O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna


Fonetik qonuniyatlar  xronologik  (davr) jihatdan ikki  turli  bo



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/206
Sana22.01.2022
Hajmi2,44 Mb.
#399679
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   206
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

Fonetik qonuniyatlar  xronologik  (davr) jihatdan ikki  turli  bo

ladi: 
 
Tarixiy-fonetik  va  fonologik  o‘zgarishlar  turli  hodisa  va  jarayonlarni  o‘z 
ichiga  oladi.  Masalan,  turkiy  tillar  va  shevalariga  xos  bo‘lgan  o-lashish,  y-lashish, 
j-lashish,  yo-lashish  kabi  hodisalar,  german  tillari  tarixidagi 
umlaut
, ya’ni til orqa 
lablangan  unlilarning  va  keyingi  bo‘g‘indagi  /j/  tovushi  ta’sirida  til  oldi  holatiga 
o‘tishi, 
ablaut
,  ya’ni  ichki  fleksiyadagi  tovush  almashinuvi  kabilar  ana  shunday 
hodisalarga kiradi.  
Fonetik  va  fonologik  o‘zgarishlar  natijasida  tildagi  fonemalar  soni 
kamayishi  yoki ko‘payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro‘y beradi 
 
 
 


74 
 
 
 
Fonetik  qonuniyatlarga  tovushlarning  kombinator  va  pozitsion  o‘zgarishlari 
ham  kiradi.  Chunki  tovushlar  turli  holatlarda  har  xil  o‘zgarishlarga  uchraydi. 
Chunonchi,  ochiq  urg‘uli  bo‘g‘inda  cho‘ziq  va  yopiq  urg‘usiz  bo‘g‘inda  esa  qisqa 
talaffuz  etilishi  mumkin.  Bunday  holat  ham  ko‘pgina  tarixiy  va  hozirgi  tovush 
o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Fonetik va fonologik qonuniyatlarni tilning boshqa 
bosqichidagi  o‘zgarishlar  bilan  bog‘liq  holda  o‘rganish  chuqur  ilmiy  natijalarni 
keltirib chiqarishi mumkin.  
Keyingi  vaqtlarda  fan  va  texnikaning  rivojlanishi,  savodxonlik  va  madaniy 
saviyaning  oshuvi  natijasida  kishilarda  adabiy  tildan  to‘g‘ri  foydalanishga  va  nutq 
madaniyatini  oshirishga  qiziqish  kuchaymoqda.  Kishilar  chiroyli  gapirishga  va 
ifodali  o‘qishga  harakat  qilmoqdalar.  She’rxonlik  va  kitobxonlik  uchrashuvlarida, 
konferensiyalarda  va  turli  yig‘inlarda  adabiy  tilning  normalaridan  to‘g‘ri 
foydalanib,  o‘z  nutqlarining  ta’sirchanligini  oshirishga  urinmoqdalar.  Bularning 
hammasini  orfoepiyani  to‘liq  egallamasdan,  adabiy  til  va  uning  talaffuz 
normalarini  to‘liq  o‘zlashtirmasdan  amalga  oshirish  qiyin.  Demak,  orfoepiya  
haqiqatan ham nutq madaniyatining  muhim qismini tashkil etadi. 
 
Orfoepiyaning  yuzaga  kelishida  ikkita  faktor  muhim  rol  o‘ynaydi.  Bulardan 
biri orfografiya, ikkinchisi xalq og‘zaki nutqining turli ko‘rinishlari va turli xil xalq 


75 
 
 
talaffuzlaridir.  Lekin  orfoepiyaning  shakllanishida  odatda  birinchi  faktor 
muhimroqdir.  Yangi  o‘zbek orfoepiyasining shakllana borishida rus tili va u orqali 
kirgan  so‘zlar  talaffuzining  ham  o‘ziga  xos  o‘rni  va  roli  bor.  Biroq  o‘zbek 
orfoepiyasini  ilmiy-nazariy  jihatdan  ishlab  chiqish  va  uning  qoidalarini  yaratish 
hanuzgacha  til  hayotida  va  orfoepiyada  amalda  yuz  bergan  o‘zgarishlardan  orqada 
qolib  kelmoqda.  O‘zbek  tilshunosligi  keyingi  davrda,  xususan,  so‘nggi  yigirma 
yildan  ortiqroq  vaqt  ichida  juda  katta  taraqqiyot  yo‘lini  bosib  o‘tdi. 
Tilshunoslikdagi  bunday  rivojlanish  orfoepiyaning  ayrim  sohasida  ham  yuz  berdi. 
Natijada  orfoepiyaga  oid  ko‘pgina  masalalar  ham  yoritilib,  uning  ayrim  sohalariga 
aniqlik  kiritildi.  Biroq  bu  sohada  qo‘lga  kiritilgan  muvaffaqiyatlar  hali  ilmiy 
jihatdan yetarli  darajada umumlashtirib berilmagan.   
O‘zbek  xalq  shevalarining  ko‘pchiligi  adabiy  tilimiz  normalaridan  keskin farq 
qiladi.Ularning  talaffuzlari  ham  adabiy  talaffuz  normalariga  ko‘pincha  mos 
kelmaydi.  Lekin  bu  shevalar  yagona  bir  umumxalq  tilining  quyi  formalari  sifatida 
juda  ko‘p  umumiyliklarga  ega  bo‘lganidek,  o‘zbek  tilining  og‘zaki  talaffuzida  ham 
ko‘pgina  umumiyliklar  bor.  Ular  jamlab  tartibga  solinsa,  o‘zbek  adabiy  tilining 
orfoepiya  normalarini  belgilovchi  qoidalarning  to‘liq  to‘plamini  yaratish  mumkin. 
Orfoepiya  notiqlik  san’ati,  nutq  madaniyatidagi  barcha  talaffuz  xususiyatlarining 
yig‘indisini,  radio,  televideniyeni  adabiy  normaga  solib  turuvchi  mezon 
hisoblanadi.  Angliya,  Buyuk  Britaniya,  Amerika  kabi  o‘nlab  rivojlangan 
mamlakatlarda  matbuot  sohasida,  ayniqsa,  televideniyeda  orfoepik  me’yorlarga 
qat’iy  amal  qilish  talab  etiladi.  Talaffuz  normalaridan  chetga  chiqish  hollari  ro‘y 
bergan  ko‘rsatuvlar  (u  har  qanday dolzarb masalalar bilan bog‘liq bo‘lishidan qat’i 
nazar)  efirga  berilmaydi,  mabodo  bunday  ko‘rsatuvlar  tasodifan  efirga  uzatilsa, 
ko‘rsatuvni  tayyorlagan  jurnalistga,  televideniye  muharririga  katta  miqdorda 
jarima solinadi, ba’zi  holatlarda ular ishdan chetlatilishi  ham mumkin. 
O‘zbekiston  televideniyesi,  radio  va  boshqa  ommaviy  axborot  vositalari 
haqida 
hamma 
vaqt 
ham 
bunday 
gapni 
aytib 
bo‘lmaydi. 
Ba’zi 
radioeshittirishlarida,  televideniye  ko‘rsatuvlarida  shevaga  berilib,  bu  holatni 


76 
 
 
“xalqona  soddalik”,  “dehqontabiatlilik”  sifatida  izohlab,  adabiy  talaffuz 
me’yorlarini  qo‘pol  ravishda  buzish  madaniyatsizlikning  bir  ko‘rinishi  ekanligini 
unutmasligimiz  lozim
.
 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish