35
taassurotlarni) ta'min etish zarur. Bolani unga so’z o’rgatayotgan katta
yoshdagi kishilarga bo’yalgan va yaltiroq o’yinchoqlarga diqqat bilan
qarashga, harakatdagi buyumlarni ko’z bilan kuzatishga odatlantirish
zarur.
Turli xil tovushlarga, katta yoshdagi kishining so’zi,
shiqildoqning shaqqillashiga quloq, sola bilish malakasini o’stirish
lozim. Bolalarda ko’rish va eshitish malakasini o’stirishga yordam
berish zarur, chunki bu malaka bolaning umumiy o’sishi uchun tevarak-
atrofdagilar bilan munosabatda bo’lishi va emotsional reaksiyalar hosil
bo’lishi uchun katta ahamiyatga egadir. Bola 1 - 1,5 oylik (uch-besh
haftaligida) bo’lganida unda dastlabki quvonch alomatlari paydo
bo’ladi, unga kulib boqqan, so’z o’rgatgan
kishiga javoban tabassum
qiladi. Bola ikki-uch oylik bo’lganda esa katta yoshdagi kishilar bilan
munosabatda bo’lganda faqat jilmayibgina qolmay, balki turli ovozlar
ham chinqira boshlaydi, qo’l va oyoqlarini tez-tez tipirchilatadi.
Bolaning bunday emotsional ifoda reaktsiyasi uning organizmini,
umumiy hayotiy faoliyati darajasini o’stiradi,
harakatlari va ovoz
reaksiyasining o’sishiga yordam beradi.
Bola hayotining birinchi oylarida unga tarbiyaviy ta'sir ko’rsatish
uni parvarish qilish vaqtida amalga oshiriladi. Ular kompleks xarakterga
ega bo’lib, bular: a) ko’ruv organiga; b) eshituv organiga; v) sezgi
organiga ta'sir etadi.
Bolaga ta'sir ko’rsatish ularni tinchlantirishga, bezovtalikni
yuqrtishga qaratilgan bo’ladi, Buning
uchun har doim kattalarning
chehralarida quvnoqlik alomati, jilmayish holatlari bo’lishi, so’z ohangi
muloyim, yumshoq bo’lishi lozim. Kattalar bolaning oyoq-qo’llarini,
orqasini silaydi, yonini oladi, erkalaydi va hokazolar. Mana shu
harakatlarni bola bilan "gaplashish" orqali bajarishi lozim. Bunday
"gaplashish" mazmun jihatidan juda oddiydir. Bundan asosiy maqsad,
bolani tinchlantirishdan, unga o’zining mehribonchiligini
bildirishdan
iboratdir (Salim, Salimjon, yig’lama, hozir senga ovqat beraman.
Yig’lama, mening erkatoyim, shiringina uxlagin. Hozir men sening
tagingni quruqlayman, keyin tinchgina uxlaysan. Seni hech kim
ko’tarmadimi, hozir men seni sayrga olib chiqaman va hokazo). Bola
hayotining birinchi oyi oxiri va ikkinchi
oyining boshida muomalasi
faollashadi. Bu davrda bolada ijobiy-emotsional holatlar paydo bo’la
boshlaydi.
Bu davrda kattalar kundalik tartib daqiqalarida va chiniqtirish
paytlarida bolaning ko’ruv, eshituv va sezgi organlariga kompleks ta'sir
36
etishni amalga oshiradilar (xuddi birinchi oylardagi kompleks ta'sir
etishdek).
Bolaning ko’ruv va eshituv organiga ta'sir etish jarayonida bola
nigohini o’ziga qaratishi va uni bir necha daqiqa ushlab turishi kerak
Bola bilan "gaplashish" tinch ohangda, xuddi bola hayotining
birinchi oylarida "gaplashgandek" bo’lishi kerak "Gaplashish" ning
mazmuni xuddi avvalgidek (bir oylikdagidek) sodda bo’lsa-da, ovoz
ohangi xilma-xillikni talab etadi. Bu oyda bolaning ovoz reaksiyasi
ifodali bo’lib boradi: baland ovozda, qichqirib, kikirlab kula boshlaydi.
Kattalarning bola bilan "gaplashishi" bolaning qichqirishini to’xtatadi.
Bu bolaning kattalar bilan muomalasi ancha faollashganidan dalolatdir.
Bola uch oylik bo’lganda kattalar
ular bilan munosabatga
kirishganda buyumlardan (predmetlardan) foydalana boshlaydi: osib
qo’yilgan o’yinchoqni, shiqildoqini shiqqillatadi. Bu bolaning ko’ruv va
eshituv organlari rivojlanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: