18
1 bob. 1.1 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risida”gi va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘risida»gi qonunlarining mazmun
mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining metodologik asoslari quyidagilar
hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
konstitutsiyasi
O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘risida»gi qonuni: O‘zbekiston Respublikasining
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘risida»gi qonuni Qomusiy qonun,
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqirig’i O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda
qabul qilingan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul
qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun- 8 dekabr
umumxal bayrami va dam olish kuni sifatida belgilab qo‘yilgan. 1978 yilda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrdan
boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan. Mazkur qonunda O‘zbekiston xali -inson
huquqlariga va davlat suvereniteti oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon
qilib; hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’suliyatini anglagan holda
o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga suyanib; -demokratiya va ijtimoiy
adolatga sadoqatini namoyon qilib; xalqaro uuning umum e’tirof etilgan qoidalari
ustunligini tan olgan holda; -respublika fuqarolarining munosib hayot
kechirishlarini ta’minlashga intilib; -insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo
etishni ko‘zlab; -fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida; -
o‘zining maxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur
konstitutsiyasini qabul qilgan. Respublikamiz asosiy qomusi VI bo‘lim 26 bob va
128 moddadan iborat. Konstitutsiya mohiyati va mazmuni boshqa ijtimoiy fanlarni
o‘rganish davrida chuqur o‘rganganligi bois, uning bevosita ta’lim-tarbiya bilan
bog’liq 41 va 42 moddalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Konstitutsiyamizning 41-moddasida. har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul
umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat
nazoratidadir.
19
42-moddasida. har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat
yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy
va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi deb belgilab o‘yilgan.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi "Ta’lim to‘g’risidagi" qonuni 1992 yil 2
iyulidan amalga joriy etilgan bo‘lib, u VII bo‘lim 44 moddadan iborat edi.
Amaldagi ta’lim to‘g’risidagi qonunga binoan respublikamizda hech bir
mamlakatda avval ishlab chiqilmagan va amalga joriy etilmagan «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunidir. Bu
qonun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX-sessiyasida 1997 yil 29
avgust kuni qabul qilingandir.
Fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-unar o‘rgatishning huquqiy asoslarini
belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlashga qaratilgan.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash , ayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish.
Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar.
Ta’lim tizimini boshqarish.
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish.
Ta’lim tizimini moliyalash.
Moddiy-texnikata’minoti.
Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish. (monitoring).
Ta’ lim xizmati ko’rsatish bozorini rivojlantirish.
Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi.
Fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish.
20
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish.
Ta’ lim bilan kadrlar tayyorlash soasidagi xalqaro hamkorlik.
V.Bo‘lim. Dasturni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy chora tadbirlar
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
maktabgacha ta’lim; umumiy o‘ rta ta’ lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy
ta’lim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash
tizimining asosi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-itisodiy taraqqiyotini
ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi.
Ta’lim muassasalarini hududiy yo‘nalishga o‘tkazish va tarkibiy tuzilmasini
o‘zgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va uning
samaradorligini baolash monitoringi amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
ustivorligi ta’minlanadi.
Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab toki
umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
Kasb-hunar ta’limi- talabalarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini,
bilim va ko‘nikmalarini chuur rivojlantirish ularning tanlagan yo‘nalishlari
bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi.
Oliy ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining yuqori malakali mutaxassislar
to‘yyorlovchi mustaqil turi. U oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy
ta’lim quyidagi ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.
Bakalavriat - o‘rta masus kasb-hunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo‘nalishlaridan
biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam
bo‘lmagan tayanch oliy ta’lim;
21
Magistratura - bakalavriat negizida o‘qish muddati kamida ikki yil bo‘lgan ani
mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim; Bakalavr. magistr- oliy ta’limning tegishli
bosqichiga muvofiq dasturlarni mavaffaqqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga
beriladigan akademik darajalardir.
Yuqorida keltirilgan jumlalar mazmuni, ular umuman respublikamiz ta’lim
tizimi, shuningdek kasb-hunar ta’limining ham metodologik asosi ekanligiga
ishoradir. Kasb-hunar ta’limining metodologik asoslarisiz uni maqsadi, vazifalari,
mazmuni, tashkil etish shakllari, metod va vositalari, ishtirokchilari, natijalari
hamda bu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish mumkin emas. Kasb-
ta’limining metodologik asoslari uning me’yoriy hujjatlarni aniqlashga imkon
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |