3. Donning unboplik xossalari.
Donning unboplik xossalari donni maydalashda hosil bo`ladigan
mahsulotlarning (un, yorma va dunst) chiqishi bilan belgilanadi.
Donni maydalanish qobiliyati bu ko`rsatkich laboratoriya tegirmonida
don namunasini qayta ishlash yo`li bilan aniqlanadi. Bunda oraliq yorma
mahsulotlarining miqdori va sifati, tortilgan unni sifati va un tortishga
sarflangan elektr energiyasi miqdori aniqlanadi. Bu ko`rsatkichlarning
umumiy natijasi donni unboplikligini to`la va aniq baholaydi.
Un, yorma va dunst sifatida oraliq mahsulotlarning chiqishi donning
yorma hosil qilishi deyiladi. Bu ko`rsatkichlardan yormalar va dunstni
chiqishi qancha ko`p bo`lsa, donning unboplik xossalari ham shuncha yaxshi
bo`ladi.
Donlarning unbopligi un tortishga tayyorlangan don aralashmasida
namoyon bo`ladi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |