Gap urg‘usi
(
mantiqiy urg‘u, ma’no urg‘usi
) gap bo‘laklaridan birining
boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishidir. U, odatda, individual
xarakterga ega bo‘lib, so‘zlovchi o‘zicha muhim sanagan so‘zni mantiqiy urg‘u
bilan talaffuz qiladi va bu bilan tinglovchining e’tiborini shu bo‘lak bilan
ifodalangan ma’noga tortadi, yoki o‘sha bo‘lakning ma’nosini bo‘rttirib,
kuchaytirib ko‘rsatadi. Masalan:
Ilmda ko‘p narsani bilish – olimlik fazilati
gapida
mantiqiy urg‘u quyidagicha tus olishi mumkin:1)
Ilmda
(boshqa narsada emas)
ko‘p narsani bilish – olimlik fazilati
. 2)
Ilmda ko‘p narsani
(oz narsani emas)
bilish
– olimlik fazilati
. 3)
Ilmda ko‘p narsani bilish
(bilmaslik emas) –
olimlik fazilati
. 4)
Ilmda ko‘p narsani bilish – olimlik fazilati
(boshqalarning fazilati emas). Yozuvda
mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak kesim oldida keladi.
Urg‘u sifatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |