Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi:
Mustaqil diyorimizda
ma'naviyat va ma'rifatga alohida e'tibor qaratilib, bu masalalar davlat dasturi
maqomiga ko'tarildi. Mamlakatimiz ilm-fan rivojiga buyuk hissa qo‟shgan
ajdodlarimizning madaniy meroslari xalqimizning ma'naviy boyligidir. Zero, "…
buyuk ajdodlarimizning ulug' nomlari, xalq xotirasi va uning taqdiri munosib
davom etishga loyiqdir" (I, 2, 160). Yuqoridagi fikrlar B.M.I ning g'oyaviy asosini
belgilasa, tadqiqotning metodologik asosini adabiy meros, undagi tarixiy obrazlar
va nazariy asoslar haqidagi ma'lumot va ko'rsatmalar tashkil etadi. B.M.I ni
yozishda Fitrat, Oybek, Hamid Olimjon, Abduqodir Hayitmetov, Suyuma
G'aniyeva, Natan Mallayev, Sodirjon Erkinov, Rahim Vohidov, Aziz Qayumov,
Saidbek Hasanov, Ibrohim Haqqul va boshqa bir qator o'zbek olimlarining
samarali izlanishlari va tajribalari asos qilib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |