Bitiruv malakaviy ish maqsadi va
vazifalari:
Alisher Navoiy qalamiga
mansub "Xamsa" tarkibidagi "Farhod va Shirin" dostonini sinchiklab o'rganish.
Dostonning g'oyaviy, badiiy- estetik xususiyatlarni tahlil qilish tadqiqotning o'z
oldiga qo'ygan asosiy maqsadidir. Ana shu maqsaddan kelib chiqib bitiruv
malakaviy ishi oldiga yana quyidagi vazifalar qo'yiladi:
–
Hazrat Navoiy yashagan adabiy muhitni baholash;
–
Muallifning "Xamsa" asari yaratilishiga asos bo'lgan munosabatning tarixiy va
badiiy qirralarini ochib berish;
–
"Farhod va Shirin" dostonining muallifgacha yaratilgan shu nomdagi
dostonlardan o'xshash va farqli jihatlarini ko'rsatish;
–
"Farhod va Shirin" dostonidagi g'oyaviy munosabatni badiiy jihatdan tahlil
qilish va qiyoslash;
–
"Farhod va Shirin" dostoni asosida yaratilgan dissertatsiya, monografiya va
maqolalarni tahlil etish, umumlashtirish hamda ulardagi uslub va mahoratni
imkon qadar o'rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |