O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti Til nazariyasi va metodikasi kafedrasi Sobit Avezov, Tavakkal Choriyev


Til – tarixiy o’zgaruvchan ajdodlarimizning ma'naviy merosi



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/84
Sana20.03.2022
Hajmi0,91 Mb.
#504420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
til va nutq ostirish metodikasi

Til – tarixiy o’zgaruvchan ajdodlarimizning ma'naviy merosi.
Shunday ekan, tarbiyachi uni yosh avlodga tilning hozirgi zamon 
me'yorlari asosida etkazishi zarur. Tarbiyachining o’zi yangi zamon 
leksikasi, grammatikasi, orfoepiyasi, fonetikasi xususida to’la 
tasavvurga ega bo’lishi darkor. 
Til kishilar o’rtasidagi kommunikativ (aloqaviy) munosabat 
uchun xizmat qiluvchi vosita. Har bir inson o’z orzu-intilishi, 
kurashi, o’y-xayollarini til orqali bildiradi. Shunday ekan, tilni 
egallash, uning adabiy me'yorlariga qat'iy rioya qilish inson 
madaniyatining yuksak namunasidir. 
Xalqimizning milliy tili-o'zbek tilidir. O'zbek tili- millatimizning 
ma'naviy boy merosi. O'zbek tiliga ish ko'rish, uni asrash, boyitish 
hukumatimiz 
tomonidan 
himoya 
qilinadi. 
"O'zbekiston 
Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir"
- deyiladi davlatimizning 
Asosiy qonunining 4-moddasida. Tilimizning boyligi, go’zalligi va 
nafisligi ulug’ shoirlarimiz A.Navoiy, Z.M.Bobur, Mashrab, Ogahiy, 


9
Muqumiy, Furqat hamda A.Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon, A.Qaxxor, 
A.Oripov, E.Vohidov, O’.Hoshimov, Sh.Xolmirzayev kabi mumtoz va 
zamonaviy adiblarimiz ijodida o'z ifodasini topgan.
Mustaqilik g’oyalari jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
sohasida o’z aksini topmoqda. Ma’lumki, adabiy tilda gapirish 
kishilarning bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi. Nutqning 
jozibadorligi, ta'sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa 
o’rgatishda 
oila, 
maktabgacha 
tarbiya 
muassasalarining 
roli 
benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz bog’cha 
yoshidanoq bolaning og’zaki nutqini o’stirib borishdir. 
Butun dunyo xalqlarining siyosiy va madaniy taraqqiyotini tilsiz 
tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki til muhim aloqa vositasi, jamiyat esa 
aloqasiz rivojlanmaydi. 
O’zbek adabiy tili o’zbek xalqining me’yorlashgan tili sifatila 
og’zaki va yozma shaklda rivojlanib, mukammallashib keldi. Adabiy 
tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o’zbek xalqi va uning tili taraqqiyoti 
tarixini o’rganishda manba bo’lishi bilan birga, hozirgi zamon o’zbek 
adabiy tili uchun ham asos bo’lgan. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili 
eski o’zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o’zbek xalqining 
iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama 
boyigan shaklidir. 
Bolalar bog’chasi bolalarni har tomonlama, ya'ni jismoniy, aqliy, 
axloqiiy, estetik tomondan tarbiyalashdek, maqsadni o’z oldiga 
qo’ygan. Bu maqsad esa bolalarga ona tilini o’rgatish jarayonida amalga 
oshiriladi. Bog’chada og’zaki nutqni o’stirish natijasida bolalar aqlan 
rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. U tevarak-atrofdagi
voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradi. 
Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham 
takomillashib borishiga yordam beradi. 
Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy 
jarayonlar yordamida, shuningdek, nutq yordamida bilib olish 
qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya'ni ruhiy jarayonlar 
(xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va hokazo) shunchaki bola 
organizimining o’sib borishi va takomillashishi bilangina paydo 
bo’lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo’ladi va 
takomillashadi. 
Agar 
bola 
kichik 
yoshidan 
boshlab 
to’g’ri 
gapirishga 
(so’zlashishga) o’rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda 
rivojlanadi, ya'ni avval tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol 


10 
qilish qobiliyati paydo bo’ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida 
takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) 
ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi. 
Ko’pgina tajribalar shuni ko’rsatadiki, nutqi rivojlanmagan bola 
to’liq shaxs sifatida kamol topmaydi. Demak, tarbiyachi har doim shuni 
esda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda 
barcha ruhiy jarayonlar rivojlanishiga ko’maklashuvchi vositadir. 
Bolaga ona tilini o’rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda 
muvaffaqiyatli o’qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga 
ijodiy yondashishga o’rgatiladi. Bolalar bog’chasining barcha 
tarbiyaviy-ta'limiy ishlarida bolalarga ona tilini o’rgatish orqali ularning 
nutqi o’stiriladi. Ayniqsa, nutq o’stirish mashg’ulotlarida har bir 
bolaning nutqini rivojlantirish bo’yicha ishlar rejalashtiriladi. Bolalarga 
barcha mashg’ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi.
So’z boyligi barcha mashg’ulotlarda beriladigan bilimlarni tez va 
puxta o’zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash 
imkonini beradi. Bu o’z navbatida bola kamoloti uchun ham keng yo’l 
ochadi. Bilimlarni puxta egallashga, uni sekin hayotga tatbiq etishga 
ham o’rgatadi. Ona tili aqliy tarbiyaning manbai va vositasi hamdir. 
Ona tili bolalarda vatanparvarlik, baynalmilal tuyg’ularni o’stirib 
borishda, bolalarning madaniy saviyalarini oshirib borishda qudratli 
vosita bo’lib xizmat qiladi. Demak, ona tili bolalarni axloqiy tomondan 
tarbiyalash vositasidir. 
Bola kuzatish va nutq orqali dunyoni, borliqni bilib oladi:
tevarak-atrofdagi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning 
nomini, sifatlari va belgilarini, xususiyatlarini, o’xshash va farqli 
tomonlarini aytishga o’rganadi. 
Ona tili orqali bolalar o’z ajdodlarining tarixini, madaniyatini, 
qadriyatlarini, urf-odatlarini bilib oladilar, xalq og’zaki ijodiyoti, badiiy 
adabiyot, san'at bilan tanishadilar. 
Shunday qilib, ona tili maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni 
ruhiy jihatdan rivojlantirishda, ularning madaniy saviyasini oshirishda, 
tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini 
tushunib olishlarida, maktabda muvaffaqiyatli o’qishlari uchun zamin 
yaratishda, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o’rgatishda, aqliy va 
axloqiy tarbiyani amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, 
xalqimiz madaniy merosini o’rganishlarida asosiy vosita bo’lib xizmat 
qiladi. 


11 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish