan  olib 
tashlanadi.  
 
 


 
34 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish