Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu Alisher Navoiy Hayrat-ul abror 26-bob sharhi REJA: - Dostonning janr xususiyatlari va tuzilishi
- Dostondagi ijtimoiy masalalar
- Dostondagi axloqiy - ta’limiy masalalar
- “Hayrat ul-abror”dagi obrazlar tahlili
- “Hayrat ul-abror”dagi 26-bob sharhi
Hayrat ul-abror
(oʻzbekcha: Yaxshi kishilarning hayratlanishi).
Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni (1483) boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston.
Hayrat ul-abror (oʻzbekcha: Yaxshi kishilarning hayratlanishi) — Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni (1483) boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston. 3988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 29 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sareʼ bahrida yozilgan. Asar anʼanaviy muqaddima — hamd va naʼt bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir:
Avval oʻzung, mobayn oʻzung, Barchaga xoliq, boriga ayn oʻzung.
Professor N.Mallayevning fikricha bu doston 7976 misradan iborat. Dostonning tuzilishi ham o’ziga xos! Asarning asosini 64 bob tashkil etadi. Dostonning 21 bobi muqaddima, 20 bobi maqolalar, 20 bobi turli mazmundagi hikoyatlar va masallar, 3 bobi esa xotimadan iborat. Asarning 3 kompozitsiya zanjiri mavjud: 1. Dostonning umumiy kompozitsiyasi 2. Maqolalar kompozitsiyasi 3. Hikoyat va masallar kompozitsiyasi Ayni paytda “Hayrat ul-baror”dagi obrazlarni ham uchga ajratish mumkin: 1. Dostonning bosh qahramoni 2. Maqolatdagi tavsifiy obrazlar – porttret va harakterlar 3. Hikoyat va masallardagi obrazlar Dostonda qo’yilgan masalalarni shartli ravijda uch yo’nalishda o’rganish mumkin: 1. Falsafiy masalalar 2. Ijtimoiy-siyosiy masalalar 3. Axloqiy-ta’limiy masalalar “Hayrat ul-abror” “Xamsa”dagi boshqa dostonlardan farqli tarzda, asosan, Navoiyning falasafiy-ta’limiy qarashlarini ifodalaydi. Doston masnaviy yo’lida yozilgan bo’lib, lirik ifoda bilan epik tasvir bilan uyg’unlashib ketadi. Dostonning asosini 20 maqolat tashkil etadi. Asarda shoir Alloh, borliq, inson haqida shunday fikrlaydi: bir vaqtlar bu jahon pinhon (yashirin) edi. Na yer, na koʻk, na kun, na tun — hech narsa yoʻq edi. Sendan boshqa hech kim, hech narsa yoʻq edi. Nozir ham, manzur ham oʻzing eding. Ishqingdan mast, husningdan masrur eding . Husning jilvasiga cheku chegara yoʻq edi. Senga koʻzgu kerak boʻldi va shu maqsad bilan dunyo maydonga keldi. Demak, dunyo sening jamolingga oynadir. Sen dunyoni gʻoyat goʻzal (latif) qilib yaratding, lekin hammasidan insonni ulugʻ (sharif) aylading. Binobarin, Alloh har narsadan ulugʻ va yaqin tutgan inson ham tabiatning, ham jamiyatning gultojidir. Navoiy dunyoni Allohning namoyon boʻlishidir, deb biladi. Inson esa uning markaziy siymosi. “Hayrat ul-abror” 3-maqolat (26-bob) 3-maqolat shohlar haqida. Unda shoir bevosita shohga murojaat qiladi: "Ey, dabdabasi olamni tutgan sulton, senga haq hukmfarmolik berdi, qoʻlingni baland qilib, el-xalqni, ne-ne buyuklarni qoshingda past etdi. Lekin shuni bilki, sen ham ularning koʻpidan ojizroq bir bandasan... Haq senga vazifa topshirgan. Birinchi vazifa — bergan neʼmatiga shukr qilmoq, ikkinchisi — xalqni xurram tutmoq, haqini haqlab bermoq, asramoq. U senga omonat berilgan. Agar sen elning bir siniq ignasini tortib olsang , oxiratda olmos xanjar boʻlib, bagʻringga qadaladi. Ingichka bir ip kabi zarar yetkazgan boʻlsang, uni seni halok qiluvchi ilon deb bilaver... Beayb Parvardigor, lekin ayb qildingmi, tavba qil. Adolatsizlik qildingmi, adolat qil". Shu tariqa har bir maqolat bir mavzuga bagʻishlangan. Shoir dastlab mavzu bilan tanishtiradi. Unga munosabat bildiradi, yaʼni tasdiq yo inkor etadi, ayni mavzuga munosib biror ibratli hikoya keltiradi. Alihser Navoiy “Xamsa”ni yozib bo’lib shoh Husayn Boyqaroga tortiq qiladi. Bunga minnatdorchilik tariqasida shoh Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni o’zining oq otida jilovbardorlik qilib shaharni sayr qildiradi E’tiboringiz uchun tashakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |