O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

Tayanch soʻz va iboralar:
Nutqning fonetik bo‘linishi, fraza, takt,
fonetik so‘z, bo‘g‘in, tovush. 
Mashg‘ulotning maqsadi: 

nutqning fonetik jihatdan bo‘linishi haqida tushuncha hosil qilish, intonatsion 
birliklarning nutqdagi ahamiyatini o‘rgatish; 
-
talabalarning yozma savodxonligini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, 
og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
Kutilgan natijalar: 
-
 
talabalar fraza, takt, fonetik so‘z kabi atamalarni farqlay oladi; 
-
 
talabalar istalgan nutqiy parchalarni fonetik jihatdan tarkibiy qismlarga 
ajrata oladilar. 
Inson nutqi uzluksiz va to‘xtovsiz davom etadigan 
tovushlar oqimidan iborat emas. U turlicha hajmdagi intonatsion 
birliklarni o‘z ichiga oladi. Fraza, takt, fonetik so‘z, bo‘g‘in, 
tovush ana shunday fonetik birliklardir.
1. Fraza
nutq oqimida kattaroq pauza bilan ajratib aytiladigan nutq 


51 
birligidir. U ohang va fikriy tugallikka ega bo‘lganligi uchun ko‘pincha gapga teng 
keladi. Masalan: 
Dunyoda boladan aziz narsa yo‘q // Bo‘lmaydi // Bolalar – 
kelajagimiz // (O‘. Hakimali).
Bu nutqiy parchada uchta fraza bor. Frazalar hajm 
jihatidan har xil bo‘lib, ular bir, ikki, uch va undan ortiq so‘zdan tashkil topishi 
mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan misoldagi birinchi fraza beshta, ikkinchisi 
bitta, uchinchisi ikkita so‘zdan tashkil topgan. Yana qiyoslang: 
Ularning uyi 
qishloqning eng chekkasida, hovlilari baland tog‘ning shundoqqina etagida. // 
Bahavo. // Bog‘larining ortidan shovullab soy o‘tadi. (To‘lqin). 
2. Takt
frazaning bir qismi bo‘lib, qisqa pauza bilan ajratib aytiladi, 
tarkibidagi so‘z yoki so‘zlar bir bosh urg‘u (bir havo oqimi) bilan talaffuz qilinadi. 
Masalan: 
Dunyoda / xushfe’l, / olijanob, / hamisha ezgu niyat bilan ish qiladigan 
odamlar / juda ko‘p (O.Husanov).
Bu fraza tarkibida 6 ta takt bo‘lib, birinchi
ikkinchi, uchinchi, beshinchi taktlar bir so‘zdan, to‘rtinchi takt olti, oltinchi takt 
esa ikki so‘zdan tashkil topgan. 
Fraza ba’zan bir taktga teng bo‘ladi. Masalan, 
Kech kuz edi. // Qo‘qqisdan 
qorasovuq boshlanib,/cho‘ponlarni tashvishga solib qo‘ydi (M.Qoriyev).
Bunda 
birinchi fraza – 
Kech kuz edi
bir taktga tengdir. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish