9. Boyitish va silliqlash jarayoni.
Boyitish jarayonida yormachalar alohida yiriklik fraktsiyasi bo`yicha
havoli-g’alvirli mashinalarda elak va havo oqimi yordamida boyitiladi.
Havoli-g’alvirli mashinalarda elaklar kelayotgan yormachaning yirikligidan
kelib chiqqan holda tanlanadi. Havoli-g’alvirli mashinalardan keyingi
mahsulot sifati bo`yicha taqsimlanadi: juda ko`p miqdorda qobiqlari bo`lgan
yormachalar III va IV yormalash sistemalariga qaytarib yuboriladi; en-
dospermda qisman qobig’i bo`lgan yormachalar qo`shimcha ishlov berish
uchun silliqlash jarayoniga yuboriladi; boyitilgan yormachalar birinchi
yanchish sistemalariga yuboriladi.
Silliqlash sistemalariga kelayotgan yormachalarni maydalash shunday
rejimlarda olib boriladiki, bunda endosperm qismi maydalanadi, qobiqlar
maydalanmasdan butun holida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |